"Everton" o'z futbolchisini "CHelsi"ga 40 mln funt evaziga sotmadi
15 avg 2022 12:45
Yangiliklar
"Everton" o'z futbolchisini "CHelsi"ga 40 mln funt evaziga sotmadi
"Everton" "CHelsi"ning hujumchi Entoni Gordon borasida bergan taklifini rad etdi.
Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, mersisaydliklar 21 yoshli angliyalikni 40 million funt evaziga sotishni rad etdi.
"CHelsi" muzokaralarni davom ettirmoqchi va transfer narxini pasaytirish uchun "Everton"ga puldan tashqari bir yoki bir necha futbolchilarini Gordonga almashinuv sifatida bermoqchi.
Gordon — "Everton" tarbiyalanuvchisi. U o'tgan mavsum jamoa tarkibida barcha musobaqalarda 40ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 3ta assist qayd etdi.
Transfermarkt o'yinchini 18 million funtga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
22:21
Angliya kubogi. "Liverpul" 4ta, "CHelsi" esa 5ta, "Lester" esa 6ta gol urdi va boshqa natijalar 4
Fikrlar