So’nggi yangiliklar

08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  0 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  0 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  0 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  7 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  28 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  30 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  4 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  0 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1 00:30Расман: Дилшод Аҳмадалиев – "Бунёдкор" футболчиси!  0 00:20Росеньор "Челси" устози сифатида илк уй учрашувида "Арсенал"га қарши тўқнаш келиши ҳақида гапирди  4 00:07Бруну ва Магуайр жароҳатдан қутулиб, МЮ қайдномасига қайтишди  0 23:19Жуд Беллингем: "Биз Хаби Алонсо биланмиз. Эртага реванш олишга ҳаракат қиламиз"  0 23:11Хаби Алонсо: "Эртанги ўйин 2:5 каби бўлмаслигига 100% аминман. Эртага бошқача тарих ёзилади"  2

Evgeniy Kochnev: "Men o'z nomim bilan tanilishni istayman" Yangiliklar

Evgeniy Kochnev: "Men o'z nomim bilan tanilishni istayman"

Bugun Toshkentda "Paxtakor" - "Buxoro" (3:1) o'yini bo'lib o'tdi.
Ushbu o'yindan so'ng "Buxoro" klubining 6-raqamli futbolchisi Evgeniy Kochnev championat.asia saytiga fikrlarini bildirib o'tdi.

 - Evgeniy, bugungi o'yin borasida fikrlaringizni aytib o'tsangiz ?

"Paxtakor"ga qarshi munosib o'yin ko'rsatdik. Raqib jamoadagi tajriba natijaga tasir etdi. O'ylaymanki biz bu jamoadan qarshi birinchi bo'limda tengma-teng o'yin ko'rsatdik. Ikkinchi bo'limda yo'lga qo'yilgan ikki xatomiz oxirigacha qimmatga tushdi.

- Ko'pgina muxlislar sizni maydonda Evgeniy Kochnev sifatida emas,  Gennadiy Kochnevni o'g'li sifatida ko'radi.  Bunga munosabatingiz qanday ?

Buni men maydonga tushib isbotlashim shart. Har xil psixologik tasirlar meni o'zimni o'yinimni ko'rsatishga tasir etmoqda.  Bularga javob sifatida  faqat o'yin bilan ko'rsatishim mumkin. Men o'z nomim bilan tanilishni istayman. Maydonga tushgan 11 futbolchining barchasi bir jamoa bo'ladi.

- "Buxoro" bu yil OCHL uchun kurashishi mavsum avvalida aytildi. Buni qay darajada uddalay oladi ?

Klub murabbiylari va rahbariyati har bir o'yinga g'alabani talab qiladi. Men aniq bir maqsad shu deb ayta olmayman lekin murabbiyimizni istagi barcha uchrashuvda g'alaba qozonishdir. CHempionat qiyin o'tadi. SHunga munosib tayyorlandik deb o'ylayman.

- Mochinov bugun siz to'g'ringizda bir qancha ijobiy fikrlar bildirib o'tdi ?

Mochinov umuman nomlar va tanishlarga qaramaydi. Faqat shuni aytishim mumkin. So'nggi vaqtlarda hamma o'yindan so'ng barcha muxlislar fikri menga qaratilmoqda. Bu menga juda ham og'ir. Maydondagi o'yin va natijada  futbolchini ayblash juda oson lekin unda 11 kishi o'ynaydi. Men ko'proq ishlashim va albatta o'zimni niyatlarim uchun harakatni to'xtatmayman.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика