"Everton" yangi stadion quradi
25 okt 2018 11:41
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/459631_original.jpg)
![](/upload/storage/459631_220.jpg)
"Everton" yangi stadion quradi
"Everton" "Gudison Park" o'rniga yangi stadionga ega bo'lishi mumkin.
Yangi arena 2023/24 mavsumda yoki keyinroq tayyor bo'lishi kutilmoqda. Liverpul klubi anchadan beri o'zining 40 ming muxlisi bilan sig'imi kattaroq bo'lgan stadionga ko'chishni reja qilib yurgan edi.
Malumotlarga ko'ra, klub bir yildan so'ng shahar hukumatiga arena qurish uchun murojaat qiladi. Reja bo'yicha, "irislar" stadion qurish uchun o'z shartlariga ega xususiy investorlarni topadi. Yangi arena o'z bag'riga 50-55 ming ishqibozni sig'dirishi kerak.
"Everton" o'tgan yili Liverpul shahri rahbarlari bilan yangi stadion uchun er borasida maslahatlashgan edi. Klub arenani Bremli Mur Dok tumanida qurmoqchi, loyiha esa taxminan 560 mln evroga baholangan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar