Evra: "Pogbaning ketadigan vaqti keldi"
20 jan 2020 21:27
Yangiliklar
Evra: "Pogbaning ketadigan vaqti keldi"
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Patris Evra jamoa yarim himoyachisi Pol Pogba haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Pogba o'ynayotganida odamlar uni ayblashadi. O'ynamaganida esa... Yana ayblashadi.
Seni klubning muammosi deb hisoblashsa - buni tushunaman... Bunga o'zimning misolimni ham keltira olaman. 2017 yilda "Marsel"daligimda o'sha muxlisni borib tepganimdan keyin klub egasi va bosh murabbiyi oldimga kelib: "Nima qilamiz?" deyishganida men: "Ketaman", degandim. Klubda qolishni istamagandim. Atrofim to'la negativ fikrlar edi.
Menimcha Polning ketadigan vaqti keldi. Odamlar uni doimo ayblayverishidan buni sezsak bo'ladi", - dedi Evra.
Fikrlar