Everton Ellardaysni bosh murabbiy sifatida tanishtirdi FOTO

Narzulla Saydullayev
1 dek 2017, 09:41
Everton Sem Ellardaysni bosh murabbiy sifatida ommaga tanishtirdi.

63 yoshli murabbiyning shartnomasi 2018/19 yilgi mavsum oxirigacha mo'ljallangan.

Piter Rid, Endi Grey va Pol Breysuell tufayli bu klub unikal ekanligini bilardim, – deydi Ellardays.

Everton yaqinda Ronald Kumanni iste'foga chiqardi. So'nggi o'yinlarda Devid Ansuort bosh murabbiy vazifasini bajaruvchisi edi.

Everton 15 ochko bilan APLda 13-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/Everton