"Everton" Yanuzayni ijaraga olmoqchi
02 fev 2015 11:11
Yangiliklar


"Everton" Yanuzayni ijaraga olmoqchi
"Everton" "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Adnan Yanuzayni ijaraga olmoqchi.
MYU bosh murabbiyi Lui van Galning takidlashicha, belgiyalik futbolchi uning rejalariga kirmaydi, ammo klub PSJning taklifiga rad javobini berdi.
"Everton" ustozi Roberto Martines 19 yoshli futbolchini qishda o'z safiga qo'shib olmoqchi, ammo ular kelisha olishmasa, liverpulliklar yozda yana urinib ko'radi.
Yanuzay bu mavsumda Premer-ligada 12ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Fikrlar