So’nggi yangiliklar

01:56Лига 1. ПСЖ "Ренн"га қийинчиликсиз мағлуб этди, Барколадан дубль  0 01:43А Серия. "Милан" "Лечче"га қарши ўйинда 5 дақиқа ичида 3та гол урди ва ғалабага эришди  1 01:28"Барселона" яхши таклиф олса, Араухони сотиши мумкин. Клуб ва ҳимоячи "совуқ уруш" ҳолатида  0 01:20Суперлига. "Сивасспор" ўз уйида мағлуб бўлди, Турғунбоев захирадан майдонга тушиб, ассист қайд этди  0 01:03БАА чемпионати. "Ал Ваҳда" "Бани Яс" билан дуранг ўйнади, Эркиновдан ассист  1 00:51Европанинг тўрт гранди 150 млн евролик Вирц учун даъвогарлик қилмоқда  1 00:16Миржалол Қосимов: "Чемпионлик масаласи ҳалми? Мўжиза бўлмайди дейишади, аммо ҳамма нарса рўй бериши мумкин"  2 23:43Александр Крестинин: "Иккала жамоа ҳам биттадан гол урди, лекин ОКМК ғалаба қозонди"  2 23:22"Локомотив" баёнот билан чиқди  1 22:30"Бунёдкор" — "Насаф" ўйини "Жар" стадионида ўтказилади  11 22:05Абдесаммад Муҳаммад: "Франция ўз тарихида биринчи маротаба мундиалда иштирок этмоқда, аммо бизда қўрқув йўқ"  0 21:36Таиланд терма жамоаси аъзоси: "Франциялик футзалчилар бақувватроқ ва гавдаси йирикроқ эди"  0 21:36Футзал бўйича ЖЧ. Ўзбекистонлик Анатолий Рубаков бош ҳакамлик қилган ўйинда Аргентина Хорватияни ютди ва энди чорак финалда Қозоғистонга рақиблик қилади  0 21:26ҚПЛ. "Ордабаси" ўз уйида "Турон"ни қийинчиликсиз мағлуб этди. Яхшибоев ва Умаров эса...  0 21:10Сўнгги дақиқалардаги қизил карточка ва бекор қилинган гол: ОКМК "Локомотив"ни мағлуб этди   31

Evro-1992. O'yin vaqti maydonda portlagan bomba, "oy"dan kelgan mamlakat, Betxoven musiqasini madhiyaga aylantirgan bayroqsiz jamoa hamda saralashdan o'ta olmay, butun mamlakat yomon ko'radigan murabbiy bilan g'olib chiqqan chempion haqida hikoya qilamiz Yangiliklar

Evro-1992. O'yin vaqti maydonda portlagan bomba, "oy"dan kelgan mamlakat, Betxoven musiqasini madhiyaga aylantirgan bayroqsiz jamoa hamda saralashdan o'ta olmay, butun mamlakat yomon ko'radigan murabbiy bilan g'olib chiqqan chempion haqida hikoya qilamiz

Evropa chempionati tarixiga oid qiziqarli malumotlar bilan tanishtirib borishda davom etamiz.

1992 yilgi Evropa chempionatining final bosqichi 10–26 iyun kunlari SHveciya yashil maydonlarida o'tkazildi. Unda mezbonlar bilan birga saralashdan o'tgan jami 8 mamlakat ishtirok etdi.

1988 yilning 16 dekabrida UEFA Ijroiya qo'mitasi tomonidan qabul qilingan qarorga ko'ra, turnirni o'tkazish uchun Ispaniya emas, SHveciya tanlandi. Ispaniya musobaqani qabul qilolmasdi, chunki ular Sevilyadagi EXPO-1992 va Barselonadagi 1992 yilgi Yozgi Olimpiya o'yinlariga mezbonlik qilish huquqini qo'lga kiritib bo'lgandi.

SHveciyada musobaqa boshlanishi arafasida ko'ngilsiz voqea yuz berdi. "AIK" va "Norrko'ping" o'rtasidagi mamlakat chempionati o'yinning 15-daqiqasida maydon chimi ostiga ko'milgan tutunli bomba portlaydi. Bu esa ommaviy axborot vositalari orqali shov-shuv va etirozlarga sabab bo'ladi.

Qolaversa, turnir davomida muxlislar o'rtasidagi to'qnashuvlar bo'lib o'tgan. SHved, ingliz, nemis va niderland ishqibozlar ko'proq tartibsizliklar keltirib chiqargan. Jumaladan, mezbon ishqibozlar jamoasining Germaniyaga mag'lubiyatidan so'ng ko'chalar bo'ylab g'alayon ko'targan. Buning oqibatida policiya tomonidan 160 nafarga yaqin shved hibsga olingan.


Sovet Ittifoqi mamlakat parchalanishidan biroz oldin final turniriga yo'llanma oldi va Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi (MDH) bayrog'i ostida turnirda qatnashdi. MDH jamoasining bayrog'i yo'q edi, o'yinlar avvalida madhiya o'rniga Betxovenning to'qqizinchi simfoniyasi ijro etildi.

SHuningdek, avvaliga Yugoslaviya final bosqichiga yo'l oldi, ammo mamlakatdagi fuqarolar urushi tufayli jamoa UEFA tomonidan diskvalifikaciya qilindi va uning o'rniga saralash guruhida ikkinchi o'rinni egallagan Daniya taklif qilindi. 

1992 yil may oyining oxirida Yugoslaviya hududidagi millatlararo harbiy mojarolar FIFA va UEFAni SHveciyadagi Evropa chempionati arafasida favqulodda choralar ko'rishga majbur qildi.

30 may kuni BMT Xavfsizlik Kengashi Serbiya va CHernogoriyaga qarshi keng qamrovli sankciyalar joriy etishga qaror qildi. Xususan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti hukumatlardan “Serbiya va CHernogoriya sportchilari va jamoalarining BMTga azo davlatlar hududlarida ishtirok etishiga yo'l qo'ymaslik uchun zarur choralarni ko'rishni” talab qildi.

Ertasi kuni FIFA va UEFA tomonidan munosabat bildirildi. Xalqaro futbol federaciyasi bosh kotibi Yozef Blatter Yugoslaviya Evro-1992da ishtirok etmasligini aytdi. Biroz vaqt o'tgach, UEFA press-relizi elon qilindi: "Evropa chempionatlari qoidalariga ko'ra, Daniya jamoasi SHveciyadagi final bosqichida Yugoslaviya jamoasi o'rnini egallaydi".

Qizig'i, Daniya musobaqa boshlanishiga 10 kun qolganida ishtirokchilar safiga qo'shilgani to'g'risida ogohlantirildi.

SHotlandiya va SHveciya final bosqichidagi debyutini o'tkazdi. SHotlandiya 1974 yildan buyon har bir jahon chempionatida qatnashib kelayotgandi, biroq Evropa chempionatida ishtirok etish baxti faqatgina 1992 yil nasib etdi. SHotlandiyaning SHveycariyaga qarshi o'yinidan so'ng finlyandiyalik hakam Palei policiya yordamisiz stadionni tark etishdan bosh tortdi. Final hushtagi yangragandan so'ng, unga SHveycariya terma jamoasi tarafdorlari hujum qilishdi. Norozilikka hakamning uchta penalti belgilagani sabab bo'ldi - ulardan ikkitasi mehmonlar darvozasiga shubhali tarzda belgilangandi. Oradan bir oy o'tgach, bolgarlar shotlandlarga qarshi o'yinda hakamlik faoliyatidan norozi bo'lishgandi. Bolgariya murabbiyi Vucov maydonga yugurib chiqdi va hakamning yuziga tupurdi, buning uchun u maydondan chetlashtirildi va keyinchalik UEFA tomonidan katta miqdorda jarimaga tortildi.

Evro-1992 saralash bosqichi 1-turi doirasidagi Avstriyaga qarshi o'yin Farer orollari uchun ilk rasmiy uchrashuv hisoblanardi. Barcha futbol mutaxassislari Avstriya Farerni er bilan yakson qilishiga ishongan edi.

Avstriya terma jamoasida to'p tepadigan Ispaniyaning “Sevilya” klubi futbolchisi Toni Polster o'yin oldidan farerliklar 0:10 hisobida mag'lub bo'lishini taxmin qildi. 

Avstriyaliklar bosh murabbiyi Yozef Xikkersberger esa kinoya bilan shunday dedi: "Farer? U qaerda joylashgan? Mabodo Oyda emasmi?" Keyinchalik avstriyalik murabbiy o'z so'zlari uchun tovon to'lashga majbur bo'ldi. Bellashuvda farerliklar 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi.

Turnida 1990 yilgi jahon chempionatida qo'llanilgan Adidas Etrusco Unico to'plaridan foydalanilgan.

Evro-1992 davomida ilk marotaba futbolchilarning liboslariga ularning familiyalari yozila boshlandi. SHuningdek, tarixda ilk marotaba Evropa chempionatining rasmiy taronasi yozildi.


"A" guruhida mezbon SHveciya peshqadamlikni qo'lga kiritdi. Autsayder sifatida etirof etilgan Daniya esa ikkinchi o'rin bilan yarim finalga yo'l oldi. Franciya va Angliya guruhda qolib ketdi.

Etiborlisi, Franciya Evropa chempionati tarixida birinchi bo'lib saralash bosqichida birorta ham ochko yo'qotmagan jamoaga aylangandi. “Uch ranglilar” sakkizta g'alabani qo'lga kiritdi, shu jumladan, Ispaniyani ikki marta mag'lub etdi.

Daniyaning uzoqqa borishini hech kim, hatto ularning o'zlari ham kutmagandi. Qolaversa, jamoaning asosiy yulduzi, "Barselona" yarim himoyachisi Mikael Laudrup murabbiy Rixard Myoller-Nilsen bilan kelishmovchilik natijasida turnirda qatnashishdan bosh tortdi. 

Myoller-Nilsen himoyaviy futbolga urg'u berardi, bu esa Laudrup va bir qancha etakchilarga yoqmagan. Biroq bu taktika uning daniyaliklarni eng katta muvaffaqiyati sari etaklashiga to'sqinlik qilmadi.

Keling, biroz ortga nazar solib, vaziyatga aniqroq to'xtalamiz. 

1990 yil Daniya futboli arosatda qoldi. Terma jamoani butun mamlakat bo'ylab hurmatga sazovor bo'lgan, jami 12 yil davomida jamoa bilan ishlagan bosh murabbiyi germaniyalik Zepp Piontek tark etdi. Daniyaliklar mutaxassisni chiroyli hujumkor futbol uslubi, ko'plab Daniya yulduzlari bilan kelisha olishi va yirik turnirlardagi ajoyib o'yinlari uchun yaxshi ko'rishardi. Aytaylik, 1986 yilgi jahon chempionatida Daniya termasi Germaniya, Urugvay va SHotlandiya joylashgan guruhda birinchi o'rin bilan keyingi bosqichga chiqqan, skandinaviyaliklar Urugvayni shunchaki yo'q qilishgan – 6:1! Oradan bir hafta o'tib, 1/8 finalda Piontek jamoasi xuddi shunday tarzda ispanlardan mag'lub bo'ldi - 1:5. "Dunyodagi eng ajoyib mag'lublar" — butun dunyo Daniya terma jamoasini shunday atagandi.

Piontek ketganidan keyin mahalliy futbol federaciyasi xorijlik murabbiyni jalb etishni asosiy maqsad etib belgiladi. Piontekning yordamchisi, o'n yillar mobaynda yoshlar bilan birga ishlagan Rixard Myoller-Nilsen ham bosh murabbiylik uchun ariza topshirdi, biroq uning imkoniyati kamroq emas, balki umuman ahamiyatsiz bo'lib ko'ringandi. Birinchidan, u daniyalik edi. Ikkinchidan, uni federaciya rahbarlari ham, eng yomoni, futbolchilar ham avtoritet deb bilishmagan. Ko'plab yulduzlar uning ustidan ochiq kulishdi va uni jiddiy qabul qilishmadi. Uchinchidan, "Odense" va Daniya yoshlar jamoasida ishlagan Rixard yillar davomida Piontek falsafasiga sezilarli darajada zid keladigan uslubni ishlab chiqdi. U yulduzlarga tayanadigan emas, balki jamoaviy intizom asosida natijaga erishish yo'lini tanladi va buni boshqalardan yashirmadi - shuning uchun u ko'pchilikning nazarida zerikarli bo'lib ko'rindi.

Myoller-Nilsen o'z intervyusidan so'ng futbol federaciyasi binosi yonida yig'ilgan jurnalistlarga "Ular xorijlikni xohlashadi", dedi. 

Rixard yig'ilishni hafsalasi pir bo'lgan holda tark etdi, lekin bir muncha vaqt o'tgach, yana qaytib keldi. Federaciya "chet ellik" - "Yurdingen"ning nemis ustozi Xorst Volers bilan kelishuvga erisha olmadi. Boshqa etti (!) variantdan rad javobi olindi. SHunday bo'lsa-da, Rixard bo'sh qolgan bosh murabbiy lavozimini egalladi. Mulozimlar unga har tomondan: "Sen bu erga faqat boshqa barcha nomzodlar rad etgani uchungina chaqirilding" deya ishora qilishdi. Hatto amaldorlardan biri uning buvisi ham Myoller-Nilsen erishgan natijalarga erisha olishini aytdi.

Ammo bularning barchasi Rixardni taslim bo'lishga majbur qilmadi. Aksincha, u ishga kirishdi va darhol o'zining innovacion va shu bilan birga mamlakat tomonidan nafratlangan usullarini qo'llay boshladi.

Daniya terma jamoasi saralash turnirini yomon boshladi. Birinchi turda Farer orollarini mag'lub etdi (4:1), keyin esa SHimoliy Irlandiya bilan o'yinda (1:1) ochko yo'qotishdi. Rixard aka-uka Mikael va Brian Laudrup, darvozabon Piter SHmeyxel, yarim himoyachi Yan Molbi va himoyachi Yan Xaynceni o'z ichiga olgan jamoa liderlari bilan iliq munosabat o'rnatishga harakat qildi. Ularning barchasi, grand klublarda o'ynagan tajribali futbolchilar Richardni g'alati tabiatli odam deb bilishar va bazida noroziliklarini ochiqdan-ochiq bildirishardi. "Milliy terma jamoada o'ynash bir paytlar quvonch edi, hozir esa azob", - kabi so'zlar yangragan. Ayniqsa, aka-uka Laudruplar tajovuzkor edilar, murabbiy ulardan jamoa uchun ko'proq mehnat qilishni talab qildi va buni maydonda ko'rmagach, ularga shafqat qilmadi.

3-turda asosiy raqib Yugoslaviyadan o'z maydonida mag'lubiyatga uchraganidan so'ng (0:2) aka-uka Laudruplar terma jamoa lagerini. O'sha paytda "Barselona" yulduzi bo'lgan Mikael ortiq terma jamoada bo'lishdan zavqlanmasligini matbuot orqali aytdi. Brian esa: “Men Rixardni murabbiy sifatida hurmat qilmayman. Men uning qo'l ostida o'ynay olmayman" deb aytdi. Xaynce va Yan Bartra ham terma jamoani tark etishdi. Jamoa ichidagi janjal barchani larzaga keltirdi, lekin Myoller-Nilsen juda xavotirda bo'lsa ham, yana taslim bo'lmadi.

Keyinchalik u yoshlar va o'zi bilgan o'yinchilar bilan Yugoslaviyani mehmonda 2:1 hisobida mag'lub etdi.

Tarkibning asosini yoshlar, mahalliy chempionat futbolchilari, shu jumladan, Evrodan bir mavsum ilgari UEFA kubogi yarim finaliga qadar etib borgan "Brondbyu" klubi o'yinchilari tashkil etardi.

"Bizda eng yaxshi o'yinchilar yo'q edi, lekin eng yaxshi jamoa bor edi", — deya xotirlaydi turnirda kashfiyatga aylangan Kim Vilfort.

Daniyaning musobaqada ishtirok etishini Myoller-Nilsen uyda bilib oldi — telefon qo'ng'irog'i paytida u oshxona jihozini yangilashni rejalashtirayotgan edi.

Rixard ko'plab o'yinchilarga shaxsan o'zi qo'ng'iroq qildi. U aka-uka Ladruplarni ham chaqirdi - xafa bo'lish uning tabiatidga mos emasdi. Brian turnir boshlanishiga yaqin vaqt ichida jamoaga qaytgan bo'lsa, Mikael o'z so'zida qatiy turdi va bormasligi aytdi. Keyinroq Brian shunday xotirlaydi: "Bizda imkoniyat yo'q deb o'ylab, yig'inga borgandim. Birinchi mashg'ulotda futbolchilarni yig'ib, Rixard maqsad turnirda g'alaba qozonish ekanligini aytdi. Butun jamoa kulib yubordi. Men ham kuldim. Keyinchalik, biz o'zimizni sharmanda qilmaslik, butun dunyo oldida kulgiga aylanmaslik uchun harakat qilishga qaror qildik".

Hujumchi Flemming Poulsen jurnalistlarga jamoaning jismoniy holati haqida gapirar ekan, hazillashdi: “Biz 90 daqiqani muammosiz o'tkazamiz. Birinchi turda 30 daqiqa. Ikkinchi turda - 30 daqiqa. Uchinchisida esa yana 30...”

Daniyada tayyorgarlik ko'rish uchun o'n kun vaqt bor edi.

Murabbiyning qo'ng'irog'i Daniya terma jamoasining yana bir muhim o'yinchisi - musobaqadan olti oy oldin mamlakatning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan 29 yoshli Kim Vilfort uchun mutlaqo kutilmagan hol bo'ldi. U dovrug' taratmagan, juda intizomli o'yinchi edi, lekin uning fikrlari futboldan yiroq edi. Sababi uning etti yoshli qizi Lin Vilfort leykemiya (oqqon kasalligi) tashxisi bilan kasalxonada davolanayotgan edi. Evropa chempionatidan biroz oldin qizning ahvoli yaxshilandi, shifokorlar kasallik chekinayotganini aytishdi; shu bois Vilfort terma jamoaga kelishga rozi bo'ldi.

Daniyaning turnirda qatnashishida homiylik muammolari ko'zga tashlanadi. Jamoa Angliyaga qarshi ilk o'yinda 21 yoshli futbolchilarning liboslarida harakatlanishga majbur bo'lgan.

Myoller-Nilsen Angliyaga qarshi o'yin oldidan kiyinish xonasida shogirdlariga shunday degan: "Yigitlar, maydonga chiqing, ammo o'zingizni sharmanda qilishga yo'l qo'ymang. Bor kuchingizni ko'rsating. Menga shu kifoya". 

Bellashuvdan keyin esa futbolchilarda o'ziga bo'lgan ishonch paydo bo'lgan.

Dastlabki ikki o'yindan so'ng, Daniya faqat bir ochkoni qo'lga kiritdi (Angliya bilan 0:0, mezbon shvedlarga qarshi 0:1) Vilfort ortga qaytishga majbur bo'ldi. CHunki qizi yana kasal bo'lib qoldi va shifokorlar bemorning tirik qolishi borasida umidsiz prognozlar berishdi. Oldinda Daniyani Desham, Papen, Kantona va bosh murabbiyi Platini bo'lgan favorit franciyaliklarga qarshi o'yin kutardi. Barcha francuzlarning qanday hisobda g'alaba qozonishini muhokama qilardi. Aytishlaricha, “uch ranglilar” o'yin oldidan o'zlarini takabburona tutishgan va raqibni umuman mensimagan. Ammo Daniya sensacion tarzda g'alaba qozondi - 2:1. 

Vilfort o'yinni qizi bilan kasalxonada tomosha qildi. Barcha bemorlar va barcha xodimlar jamoa haqida qayg'urishardi. Uchrashuvdan so'ng, Daniya yarim finalda o'ynashi malum bo'lgach, Lin otasidan jamoaga qaytishni so'radi. Kim har qanday holatda ham g'alaba qozonishni maqsad qilgan holda jamoa ixtiyoriga qaytib keldi. Aniqrog'i, kasallik bilan kurashishayotgan sevimli qizining zavq olishi uchun qaytdi.

"B" guruhida Niderlandiya va Germaniya pley-off ishtirokchisiga aylandi. SHotlandiya va MDH musobaqa bilan erta xayrlashdi.

Daniya yarim finalda edi, lekin Rixard hamon mutaxassislar uchun ham, futbol rahbarlari uchun ham, ko'plab futbolchilar uchun ham avtoritetga aylana olmagandi. Qaysidir manoda o'yinchilarning ko'z o'ngida etakchi bo'lish va o'rtadagi taranglikni engillashtirish uchun u futbolchilarni qo'llab-quvvatlay: u mashg'ulot o'rniga "Makdonalds"da qiziqarli tushlik uyushtirdi va futbolchilarga sevimli qiz do'stlari va xotinlari bilan uchrashish hamda tunni birga o'tkazishga ruxsat berdi.

Ushbu bosqichda daniyaliklar Niderlandiyaga qarshi bahs olib borishdi. Bu o'yinda Rixard futbolchilarga taktik chegaralardan biroz chetga chiqib, o'zlari xohlagan tarzda o'ynashga imkon berdi, shuning uchun uchrashuv ajoyib tarzda o'tdi. Asosiy vaqt 2:2 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyasida daniyaliklar 5:4 hisobida ustun keldi. Daniyanig bir yil muqaddam "Manchester Yunayted"ga borib qo'shilgan darvozaboni Piter SHmeyxel Evro-1988 qahramoni Marko van Bastenning 11 metrdan yo'llagan zarbasini qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

Daniya — Niderlandiya 2:2, penaltilar seriyasi 5:4

Gollar: Larsen 5′, 33′ — Bergkamp 23′, Raykard 86′

Seriyada golga aylanmagan penalti: van Basten (darvozabon)


Germaniya esa SHveciyani 3:2 hisobida mag'lub etdi.

SHveciya — Germaniya 2:3

Gollar: Brolin 65′ (pen.), K. Andersson 90′ — Xessler 11′, Ridle 59′, 89′

Final oldidan Germaniya yaqqol ustunlikka ega edi, nemislar ham Daniyaning boshqa raqiblari singari ularni mensishmayotgandi. Qolaversa, jamoada jarohat olganlar etarlicha edi. Daniyaliklar uchun futbolchilar ishonchini qozonishga harakat qilayotgan Rixardning "ko'rsatmasi" biroz bo'lsa-da tiklanishga yordam berdi. Yarim finaldan so'ng murabbiy shunday dedi: “Kechasi xohlagan ishingizni qilinglar, istasangiz, spirtli ichimlik iching. Ammo ertalab soat 10:30 da — hamma mashg'ulotda bo'lsin.

Finalda Germaniyaning ustunligi haqiqatdan ham hayratlanarli edi. Ammo daniyaliklarga yana omad kulib boqdi: ular hisobni erta ochishdi, keyin esa SHmeyxel ajoyib seyvlarni amalga oshirdi. 

"Qanday g'alaba qozonganimizni haligacha tushunmayapman", dedi Laudrup. - Terma jamoa safida biror marta ham gol ura olmagan himoyachi Yensen to'satdan yuqori burchakka zarba berdi. So'ngra SHmeyxel qayta-qayta o'z mahoratini namoyish etdi. Keyin esa ikkinchi golni urdik...”

Ikkinchi golga aynan Vilfort mualliflik qildi. Kim televizorda kasal qizi uni shaxsan qo'llab-quvvatlayotganini qalban his qilardi. Balki bu Evropa chempionatlari tarixidagi eng tasirli gol bo'lgandir. Kimni tabriklashga shoshilgan sheriklari uning ko'zlarida yosh qalqib turganiga guvoh bo'lishdi.

SHu tariqa, musobaqaning hal qiluvchi o'yinida Daniya Germaniyani 2:0 hisobida taslim etib, qita chempionligini qo'lga kiritdi.

Evropa chempionati-1992. Final

Germaniya – Daniya – 0:2 (0:1)

26 iyun, 1992 yil. Gyoteborg. "Nyua Ullevi" stadioni. 37 800 tomoshabin.

Hakamlar: B.Galler, P.Vyuttenbax, J.Popovich (barchasi – SHveycariya).

Germaniya: Illgner, Royter, Breme (k), Koler, Buxvald, Xyossler, Xelmer, Zammer (Doll, 46), Effenberg (Tom, 80), Ridle. Klinsmann.

Daniya: SHmeyxel, Sivebek (Kristiansen, 66), K.Nilsen, Olsen (k), Kristofte, Yensen, Pexnik, Larsen, Vilfort, B.Laudrup, Povlsen.

Gollar: 0:1 Yensen (18), 0:2 Vilfort (78).

Ogohlantirishlar: Effenberg, Xyossler, Royter, Doll, Klinsmann, Pexnik.


Daniya jamoasining g'alabasi mamlakat aholisi tomonidan qizg'in nishonlandi. Yuz minglab Kopengagen aholisi shahar maydoniga yig'ildi - bunday gavjumlik uzoq vaqtdan beri sodir bo'lmagan edi. Etti yoshli Lin Vilfort jamoa uchun, ayniqsa otasi uchun xursand edi. Ammo oradan olti hafta o'tgach, uning yuragi urishdan to'xtadi... Karerasidagi asosiy g'alabadan so'ng Kim hayotidagi eng dahshatli fojiani boshidan kechirdi.

Myoller-Nilsen chempionlikdan keyin ham ko'pchilikning ko'z o'ngida barchaning sevimli qahramoniga aylanmadi. Ayrim teleekspertlarning takidlashicha, futbolchilarning mahorati chempionlikda asosiy rolni o'ynagan. 1992 yil yakunlariga ko'ra, Daniya futbol associaciyasi eng yaxshi murabbiy mukofotini boshqa shaxsga - "Brondbyu" bosh murabbiyi Ebbe Skovdalga topshirish haqida g'alati qaror qabul qildi. Ammo murabbiyning xizmatlari butun sayyorada qadrlandi. Xuddi shu 1992 yilda Rixard Evropa sport jurnalistlari associaciyasiga ko'ra Evropaning eng yaxshi murabbiyi va World Soccer versiyasiga ko'ra dunyoning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan. Myoller-Nilsenning nomi o'z vatanida o'limidan keyingina qadrlana boshladi.

1992 yilgi Evropa chempionatida to'rt nafar futbolchi uchtadan gol urdi: Dennis Bergkamp (Niderlandiya), Tomas Brolin (SHveciya), Xenrik Larsen (Daniya), Karl-Xaync Ridle (Germaniya).

Turnir ramziy jamoasi: Peter SHmeyxel (Daniya), Joslen Angloma (Franciya), Loran Blan (Franciya), Andreas Breme (Germaniya), Yurgen Koler (Germaniya), Ruud Gullit (Niderlandiya), Brian Laudrup (Daniya), SHtefan Effenberg (Germaniya), Tomas Xessler (Germaniya), Dennis Bergkamp (Niderlandiya), Marko van Basten (Niderlandiya).


Daniyaning Evropa Ittifoqiga qo'shilish bo'yicha referendumi muvaffaqiyatsiz yakunlanganidan bir necha kun o'tib, Moller-Nilsen shogirdlari qita chempionligini qo'lga kiritdi. “Biz Evropaga qo'shila olmaganimiz uchun uni mag'lub etishimiz kerak”, deb hazillashdi Daniya tashqi ishlar vaziri Uffe Ellemann-Yensen.

Daniya terma jamoasining muvaffaqiyati chindan ham hayratlanarli edi, chunki 1986 yilgacha bu mamlakatda professional futbol klublari bo'lmagan.

Ulkan muvaffaqiyatga qaramay, Daniya futbol terma jamoasi mamlakatida yilning eng yaxshi sport jamoasi bo'la olmaydi. "SHubhali" ovoz berish natijalariga ko'ra, Olimpiya o'yinlarida g'olib bo'lgan va deyarli hech kim etiborga olmagan elkanli qayiq sport turi vakillari yilning eng yaxshi sport jamoasi deya etirof etilgan.

Rossiyaga borishdan bosh tortgan Ispaniya, etakchilarsiz qatnashgan Franciya hamda bashoratchi shifokori bilan g'olib bo'lgan SSSR — ilk Evropa chempionati haqida hikoya qilamiz

Di Stefano, Pushkash kabi futbolchilarni chaqirmagan chempion hamda kumush medallar uchun ishdan haydalgan murabbiy — ikkinchi Evropa chempionati haqida hikoya qilamiz

Tanga tashlash orqali finalchi aniqlangan hamda hal qiluvchi o'yini qayta o'tkazilgan Evropa chempionati haqida hikoya qilamiz 

"Mersedes" "Zaporojec"ni changida qoldirib ketdi — futbol murabbiyi bo'lishdan boshqa hamma ishni qilishga rozi bank mutaxassisi g'olib bo'lgan Evropa chempionatini yodga olamiz

"Panenka" zarbasi kashf etilgan hamda kashanda murabbiy bilan raqib libosi ostida kubok ko'targan Evro-1976 chempioni haqida hikoya qilamiz

Stadiondagi ur-to'polon, gaz ishlatgan policiya hamda Rim Papasining bashorati — janjallar girdobidagi mamlakat mezbonligida o'tgan Evropa chempionatini yodga olamiz  

Evro-1984. Bir taymda 9 gol urgan Ispaniya, Zidanga "kalla qo'yishni" o'rgatgan francuz hamda Konfuciy hikmatini aytib, chempionlikdan so'ng bosh murabbiylikdan ketgan mezbonlar ustozi haqida hikoya qilamiz

Evro-1988. Mukofot puli tufayli boykotga uchragan Portugaliya, singan shishadan boshi yorilgan darvozabon, raqib libosini hojatxona qog'oziga qiyoslagan Kuman hamda chempionlik paradi fojiaga aylangan niderlandlar haqida hikoya qilamiz


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика