"Everton" Evro-2020da 2ta gol urgan PSV himoyachisi Dyumfrisga qiziqmoqda
30 iyu 2021 16:53
Yangiliklar
"Everton" Evro-2020da 2ta gol urgan PSV himoyachisi Dyumfrisga qiziqmoqda
PSV himoyachisi Denzel Dyumfris faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.
25 yoshli o'yinchiga "Everton" qiziqish bildirmoqda. Niderlandiya terma jamoasi futbolchisi "ko'klar" sport direktori Marsel Brandsga yoqadi.
Hozirda Dyumfris nomzodi "Everton" ustozi Rafael Benites bilan muhokama qilinmoqda.
Eslatib o'tamiz, qanot himoyachisi Evro-2020 doirasidagi 4ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.
Fikrlar