"Everton" "CHelsi" futbolchisi uchun "Tottenxem" bilan bahslashadi
11 iyu 2020 22:51
Yangiliklar


"Everton" "CHelsi" futbolchisi uchun "Tottenxem" bilan bahslashadi
Daily Express nashri xabar berishicha, "CHelsi" himoyachisi Kurt Zuma London klubini tark etishga yaqin turibdi.
Unga "Tottenxem" va "Everton" klublari jiddiy tarzda qiziqish bildirishyapti. Himoyachi o'tgan mavsumni ijara asosida "Everton"da o'tkazgan va jamoa rahbariyatida yaxshi taassurot qoldirgandi. "SHporlar" bosh murabbiyi Joze Mourinyu esa Zuma bilan "CHelsi"da birga ishlagan, u franciyalik himoyachining imkoniyatlarini yaxshi biladi.
25 yoshli futbolchi joriy mavsum Frenk Lempard jamoasida muhim rol o'ynadi (APLda 22 o'yin), ammo "aristokratlar" rahbariyati yozgi xarajatlarning bir qismini qoplash uchun uni sotib yuborishi kutilmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar