"Everton" va "Inter" PSVdan ketishni xohlayotgan Dyumfrisga qiziqmoqda
07 avg 2021 14:24
Yangiliklar
"Everton" va "Inter" PSVdan ketishni xohlayotgan Dyumfrisga qiziqmoqda
PSV himoyachisi Denzel Dyumfris klubdan ketishi mumkin.
Jurnalist Nikolo Skiraning malumotiga ko'ra, 25 yoshli niderlandiyalik futbolchi yozgi transfer oynasida jamoadan ketmoqchi.
O'yinchiga "Everton" va "Inter" qiziqish bildirmoqda. PSV himoyachini 20 mln evro evaziga sotmoqchi.
Dyumfris 2020/21 yilgi mavsum PSV tarkibida 41ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 9ta assist qayd etdi. Denzelning klubi bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar