Evra murabbiylik licenziyasini oldi
23 sen 2021 20:01
Yangiliklar
Evra murabbiylik licenziyasini oldi
Franciya terma jamoasi va "Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi Patris Evra murabbiylik guvohnomasiga ega bo'lganini elon qildi.
"Murabbiylik ishi: "B" licenziya — olindi, "A" licenziya — olindi. Tajribaga ega bo'lishim uchun yo'l ochi bergan "Manchester Yunayted"ga katta rahmat aytmoqchiman. Mening maydondagi baqir-qachirlarimga chidashga mujbur bo'lgan barcha futbolchilarga minnatdorlik bildiraman. Professional futbol associaciyasi, Angliya termasi va hamma ustozlarimga tashakkur! Murabbiyga aylanish jarayoni yuklanmoqda", – deb yozdi Evra Instagram sahifasida.
Eslatib o'tamiz, Evra futbolchilik faoliyatini 2019 yilda tugatgan edi.
Fikrlar