Evraning agenti: “Patris futbol o'ynamoqchi”

12 noya 2017, 02:01
Himoyachi Patris Evraning agenti Federiko Pastorelloning aytishicha, uning mijozi faoliyatini yakunlamoqchi emas.

36 yoshli futbolchi 2018 yilning 30 iyuniga qadar UEFA bayrog'i ostida o'tadigan barcha musobaqalardan chetlashtirilgan. Shuningdek, u bilan “Monako” ham shartnomani bekor qildi.

“Patris xatoga yo'l qo'yganini biladi, ammo bu bilan uning faoliyati yakunladi degani emas. U futbol bilan bu taxlit xayrlashmoqchi emas. U besh olti yilgidan farqli ravishda hozir jismoniy tomondan yaxshi formada. Shu bois bir qator klublar biz bilan aloqaga chiqishdi”, deydi Pastorello. 


O'xshash yangiliklar


Manba: La Gazetta Dello Sporte