So’nggi yangiliklar

01:25Дилшод Раҳматов: "Гватемала бизга сўнгги сониягача курашиш кераклигини ўргатди. Мураббийларимиз яхши маънода жуда қаттиққўл"  0 00:53Париж-2024. Япония ва Ироқ ўз учрашувларида ғалаба қозонишди  5 00:50Хосе Венансио Лопес: "Бизга барқарорлик етишмаяпти. Ушбу муаммога имкон қадар тезроқ ечим топишимиз керак"  0 00:26Расман: Саидазамат Мирсаидов - “Навбаҳор” футболчиси!  3 23:53Тимур Кападзе: "Жамоа ўйинидан қониқдим. Рақибимиз дунёнинг энг кучли жамоаларидан бири эди"  24 23:34Расман: Санжар Қувватов "Навбаҳор" билан шартнома имзолади  3 23:17"Ҳаётим давомида бунақа циркни кўрмаганман" – Хавьер Маскерано  19 23:10Париж-2024. Аргентина - Марокаш 1:2, Аргентинанинг сўнги дақиқада урган голи ҳисобга олинмади  1 23:03Расман: Сардор Рашидов – "Навбаҳор" футболчиси!  18 22:50Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:2, Шомуродов тарихий гол урди, Нематов пенальтини қайтарди  5 22:40Қандай қилиб?! Аргентинанинг 90+16-дақиқа урган голи икки соат ўтиб бекор қилинди. Марокаш ғалаба қозонди!  19 22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  9 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  8 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  54

Evro-1992 va JCH-1994 bronza medali sohibi 50 yoshda Yangiliklar

Evro-1992 va JCH-1994 bronza medali sohibi 50 yoshda

SHvarcning yubileyi munosabati bilan uning hayoti va ijodiga bog'liq qiziqarli faktlarni etiboringizga havola etamiz.

1969 yil 18 aprel kuni Stefan SHvarc dunyoga keldi. Uning hayotida nafaqat qiziqarli, balki ayanchli voqealar ham etarlicha bo'lgan.

Ehtimol, futbol muxlislarining ko'pchiligi shveciyalik yarim himoyachi Stefan SHvarcni yaxshi eslay olishmas. Ammo aynan u ona yurti hamda Portugaliya, Angliya, Italiya va Ispaniyada katta muvaffaqiyatga erisha olgan o'yinchilardan biri sanaladi. 1999 yil u SHveciyaning eng yaxshi futbolchisi nomiga sazovor bo'lgan. To'g'ri, u paytlar hali Zlatan Ibragimovichdek buyuk o'yinchi yo'q edi, ammo Patrik Andersson, Xenrik Larsson, Magnus Xedman, Fredrik Yungberg kabi bir qator mashhur shaxslar bor edi.

Stefan SHvarc faoliyatini "Malme"da boshlagan. U erdan "Benfika"ga o'tgan. Keyinchalik esa "Arsenal", "Fiorentina", "Valensiya" va "Sanderlend" kabi klublarda to'p tepgan. SHveciya va Portugaliya chempioni bo'lgan, "Arsenal" bilan Kubok egalari kubogini qo'lga kiritgan, "Fiorentina" tarkibida Italiya Kubogi, "Valensiya" bilan esa Ispaniya Kubogi sohibiga aylangan. Evro-1992 va JCH-1994da uchinchi bo'lgan SHveciya termasiing muhim futbolchilaridan biri bo'lgan.

Singan oyog'i bilan futbol o'ynagan

1997 yil 30 aprel kuni Stefan SHveciya termasi tarkibida JCH-1998 turnirining SHotlandiyaga qarshi saralash bahsida maydonga tushdi. Uchrashuv boshida skandinaviyaliklar burchakdan zarba berish imkoniyatini qo'lga kiritdilar. SHvarc standartga bordi va to'pni yaqinroqda turgan sherigiga oshirib, o'yinni tezda boshlab ketishni maqul topdi. Jamoadoshi unga to'pni qaytardi va aynan shu pallada SHotlandiya terma jamoasi futbolchisi to'pni tepib yuborish maqsadida Stefanning oyoqlari tagiga tashlandi.


Bir necha soniya o'tar-o'tmas, SHvarc chim ustiga yiqildi, uzoq yotmay darhol shifokorlarni chaqirdi. Biroz o'ziga kelganidan so'ng, oyog'ini ko'tardi va hech narsa bo'lgani yo'q deb o'yinni davom ettirishga qaror qildi. U yana bir necha daqiqa o'ynadi, og'riq esa yanada kuchayib borardi. SHvarc hammasi o'z o'rniga tushib ketadi deb o'yladi. Afsuski u o'ylagandek bo'lmadi va uni almashtirishdi.

"O'sha payt hammasi bunday jiddiy tuyulmagan edi. Agar siz takroriy videoni ko'rsangiz, SHotlandiya o'yinchisi menga nisbatan juda qo'pol o'ynaganiga o'zingiz guvoh bo'lasiz. Lekin men o'yinni davom ettirmoqchi edim. Og'riq juda kuchli edi, lekin avvaliga bu o'tib ketishiga ishongandim, ammo...", — yodga oladi SHvarc.

SHundan so'ng, xavbekga oyog'i singan degan tashhis qo'yishdi. Jarrohlik operaciyasi hamda reabilitaciya tufayli o'yinchi yarim yilgacha uchrashuvlarda ishtirok etolmadi. Lekin uning maydondagi jasorati hammani hayratga soldi. Lekin u vaqtlar na tv, na internetda futbolchilarning harakatlari haqida butun dunyo xabar topmas, hali o'yinchilar uchun memlar chizishmas edi...

Ochiq koinot sari yopiq yo'l

1999 yil yozda Stefan SHvarc o'sha payt uchun juda yaxshi narx — 5,4 million funt evaziga "Valensiya"dan "Sanderlend"ga o'tdi. Bir qarashda 30 yoshli futbolchining Premer-liganing o'rtamiyona klubi safiga kelib qo'shilishi ortiqcha shov-shuvga sabab bo'lmasligi kerak edi, lekin amalda umuman boshqacha bo'ldi.

Gap shundaki, 1999 yildan 3 yil o'tib, yani 2002 yil boshidan, ochiq koinotga tijoriy yo'lovchilar parvozi tashkil etilishi haqida xabar tarqaldi. "Sanderlend" rahbariyati 4 yillik shartnomaga "koinotga chiqish mumkin emas" bandini ham qo'shib qo'yishdi. SHu yo'l bilan, Stefan SHvarc Premer-liga tarixidagi kosmosga uchishi rasman taqiqlangan birinchi o'yinchi bo'ldi.

"SHvarcning agentlaridan biri o'sha vaqtda haqiqatdan ham o'ziga tijoriy reysdan bilet sotib olgan ekan. Biz o'shanda u o'zi bilan Stefanni ham olib ketishidan juda havotirga tushgan edik. SHuning sabab, tushunmovchilik kelib chiqmasligi uchun kelishuvga shu shartni qo'shishni lozim topdik. Bu oqilona yo'l bo'lgan", — degan edi "Sanderlend" direktori Jon Fikling.

O'g'li nogironligi haqida noxush xabar

2000 yil Belgiya va Niderlandiyada bo'lib o'tgan Evropa CHempionati. Stefan SHvarcning mushagi (inson tanasining eng kuchli muskuli) shikastlandi. Ammo o'sha vaqt uning hayotida bundan ham qayg'uli voqea yuz bergandi: uning o'g'li Yurgenga autizm (psixik kasallik, tashqi olamdan uzilib qolish) tashhisini qo'yishdi.

Bu xabar, tabiiyki, futbolchini qattiq siqilishiga sabab bo'ldi. Stefan faoliyatini yakunlash va buyog'iga nima qilish haqida o'ylardi. Biroq SHvarc va uning turmush o'rtog'i o'zlarini qo'lga olib, farzandlariga g'amxo'rlik qila boshladilar. Yurgen bir necha yil oddiy so'zlarni ham gapira olmadi. Ammo 2016 yil Stefan SHvarc jurnalistlarga o'g'li hayotga "qaytgani" va kundan-kunga ahvoli yaxshilanayotganini malum qildi.

SHvarcning oilasi o'tgan asr 70-yillarida AQSHda qo'llangan metodga ko'ra ish ko'rdilar. Uning mazumuni shundan iborat edi: Yurgenning yaqinlari o'g'lining "olamiga kirib", uni tushunishga harakat qilib sog'lom turmush tarziga qaytarishlari kerak edi". 

21 yoshli Yurgenning otasi jurnalistlarga intervyu berganida ko'zlari quvonchdan yonib turardi. "Yurgen o'zini yaxshi his qilyapti. U olti yil davomida umuman gapirmadi va "boshqa dunyoga" tushib qolgandek edi. Ammo biz u bilan ishladik, unga g'amxo'rlik qildik va natijasini ko'rib turibsiz. Autizm bilan ishlash metodi ish berganidan juda ham xursandmiz. Endi Yurgen super-ijtimoiy inson. U juda baxtli. Ota-ona uchun farzandining xursandchiligini ko'rishdan ortiq baxt bo'lmasa kerak", — deydi SHvarc.

Oilasi bilan bir guruh o'g'rilar tomonidan garovga olingan

Stefan SHvarc "Benfika"da o'ynagan vaqtlari (1991-1994 yillar) o'ziga Portugaliyadan, Kashkaysh shahri okean qirg'oqlari bo'yidan, uy sotib oldi. 2010 yil SHvarc va uning oilasiga o'g'rilar hujum qildi. Stefanning xotini Seu hamda qizlari Xloya va SHanel endigina uyga kelishgandi.

"Mashinani garajga qo'ydim, xotinim esa farzandlarim bilan narsalarini olib uyga kirishdi. Uyga kirganida kimdir Xloyani og'zini berkitib mening xonamga olib kirib ketganini ko'rdim. Baqir-chaqirni eshitib, o'sha tomon yugurdim. Zina yoniga kelganimda qora kiyim kiygan ikki yigit men tomon ko'tarilayotganini ko'rdim. Ularning biri qo'lida lom, ikkinchisi bolta ushlab olgandi. Bolalarim va xotinimni qutqarish uchun borimni berishim kerakligini tushundim. Men ularga barcha narsamni berishimni aytdim, ammo shu on boshimga qattiq zarba berishdi. Ular boltaning sopi bilan urishgan ekan. Keyin meni oilam bilan "podval"ga olib tushishdi. Ular portugal tilida gapirmasdi. Lekin birdan ular bunga anchadan beri tayyorgarlik ko'rganini tushunib etdim".

"Men o'zimni qo'lga olishga harakat qildim, ammo qizlarimga tegajonlik qila boshlashdi. Aslida ularni pul qiziqtirayotganini tushungandim. Ulardan biri qizimga: "Yoshing nechchida?". Kichik qizim uning yoqasidan ushlab "Senga nima kerak? Pulmi? Yur men bilan, ular qaerda ekanini ko'rsataman", — dedi.  Biz xotinim bilan SHanel nimani nazarda tutayotganini yaxshi tushunmasdik. Lekin o'g'ri uning ortidan bordi. Ular yuqoriga ko'tarilishdi va bir necha daqiqaga ko'zdan uzoqlashishdi. Men havotirda edim va qizimning ortidan borishga harakat qilmoqchi edim. Ammo shu onda menga yana qattiq zarba berishdi va yana qimirlasam tomog'imdan kesib tashlashlarini aytishdi".

"CHamasi o'n daqiqadan so'ng bir erkak kulgusini eshitdik. O'g'ri va SHanel podvalga qaytishdi. Qizimning qo'lida uning pul jamg'arib boradigan idishi bor ekan. O'g'ri sheriklariga shuni aytib, qah-qah otib kulardi. Ammo kulgu birdan to'xtadi va ularning boshlig'i menga qarab uydagi barcha pul va qimmatbaho buyumlarni berishimni talab qildi. Yonimda arzirli mablag' yo'qligi uyda ham hamma buyum oddiy buyumlar ekanini aytdim. Ularsha mashina, motocikl va ularga yoqqan barcha narsani olib ketishlari mumkinligini aytdim. SHundan so'ng, ular meni 2-3 marotaba, keyin xotinim va bolalarimni urishdi. Biz o'zimizga kelgungcha ular yuqoriga ko'tarilishdi. Oradan tahminan 20 daqiqa o'tdi. Yuqoriga chiqdim, ular qochib ketishgan ekan. Ular nimani olib ketgani emas, biz uchun sog'lig'imiz va omon qolganimiz muhimroq edi", — deb yozadi biografiyasida SHvarc.

Har kuni 20 km yugurish va ortiqcha vaznga qarshi kurash

SHvarc faoliyatini yakunlaganidan so'ng tezda ortiqcha vazn yig'a boshladi va v oz fursat ichida o'zini juda noqulay his qila boshladi. SHundan so'ng, Stefan tanasi bilan shug'ullanishga qaror qildi.

2017 yil 28 iyundan 15 sentyabrgacha Stefan SHvarc 21 kilogramm tashladi! U 98 kgdan 77 kgga ozdi, tanasi ham ajoyib jismoniy ko'rinishga keldi. U dieta qildi. SHuningdek, doimiy ravishda sport zalida shug'ullandi. SHundan so'ng, sobiq o'yinchi tibbiy ko'rikdan o'tdi va qonida xolesterin miqdori sezilarli darajada kamayganiga guvoh bo'ldi.

Hozirda Stefan SHvarc Portugaliyadagi uyida yashamoqda. U ijtimoiy tarmoqlar orqali hayotidagi voqealar bilan faol tarzda bo'lishib turadi. Ammo so'nggi vaqtlar ko'proq yugurish jarayoni natijalari aks etgan suratlar joylamoqda. SHved har kuni tonggi yugurishga chiqadi va 20 kilometrni bosib o'tishga harakat qiladi. Bu esa Stefan SHvarc 50 yoshini shunday baxtli, sog'lom inson sifatida qarshi olishiga yordam bermoqda, desay adashmaymiz.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика