"Everton" Xamesni "Portu"dagi Luis Dias bilan almashmoqchi
28 avg 2021 11:38
Yangiliklar
"Everton" Xamesni "Portu"dagi Luis Dias bilan almashmoqchi
"Everton" "Portu" bilan vinger Luis Diasning transferi borasida muzokaralar olib bormoqda.
Mersisaydliklar 24 yoshli Kolumbiya terma jamoasi o'yinchisini 30 yoshli hamyurti, yarim himoyachi Xames Rodrigesga almashishni taklif qilmoqchi.
SHuningdek "Everton" ustozi Rafael Benties u bilan Xitoy klubi va "Nyukasl"dagi faoliyati orqali tanish bo'lgan "Dalyan Pro" forvardi Salomon Rondon bilan shartnoma imzolashga qarshi emas.
31 yoshli venesuelalikning transferi "Everton" kimnidir, xususan hujumchi Moyze Kinni sotishiga bog'liq.
Fikrlar