So’nggi yangiliklar

02:58ЛаЛига. Антони "Бетис"даги дебютидаёқ энг яхши футболчи бўлди  1 02:40А Серия. "Рома" 90+2-дақиқадаги гол эвазига "Наполи" билан муроса кўчасини танлади, Шомуродов 80 дақиқа ўйнади  33 00:33Пеп Гвардиола йирик мағлубиятдан сўнг: "Ҳимояда яхши ҳаракат қилдик"  16 00:05А Серия. "Интер" "Милан"га қарши ўйиннинг охирги дақиқаларида мағлубиятдан қутулиб қолди  12 23:46"Рома" – "Наполи". Шомуродов асосий таркибда!  37 23:22АПЛ. "Арсенал" ўз майдонида "Манчестер Сити"га 5та гол урди, Абдуқодир Ҳусанов майдонга тушмади  231 22:49МЮ бош мураббийи Мартинеснинг жароҳати жиддий эканини тасдиқлади  1 22:22Гавининг ҳолати бўйича маълумот берилди  2 21:50"Орзулар театри"? МЮ "Олд Траффорд"даги охирги олтита ўйиннинг бештасида мағлуб бўлди  17 20:58АПЛ. "Ман Юнайтед" бу сафар ўз уйида "Кристал Пэлас"га ютқазди. Лисандро Мартинес жароҳат олди  14 20:48Туркия. "Фенербахче" – "Ризеспор": Алиқулов сариқ карточкалари йиғилиб қолгани сабаб бу ўйинни ўтказиб юборади  0 20:16АПЛ. "Арсенал" – "Манчестер Сити". Абдуқодир Ҳусанов захирада  69 19:58Ла Лига. "Барселона" ўз уйида минимал ҳисобда "Алавес"ни таслим этди  63 19:33Гави жароҳат олди  5 18:55«Ал Насср» яна бир ТОП футболчи учун 100 миллион евро таклиф қилди  16

EVRO-2016. 2-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

EVRO-2016. 2-tur ramziy terma jamoasi

Evropa chempionatining 2-tur ramziy terma jamoasi bilan tanishing.

Ramziy terma jamoa darvozasiga Avstriya posboni Robert Almerni joylashtirdik. "Austriya" darvozaboni Portugaliyaga qarshi bahsda bir necha marta raqibning zarbalaridan so'ng to'pni qaytarishga erishdi. Uning harakatlari tufayli Avstriya Portugaliyadan ochko tortib olishning uddasidan chiqdi.

Darvozabon
Robert Almer (Avstriya)



Himoyachilar
Tomas Mene (Belgiya)
Garet Makoli (SH.Irlandiya)
Kristian Fuks (Avstriya)


Himoyada uch nafar futbolchi o'rin oldi. Belgiya terma jamoasi ustozi Mark Vilmots ikkinchi turda o'ng qanot himoyasiga Tomas Meneni tushirishga qaror qildi. "Bryugge" vakili o'z qanotida Irlandiya bilan bahsda shunchaki ajoyib o'ynadi. Raqib hujumlarini qaytarib turgan Tomas jamoasining qarshi hujumlarini ham boshlashda faol bo'ldi. Bundan tashqari Aksel Vicel aynan uning to'p uzatishidan keyin gol urdi.

SHimoliy Irlandiya terma jamoasining 36 yoshli himoyachisi Garet Makoli Ukraina bilan bahsda ajoyib o'ynadi. Aynan uning ikkinchi bo'lim boshida urgan goli SHimoliy Irlandiyaning g'alabasiga zamin yaratdi.

Avstriya terma jamoasining yana bir azosi ramziyga kiritildi. "Lester" safidi Angliya chempioni bo'lgan Kristian Fuks chap qanotda raqiblarga o'yin bermaslikka urindi. U ko'p hollarda Nani hamda Rikardo Kuarejmaning erkin harakat qilmasligini taminlab berdi.



Yarim himoyachilar
Ivan Rakitich (Xorvatiya)
Marek Gamshik (Slovakiya)
Dimitri Paye (Franciya)
Andres Inesta (Ispaniya)


Xorvatiyalik Ivan Rakitich CHexiyaga qarshi o'yinda o'zini yaxshi tomonlama ko'rsata oldi. Markaziy yarim himoyada chexlarga deyarli o'yin bermagan va 59-daqiqada Petr CHex darvozasiga chiroyli gol urgan Rakitich ramziy termadan o'rin oldi.

Slovakiyalik Marek Gamshik Rossiya bilan bahsning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi. "Napoli" vakili Igor Akinfeev darvozasiga supergol urdi va Vladimir Vayssga golli pas oshirdi. Gamshikning goli turning eng chiroyli gollaridan biri bo'ldi.

Barcha Pol Pogbadan nimadir kutayotgan bir paytda Dimitri Paye yoki Payet har bir o'yinda ajoyib o'ynamoqda. Birinchi turda supergol bilan Ruminiyani mag'lub etgan futbolchi ikkinchi turda Albaniya darvozasiga ham gol urdi. Balki ko'pchilik Grizmanning goli g'alabaga sababchi bo'ldi deyishi mumkin, biroq Paye butun o'yin davomida Jiru va Jinyakni to'p bilan taminlab turdi va 90+6-daqiqada o'zi gol urib Albaniyani "ko'mib qo'ydi".

Ispaniyalik Andres Inesta o'tgan turda ham ramziyga kirishi mumkin edi. Biroq nomzodlar soni ko'pligi bois uni kirita olmagandik. Ikkinchi turda esa bunday qila olmasdik. Turkiya bilan bahsda maydon markazini maestro singari boshqargan Inesta yirik g'alabaga katta xissa qo'shdi.



Hujumchilar
Daniel Starrij (Angliya)
Alvaro Morata (Ispaniya)
Romelu Lukaku (Belgiya)


Angliya terma jamoasi musobaqadagi birinchi g'alabasini Uels ustidan qo'lga kiritdi. Ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushgan Daniel Starrij ushbu g'alabani taminlab berdi desak bizni hech kim aldoqchiga chiqarmasa kerak. "Liverpul" hujumchisi dastlab Jeymi Vardiga gol urish uchun imkoniyat yaratib bergan bo'lsa hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqada raqib jarima maydoni ichida kerakli joyda paydo bo'lib gol urdi va Angliyaga g'alaba keltirdi.

Ispaniyalik Alvaro Morata EVRO-2016da dublga erishgan dastlabki futbolchiga aylandi. Ilk turda CHexiya bilan bahsda ispaniyalik hujumchilar keskin tanqid ostida qolishgandi. Turkiya bilan o'yinda ushbu tanqidlar o'z samarsini berdi. Morata ikkita, Nolito bitta gol urdi. "Yuventus" azosi haqli ravishda ramziy terma jamoadan o'rin oldi.

Romelu Lukaku ham Moratadan qolishmagan holda dublga erishdi. Irlandiya bilan bahsda belgiyalik to'purar ikki marta raqib darvozasiga gol urib jamoasining yirik g'alabasiga zamin yaratdi.


Smartfon yutishni istaysizmi, unda marhamat! SHartlar esa bu erda >>>> TANLOV

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика