"Everton" Tanzaniyaga jo'nab ketdi
12 iyu 2017 11:58
Yangiliklar
"Everton" Tanzaniyaga jo'nab ketdi
Klubning malumot berishicha, 23 yoshli futbolchi jarohat olgan. "Irislar"ning yangi futbolchilari Ueyn Runi, Maykl Kin va Devi Klassenlar safarga yo'l olgan tarkibdan joy olishgan.
Ross Barkli o'z shartnomasini oxirigacha o'tab ketmoqchi, ammo klub bilan kelishuvni uzaytirish niyatida emas. Jamoa bosh murabbiyi Ronald Kumanning fikricha, yarim himoyachi yangi bitim tuzmasa, uni sotish lozim.

Ueyn Runi Tanzaniyaga uchadigan tarkibga kiritildi

Ronald Kuman matbuot-anjumanida Barklining kelajagi haqidagi savolga javob bermadi
Klub Barkli o'rniga Runi va Klassenni xarid qildi. "Irislar" "Suonsi" yarim himoyachisi Gilfi Sigurdssonni ham qo'lga kiritish niyatida. "Everton" Ross Barklini kamida 50 mln. funtga pullamoqchi.
"Tottenxem" va "Arsenal" vaziyatni kuzatib bormoqda, ammo hozircha rasmiy taklif bilan "Everton"ga murojaat qilgani yo'q.

So'nggi mavsum oxirini o'tkazib yuborgan Aaron Lennon Tanzaniyaga uchib ketdi

Tanzaniyaga yo'l olganlar orasida himoyachi Eshli Uilyams ham bor


Jamoaning yangi futbolchisi Devi Klaassen va Morgan SHneyderlen
Ayni damda jamoa bosh murabbiyi Ronald Kumanning asosiy transfer maqsadi "Suonsi" yarim himoyachisi Gilfi Sigurdsson. "Everton" klubi "Manchester Yunayted"ga o'tgan Romelu Lukaku o'rniga Olive Jiru yoki Kristian Bentekeni olib kelish niyatida.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar