"Everton" Beyns bilan hamkorlikni davom ettiradi
17 mar 2020 00:20
Yangiliklar
"Everton" Beyns bilan hamkorlikni davom ettiradi
"Everton" himoyachisi Leyton Beyns klub bilan amaldagi mehnat shartnomasini yangilaydi.
"The Athletic" nashri xabariga ko'ra, Mersisayd klubi 35 yoshli angliyalik futbolchi bilan kelishuvga erishgan. Tomonlar orasidagi bitim tez orada yana bir yilga uzaytiriladi.
Takidlanishicha, Beynsda MLS vakili "Los-Anjeles Gelaksi" klubiga o'tish varianti ham bor edi, ammo himoyachi jamoada qolishni afzal bilgan. U APLning joriy mavsumida 5ta o'yin o'tkazdi.
Fikrlar