So’nggi yangiliklar

22:55"Адана Демирспор" — "Ризеспор". Алиқулов доимгидек асосий таркибда  4 22:23Ансу Фати Туркияга йўл олиши мумкин?!  5 21:58Расман: "Милан" Франция терма жамоаси ўйинчисини 25 миллион еврога харид қилди  2 21:30А Серия. "Интер" "Женоа" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  1 21:15Туркия Суперлигаси. Шукуров жамоаси ўз майдонида Турғунбоев жамоасини қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  3 21:01Файзуллаев Россия ва Ўзбекистонни таққослади  10 20:53АПЛ. "Арсенал" чемпионатни осон ғалаба билан бошлади  3 19:45Милнер АПЛ рекордини ўрнатди  8 19:142022 йилдан бери майдонга тушмаган МЮ собиқ футболчиси 32 ёшида фаолиятини якунлади  4 19:10АПЛ. "Ипсвич" - "Ливерпуль" 0:2, Салахда 1+1  0 18:45Қозоғистон. Иброҳим Ҳалил Йўлдошев жамоаси ғалабага эришди ва жадвалда етакчига айланиб олди  2 18:30АПЛ. "Ливерпуль" янги мавсумни ишончли ғалаба билан бошлади  8 18:14"Арсенал" - "Вулверхэмптон". Кимлар асосий таркибда?  1 17:31Слотнинг дебютида "Ливерпуль" "Ипсвич" дарвозасига бирорта аниқ зарба бермади  2 17:10Месси экофаоллардан 50 минг евро талаб қилди  13

EVRO-2016. 1-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

EVRO-2016. 1-tur ramziy terma jamoasi

Evropa chempionatining 1-tur ramziy terma jamoasi bilan tanishing.


Darvozabon: Xannes Xaldersson (Islandiya)

Darvozaga Islandiya darvozaboni Xannes Xalderssonni qo'yishga qaror qildik. Garchi birinchi turda Petr CHex, Igor Akinfeev, Manuel Noyer, Pyatov, Gabor Kiray, Berisha, Zommer singari kiperlar ham o'zlarini ko'rsatishgan bo'lsada, Xalderssonning Portugaliyaga qarshi o'yinda ijro etgan seyvlari yakunda jamoasiga tarixiy natijani qayd etishga yordam berdi. Ayniqsa Nani va Ronalduning boshi bilan yo'llagan zarbalarini katta mahorat ko'rsatib bartaraf etgan Xaldersson ramziy terma jamoaga kirishga eng loyiq darvozabon bo'ldi. Xannes Xaldersson birinchi turda eng ko'p seyv amalga oshirgan darvozabon bo'ldi. Demak darvozani islandiyalik kechagi kun qahramoni egallaydi.


Himoyachilar: Kayl Uoker (Angliya), Jerom Boateng (Germaniya), Leonardo Bonuchchi (Italiya), Vasiliy Berezuckiy (Rossiya), Martin Olsson (SHveciya)

Himoya chizig'ida besh nafar futbolchini qo'yishga qaror qildik. Evropa chempionatining 1-turida gollar u qadar ko'p bo'lmayotganiga darvozabonlardan tashqari himoyachilarning ishonchli o'yinlariga ham sababchi. O'ng qanotda Angliya terma jamoasi safida Rossiyaga qarshi o'yinda juda faol o'ynagan va o'z qanotdagi hujumlarni bartaraf etish bilan birgalikda, jamoasi hujumlarini tashkil etishda ham katta jonbozlik ko'rsatgan Kayl Uokerni ramziyga kiritmasak adolatdan bo'lmasdi.


Markaziy himoyani Jerom Boatengni qo'yishdan boshlaymiz. Jerom Boateng Ukraina bilan bo'lgan uchrashuvda jamoasini bir vaziyatda darvozabon rolida muqarrar goldan saqlab qolgan bo'lsa, qolgan daqiqalarda Ukrainaning tajovuzkor hujumlarini qaytarishda katta mehnat qildi va o'z ishini alo darajada uddaladi. Boatengni o'sha Konoplyankaning zarbasini qaytargan vaziyati turning eng esda qolarli voqealaridan biri bo'ldi.

Jeromning yonginasida "professor" Leonardo Bonuchchini joylashtiramiz. Italiya himoya qo'rg'onining ishonchli va kerak bo'lsa etakchi vakili Belgiya bilan o'yinda shu qadar etiborli va diqqatli o'ynadiki, raqib hujumlari Buffonga qadar etib bormasdan o'rtada to'xtayverdi. Bunda albatta Bonuchchining xizmatlari katta bo'ldi. Himoyadagi ishni bir chetga surib qo'yib, maydon markazidan o'zining odatdagi va ajoyib uzun to'p oshirmasi orqali Jakkerini raqib jarima maydoni ichida "qidirib" topa olgani Kurtua darvozasini ishg'ol etilishiga olib keldi. Bu esa yakunda Italiyaga muhim uch ochkoni taqdim etdi.

Boateng va Bonuchchini oldida Rossiya terma jamoasi markaziy himoyachisi Vasiliy Berezuykiyni qo'ymasak bo'lmasdi. Angliyaga qarshi o'yinda himoyada juda tartibli va ishonchli o'ynagan Berezuckiy Xarri Keyn va uning jamoadoshlariga raqib jarima maydonchasi oldida erkin harakat qilishiga yo'l qo'ymadi. Kamiga esa uchrashuvning so'nggi pallasida "prujinka" orqali sakrab boshi bilan havodan kelayotgan to'pga zarba berdi va Jo Xartni ranjitib, butun Rossiyani quvontirdi. O'yinni qutqarib qolgan Berezuckiy Rossiyaning bejizga sardori emasligini amalda isbotladi.

SHveciya terma jamoasining Irlandiyaga qarshi o'yinini ko'rgan ishqiboz borki Zlatanga etibor qaratgani tayin. SHveciya va boshqalarning diqqat etibori Ibragimovichda bo'lgani aniq. Lekin shu kuni SHveciya safida Zlatan emas, chap qanot himoyachisi Martin Olsson o'ynadi. O'ynaganda ham barcha joyda birdek harakat qildi. O'z qanoti orqali butun uchrashuv davomida raqib himoyasini bosimda ushlab turdi, darvoza oldida vujudga kelayotgan xavflarni bartaraf etdi. Zlatan Ibragimovichning kamida 5 marotaba juda qulay vaziyatga ham chiqardi. Lekin hujumlarni yakunlashda hujumchi oqsadi. Martin Olsson esa o'z qanotda "konki"da yurgandek taassurot qoldirdi.




Yarim himoyachilar: Luka Modrich (Xorvatiya), Toni Kroos (Germaniya), Garet Beyl (Uels), Dimitri Paye (Franciya).

O'rta chiziqqa Xorvatiya terma jamoasiga g'alaba keltirgan gol muallifiga aylangan Luka Modrichni qo'yishdan boshladik. Turkiya bilan bo'lgan bahsda Modrich tayanch zonasida o'ynadi. Raqib hujumlarini "yo'q" qilishda faollik ko'rsatgan Modrich jamoasini oldinga boshlashda ham etakchilik qildi. Golni esa urishni shu darajada qoyillatiki, bu golga ortiqcha tarif berishga hojat yo'q.

Yana bir "Real" yarim himoyachisi Toni Kroos Germaniya - Ukraina uchrashuvida ancha faol harakat qildi. Germaniyaning o'yini u qadar chiqmayotganiga qaramay, Kroos jamoasi hujumlariga to'g'ri yo'nalish berib turdi. Jarima zarbasidan oshirib bergan to'pidan keyin Mustafi gol kiritdi. Bundan tashqari Kroos o'zining ajoyib paslari orqali O'zilni, Xedira va Gyotceni qulay vaziyatlarga olib chiqqandi.

Yana bir yarim himoyachi "Real" klubiga tegishli. Uels terma jamoasiga tarixiy g'alabani taqdim etgan Garet Beylni ramziyga qo'ymaslik juda qiyin ish edi. Uelsning Evropa chempionatidagi dastlabki golini jarima zarbasidan juda chiroyli tarzda kiritgan Beyl yakunda jamoasi g'alabasi uchun ham munosib hissa qo'shdi. SHu kuni Uels terma jamoasini maydonda haqiqiy etakchi sifatida aynan Garet Beyl boshqarib turdi.


Yarim himoya chizig'idagi so'nggi vakil bu tur qahramoniga aylangan, Franciya terma jamoasining haloskori Dimitri Paye bo'ladi. Turnirning dastlabki o'yiniga chiroyli nuqta qo'ya olgan Paye nafaqat Jiruning goliga hammualliflik qildi. Balki Franciyaga uchrashuv oxirida o'zining takrorlanmas zarbasi orqali g'alabani sovg'a qildi.


Hujumchi: Adam Salai (Vengriya)

Qanchalik g'alati jaranglamasin, birinchi turda hujumchilar o'zlaridan kutilgan sermahsullikni namoyish etib bera olishmadi. Jiru, Pelle, Milikdan tashqari Adam Salai gol urishga muvaffaq bo'ldi. Bular ichida eng qiymati yuqori gol bu albatta Adab Salainiki bo'ldi. Avstriyaga qarshi o'yinda Vengriyaga juda muhim va ko'pchilik uchun kutilmagan g'alabani taqdim etgan golga aynan Adam Salai mualliflik qildi.


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика