So’nggi yangiliklar

20:12"Арсенал" "Реал" юлдузи учун 85 млн евро тўлашга тайёр  2 19:45Доку "Ливерпуль" билан ўйинда АПЛ рекордини ўрнатди  2 19:19Яна бир топ-клуб Антонига қизиқмоқда  3 18:57"Барселона" Рокени сотади. Шартнома шартлари маълум  2 18:30Владимир Бубанья: "Андижон"дан кетиш? Футболда учраб туради. "Хоразм" Суперлигада барқарор жамоа бўла олади"  2 18:09Расман: Ўзбекистон, Тожикистон ва Қирғиз Республикаси Осиё кубоги-2031 ни биргаликда ўтказиш борасида ОФКга таклиф юборди  32 17:40"Манчестер Сити"да ўйнаш осон" — Нико Гонсалес  3 17:18"Барселона" ҳимоячисини МЮга сотишга тайёр  11 16:55Эрон – Ўзбекистон учрашувига ўмонлик ҳакамлар тайинланди  11 16:35Гвардиола Ҳоланднинг жароҳати ҳақида нималар деди?  8 16:12Ўзбекистон U-18 терма жамоаси Доҳада "Aspire" академиясига қарши назорат баҳсларида қатнашади  2 15:45Ўзбекистон Кубоги гуруҳ босқичига қачон қуръа ташланади?  0 15:32УEФА президенти: "Албатта, Родри "Олтин тўп"га лойиқ эди"  67 15:10"Машъал" 2 нафар тажрибали футболчи билан шартнома тузди  0 14:51"Сурхон" "ФарДУ"га имкониятни бой берди  1

Evra Fergyussoning Moskvadagi final oldidan qilgan nutqi haqida: “MYUdagi faoliyatim davomidagi eng tasirlisi” Yangiliklar

Evra Fergyussoning Moskvadagi final oldidan qilgan nutqi haqida: “MYUdagi faoliyatim davomidagi eng tasirlisi”

2008 yil CHempionlar Ligasi finalida “Manchester Yunayted” penaltilar seriyasiga ko'ra, “CHelsi”ni mag'lub etib, bosh sovrin egasiga aylangandi.

Patris Evra Ser Aleks Fergyussoning nutqini esga oldi.

“U kiyinish xonasiga kirib, o'tirganini eslayman va barchamizga qarab: “Allaqachon g'olib bo'lganman. Biz allaqachon g'alaba qozonganmiz, hatto maydonga chiqishimiz ham shart emas. O'zingizga qarang, bizda internacional jamoa bor: koreyalik, argentinalik, braziliyalik, francuz, ingliz, ispan, polyak. Bu erda ko'p millatli jamoani ko'rib, allaqachon g'olib bo'lganman.

Keyin u tarjimai holimiz haqida gapirishni boshladi: “25 bolani boqishga to'g'ri kelgan Patris Evraning onasi qanday qiyinchiliklarni boshdan kechirganini tasavvur qiling. Karlos Teves Buenos-Ayresda qanday o'sgani, Andersonning Faveladagi hayotini ko'z oldingizga keltiring.

U barchamizning tarjimai hollarimizni gapirib berdi va bu bizni tasirlantirdi. U futbol haqida birorta ham so'z aytmadi, faqatgina hayotimiz haqida gapirdi. Keyin esa kiyinish xonasidan chiqib, o'zimizni jangchilardek his etdik va o'lishga ham tayyor edik. Bu uning “Yunayted”dagi faoliyatimdagi eng zo'r nutqi edi”, deya eslaydi Evra.

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика