"Everton" etakchisi Islandiya go'zaliga uylandi
19 iyu 2019 12:27
Yangiliklar
"Everton" etakchisi Islandiya go'zaliga uylandi
"Everton" yarim himoyachisi Gilfi Sigurdsson "Islandiya go'zali-2008" Aleksandra Ivarsdottirga uylandi.
To'y Italiyadagi Komo orolida bo'lib o'tdi.
29 yoshli Sigurdsson va 30 yoshli Ivarsdottir 2010 yilda tanishishgan. Islandiyada ularni Devid va Viktoriya Bekxemga qiyoslashadi.
Ivarsdottir "Islandiya go'zali-2008"dan tashqari Miss World Sports ni ham yutgan. U bu kurashda yugurish, kanoeda suzish va penalti ijro etish bo'yicha bo'lib o'tgan musobaqa g'olib chiqqan.
Fikrlar