So’nggi yangiliklar

13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  2 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  1 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  10 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  0 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  2 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  4 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  4 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  4 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  2 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  2 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  11 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  6 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  1 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0

Evgeniy Konyuxov: "Neftchi"ga o'tishim tavakkal emasdi. Jamoaga yordam berishni istadim" Yangiliklar

Evgeniy Konyuxov: "Neftchi"ga o'tishim tavakkal emasdi. Jamoaga yordam berishni istadim"

Ushbu mavsum ikkinchi davrasida "Neftchi"ga kelib qo'shilgan rossiyalik darvozabon Evgeniy Konyuxov jamoani tark etganidan xabaringiz bor.

Darvozabon Farg'ona klubidagi qisqa faoliyati va jamoadan nima uchun ketgani haqida to'xtalib o'tdi. 

- Evgeniy "Neftchi"dagi qisqa faoliyatingiz qanday kechdi?

- Mavsum haqida to'liq fikr bildira olmayman. CHunki jamoaga ikkinchi davrada kelib qo'shildim. Oddiy bo'lmagan, qiziqarli lahzalarni o'tkazdik. Muhimi oldimizga qo'yilgan vazifani bajarganimizdan xursandman. 

- Bu jamoaga o'tish tavakkal qabul qilingan qarormidi? CHunki qiyin vaziyatdagi jamoaga kelishga har kim ham botina olmaydi...

- Asosiysi jamoaning vazifasi mavjudligi. Men uchun bu muhim hisoblanadi. Qandaydir xavf haqida o'ylamaganman. "Neftchi"ning Superligada qolishiga ko'maklashmoqchi edim, xolos. 

- Mavsum yakunlangach farg'onaliklar bilan xayrlashdingiz. Kelishuv shunday edimi yoki sizning xohishingiz bilan bo'ldimi?

- SHartnoma tugadi. 


- Klub yangi shartnoma taklif qildimi?

- Yo'q. Men so'ramadim.

- Murabbiylar shtabi, muxlislar qanday taassurot qoldirdi?

- Ishqibozlarga qo'llab- quvvatlashgani uchun rahmat aytaman.  Ularni har doim ham ijobiy natija bilan xursand qilishning imkoni bo'lmadi.  SHunga qaramay doim biz bilan birga bo'lishdi. Murabbiylarning har biridan nimadir o'rgandim. 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика