"Everton "CHelsi" futbolchisini ijaraga oladi
09 sen 2020 11:27
Yangiliklar
"Everton "CHelsi" futbolchisini ijaraga oladi
"Everton" "CHelsi" himoyachisi Fikayo Tomori bilan shartnoma imzolashga yaqin.
"Ko'klar" futbolchini 1 mavsumga ijaraga olishadi. Dastlab mersisaydliklar "Lill"dan Gabrielni xarid qilmoqchi edi, ammo o'yinchi uchun kurashda "Arsenal"ga imkoniyat boy berildi.
Tomori esa o'tgan mavsumni yomon o'tkazmadi, ammo Tyago Silva klubga kelganidan so'ng unda o'yin amaliyoti bilan bog'liq muammo bo'ladi. SHu sabab "ko'klar" uni ijaraga berib yuborishga qaror qilishdi.
Tomori o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 22ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi. Uning London klubi bilan tuzgan shartnomasi yana 4 yilga amal qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar