“Everton” 2006 yildan buyon ilk marta ketma-ket uchta uchrashuvda gol ura olmadi
07 may 2017 03:20
Yangiliklar
“Everton” 2006 yildan buyon ilk marta ketma-ket uchta uchrashuvda gol ura olmadi
APL 36-turida “Suonsi” o'z maydonida “Everton”ni (1:0) taslim etdi.
SHu tariqa “Everton” 2006 yilning aprelidan buyon ilk marta APL doirasida ketma-ket uchta uchrashuvda gol ura olmadi. Bungacha “Everton” o'z maydonida “CHelsi” ga (0:3), so'ngra “Vest Xem (0:1)ga gol ura olmagan edi.
Bundan tashqari “Everton” 1956 yilning dekabr oyidan buyon ilk marta chempionat bahslarida Ueslda mag'lub bo'ldi. O'shanda ular “Kardiff”ga (0:1) yutqazib qo'yishgandi.
Liverpulliklar ayni paytda 58 ochko jamg'argan holda turnir jadvalining 7-pog'onasini egallab turishibdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar