So’nggi yangiliklar

06:50Миллатлар лигаси. Франция - Италия, Барколя Франция терма жамоасидаги дебют голини 14-сонияда урди аммо якунда жамоаси мағлуб бўлди  0 01:44Миллатлар лигаси. 13-сонияда гол урган Франция мағлуб бўлди ва бошқа натижалар  6 01:10ОЧЛ. "Насаф" - "Шабаб Ал Аҳли" баҳсини бошқарадиган ҳакамлар маълум!  2 00:43Италияда маош учун энг кўп пул ишлатаётган клуб номи маълум қилинди  0 00:17УЕФА "Рома" ва "Астон Вилла"ни жазолади  1 23:35Наҳотки! Депай ўзи учун жамоа топди  1 23:17"Насаф" назорат учрашувида дуранг ўйнади, голлар 90 ва 90+2-дақиқада урилди  2 22:35Миллатлар лигаси. Холанд ҳам хеч нима эмас! Қўшниларимиз Норвегия билан дуранг ўйнади  8 22:22Ўзбекистон миллий термасининг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  4 22:00Ўзбекистоннинг бўлажак рақиби БАА нега фавқулодда кучайиб кетди?  19 21:42Футзал. Ўзбекистон Бразилияга қарши илк ўртоқлик ўйинида еттита гол фарқи билан ютқазди   32 21:24Невилл нима сабабдан тен Хаг кетмаётганини айтди  3 20:45Аббосбек Файзуллаев: "Ҳозирги кунда осон рақибнинг ўзи йўқ. Кечаги натижалар бунга исбот бўлди"  3 20:34Ўткир Юсупов бугунги машғулотларда иштирок этмади  9 20:21Назорат учрашуви. "Олимпик" "Сўғдиёна" билан жанговар дуранг қайд этди  0

EVRO-2016. "A" guruhi. Payening "parvozi" Franciyani botqoqlikdan saqlab qoldi Yangiliklar

EVRO-2016. "A" guruhi. Payening "parvozi" Franciyani botqoqlikdan saqlab qoldi

Evropa chempionatining "A" guruhi 1-tur o'yinlari yakuniga etdi.

Biz ushbu kvartetdagi dastlabki ikkita o'yin haqida qisqacha to'xtalamiz va guruhdagi vaziyat borasida dastlabki xulosalarni chiqaramiz.


Evropa chempionatinin ochilish uchrashuvi, Franciya terma jamoasining o'z uyida ilk bahsi va har ikkala jamoa uchun katta turnirdagi birinchi o'yin o'zgacha ahamiyatga ega. Franciya - Ruminiya uchrashuvida mezbonlardan ko'ra Ruminiya terma jamoasi yorqinroq futbol o'ynadi. Ruminiyani ko'pchilik ushbu to'qnashuv autsayderi, Franciyani esa yaqqol favorit, deya baholayotgandi.
Ammo o'yin shuni ko'rsatdiki, Ruminiya Franciyaga shunchaki sayr yoki ishtirok uchun emas, bu erda jamoa aslida nimalarga qodir ekanligini isbotlash uchun kelganini hammaga ko'rsatib qo'ydi. Yondanesku shogirdlari turnir mezboni, musobaqa g'olibligi uchun asosiy davogar hisoblanayotgan va tarkibida ko'plab yulduzlari bor Franciyaga qarshi dastlabki daqiqalardanoq ancha dadilroq, qo'rquvsiz futbol o'ynashdi.
Bogdan Stanku o'yin debyutida burchak zarbasidan so'ng deyarli gol urib, jamoasini oldinga olib chiqishga ham juda yaqin kelgandi. Ammo Ugo Lorisning ajoyib seyvi Franciyani "koma" holatidan saqlab qoldi. Franciyada jamoaviy o'yin hali maromida shakllanmagani, Pogba va Grizmann singari yosh yulduzlar bu kabi o'yinda o'z o'yinlarini topa olishmagani francuzlarga qimmatga tushishi mumkin edi. Ammo shu kecha haqiqiy qahramonga aylangan Dimitri Payening masuliyatni to'liq o'z bo'yniga olishi, kutilmaganda Franciya terma jamoasini o'z ortidan ergashtira olgani Desham jamoasiga qo'l keldi. Franciya safida o'rta chiziqda Kante qora ishlar bilan band bo'lib turganda, Paye jamoa hujumlarini boshlashda, rivojlantirishda ancha faollik ko'rsatayotgandi. Uchrashuvning 57-daqiqasida aynan Payening ajoyib to'p uzatishidan so'ng Jiru (qoidaga xilof ravishda o'ynagan bo'lsada) darvozabon bilan bo'lgan duelda chaqqonroq harakat qildi va boshi bilan darvoza to'rini mo'ljalga olishda adashmadi. Guyoki Franciya o'ziga kelgandek, hammasi risoladagidek davom etishini kutayotganlar yana adashishdi. Gol Ruminiyani ruhan sindirib qo'ymadi, aksincha ularning hujumlari yanada shiddatliroq ko'rina boshladi.


Ruminiya hujum qilishdan hech ham uyalmadi va tortinmay oldinga o'taverdi. O'tkazib yuborilgan goldan biroz o'tib Stanchu jamoadoshi Stanku uchun penalti ishladi va Bogdan bu vaziyat sovuqqonlik bilan harakat qilib, 11-metrlik jarima zarbasini muvaffaqiyatli amalga oshirdi.
Franciya yana tushkun kayfiyatda qoldi. Maydonda shu kuni Franciya kabi tushkun kayfiyatda o'ynagan etakchilar Pogba va Grizmannni Desham zaxiraga olishga jazm etdi. Dide Deshamning bu ishi aslida kutilmagan, ammo o'yindan kelib chiqib qaraganda juda to'g'ri qaror edi. Paye o'zini etakchilardek tutib, jamoani oldinga boshlayotganini ko'rgan Desham markazni to'liq Payega topshirdi. Pogba va Grizmann o'rniga tushgan Koman va Marsyal esa qanotlardan joy egallashdi. Koman o'yinga tezlik va shijoat qo'shgan bo'lsa, Antoni Marsyal raqib himoyachilarini chalg'itib turdi. Uchrashuv yakuniga etishiga sanoqli daqiqalar qolgan, hamma asta-sekin durangga rozi bo'lib turgan bir pallada Paye Kantedan to'pni qabul qilib olib, chamasi 20 metrlar masofadan o'z uslubida, ammo ko'pchilik va ayniqsa Ruminiya posboni Teterushanu uchun kutilmaganda darvozani "o'qqa" tutdi. Barcha muxlislar singari Teterushanu ham ushbu jozibador zarbadan keyin to'p qanday qilib darvozani to'ridan joy olayotganini kuzatdi.
Natijada esa Paye Franciyaga juda muhim o'yinda qimmatli uch ochko olib berdi va jamoani ruhiy tushkunlikka tushib qolmasligini taminladi.
Bir so'z bilan aytganda, Paye Franciyani botqoqlikdan olib chiqib keta oldi.



Guruhdagi narigi o'yinda SHveycariya Albaniya bilan o'zaro bahs olib borishdi. Bu o'yin deyarli derbi maqomiga mos tushardi. SHuningdek, bu to'qnashuv aka-ukalarning o'zaro qarama-qarshiligi sifatida ham aytish mumkin edi. Taulyant Jaka Albaniya sharafini, ukasi Granit esa SHveycariya libosini kiyishni maqul ko'rgandi. Bu o'yinda hammasi juda tez sodir bo'ldi. Albaniya kiperi Berishaning burchak zarbasidan so'ng to'pga chiqishdagi qo'pol xatosi yakunda o'yin taqdirini hal etdi. Fabian SHaarning boshi bilan yo'llagan zarbasidan so'ng hisob tezda SHveycariya foydasiga o'zgardi. Kamida Albaniya sardori Lorik Cana birinchi taym oxirrog'iga kelib ikkinchi sariq kartochkasini ishlab oldi va maydonni tark etdi. Garchi Berisha o'tkazib yuborilgan golda xato o'ynagan bo'lsada, uchrashuvning qolgan qismida bir necha marotaba jamoasini muqarrar gollardan saqlab qoldi. Albaniya uchrashuvning yarmidan ko'pini bir kishi kam bo'lib o'tkazdi. Lekin jamoa hujum qilishdan to'xtamadi. Ularda ham gol urish uchun vaziyatlar yuzaga kelgandi. Biroq Zommerning mahorati SHveycariya darvozasi daxlsizligini saqlab turdi. SHveycariya ko'proq hujum qildi, yaxshi o'ynadi. Ammo Albaniya ham futbol o'ynashga intildi. Bellashuv qiziqarli, tomoshabop o'tdi. Yakunda esa SHaarning yagona goli SHveycariyaga muhim g'alabani taqdim etdi.


Franciya qolgan ikkita o'yinni SHveycariya va Albaniya bilan o'tkazadi. Ruminiyaga ham shu raqiblar ketma-ketlikda duch keladi.
Payening o'sha ajoyib goli Franciyaning guruhdagi ishini birmuncha osonlashtirib turibdi. Lekin Albaniya va SHveycariya bilan bo'ladigan bahsda g'alaba yoki ochkoni osonlikcha qo'lga kiritib bo'lmasligin Dide Desham yaxshi tushunib turibdi. Pogba va Grizmann ham har qancha yulduz futbolchi bo'lmasin, terma jamoada jon kuydirib harakat qilmasa, Evro-2016ni asosan zaxira o'rindig'idan tomosha qilishlari mumkinligini his etishdi. Franciya ushbu chempionatda Pogba va Grizmanndan ko'p narsa kutgandi. Nafaqat Franciya, balki butun Evropa ushbu futbolchilarning o'yinlariga ko'z tikib o'tirishgandi. Debyut omadli chiqmadi. Birinchi o'yindan keyinoq ularni tanqidlar yomg'iri ostida qoldirib, "ko'mib" qo'yish ham mubolag'a. Eng muhimi, Ruminiyaga qarshi uchrashuv Franciya va yulduz futbolchilar uchun yaxshigina dars vazifasini o'tab berdi. Lekin Desham endi buyog'iga kim oldida jamoa o'yinini qurishi va kimga ko'proq ishonch bildirishi borasida aniq fikr bildirish qiyin. Pogba va Grizmann yuqori darajadagi futbolchilar va ular istalgan paytda o'yin taqdirini hal etishga qodir. SHunchaki Ruminiya bilan o'yinda bu narsa sodir bo'lmadi. Katta sahna shu kuni Payeniki edi. Dimitri Paye ham endi Pogba va Grizmann singari yuqori bosim ostida o'ynaydi. Hammaning diqqat-etibori Pogba yoki Grizmannga emas, ko'proq Payega qaratilsa ham ajab emas. Bu bosim Paye qanchalik dosh berishi va kamida Ruminiya bilan bo'lgan o'yindagi singari harakat qila olishi ham savol. Dide Desham Albaniya bilan bahsda Ruminiyaga qarshi o'yinni yakunlagan tarkibni (Sissokodan tashqari) qo'yadimi yoki Pogba va Grizmannga ishonch bildiradimi?  Bir tarafdan Paye oldida o'yin qurish Deshamga maqul kelishi mumkin. Ammo bu Grizmann va Pogbaga ikkinchi qattiq ruhiy zarba bo'lsachi? Turnir hali uzoq va aytib o'tganimizdek, Paye hali yuqori bosim ostida qanchalik o'zini ko'rsatishi nomalum. SHuningdek, Franciyaning Marsyal va Koman singari yosh bo'lishiga qaramay etakchilik xususiyatiga ega futbolchilari  bor. Tanlov katta. Lekin Franciyada yulduzlar ichidan hozircha haqiqiy etakchi yo'q. Desham turnir davomida jamoa etakchisini qidiraman, deb musobaqani erta tugatib qo'yishi ham mumkin. Franciyada etakchining yo'qligidan boshqa yana muammo mavjud. Bu jamoaviy o'yin to'liq yo'lga qo'yilmaganida. Bu bosh og'riq ham Deshamni qiynab qo'yadi. Lekin istalgan jamoa uchun turnirdagi dastlabki o'yin qiyin kechishi aniq. Ayniqsa musobaqa mezbonlari uchun. Balki Albaniyaga qarshi Franciya va jamoadagi barcha umuman boshqacha kayfiyatda tushishi mumkin. Buni endi vaqt ko'rsatadi.

Guruhdan to'g'ridan-to'g'ri chiqish uchun Franciyaga SHveycariya hamroxlik qilishi mumkin. Ammo ularga Ruminiya va Albaniya tish-tirnog'i bilan qarshilik qilishiga shubha yo'q.


"A" guruhining 2-tur o'yinlari ertaga, yani 15 iyun kuni bo'lib o'tadi.

Ruminiya - SHveycariya (21:00)

Parij, "Park de Prens" stadioni.


Franciya - Albaniya (00:00)

Marsel, "Velodrom" stadioni.


SHahboz Beg'amov

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика