So’nggi yangiliklar

10:28«Бавария» Алонсони қўлга кирита олмаганидан сўнг бошқа бир топ мураббий билан шартнома тузмоқчи  0 10:00ЦСКА устози РПЛнинг энг кучли футболчиси кимлигини айтди  2 09:3410 ойга четлатилган Тонали яна узоқ муддатга дисквалификация қилиниши мумкин  0 09:10«РБ Лейпциг» грандлар қизиқаётган футболчига нарх қўйди  1 08:47Златан рамзий термасини тузди ва ўзини қўшмади. Нега қўшмаганини эса Ибра супер тарзда тушунтириб берди  6 08:25Фабрицио Романо Хаби Алонсонинг келажагини очиқлади  4 07:49Про лига. Бугун учинчи тур якунланади  1 07:25Суперлига. Бугун Олмалиқ ва Қаршида ўйинлар бор  2 01:46"Фулхэм" стадион трибунасида очиқ бассейн қурмоқчи  1 01:29Абдуқодир Ҳусанов "Лилль" билан ўйинни ўтказиб юборади  3 00:52Италиялик жаҳон чемпиони Қозоғистонга ташриф буюрди  8 00:35Роналдунинг либосини кийган таниқли блогер Мессига алоқадор ресторандан ҳайдаб юборилди  15 00:18Вадим Абрамов: Самарқанд — иккинчи пойтахт. Шундай экан, бу ерда яхши жамоа бўлиши керак"  17 23:37БАА футбол федерацияси ёшини сохталаштирган 18 нафар мисрлик футболчини депортация қилди  2 23:10Веско Стешивич: "Биринчи бўлимда яна битта гол урганимизда, ғалаба бизники бўларди"  1

Etti yil avvalgi Garet Beyl qaytadi-mi? Yangiliklar

Etti yil avvalgi Garet Beyl qaytadi-mi?

Oradan etti yil o'tib, Garet Beyl super yulduz va liganing eng yaxshi o'yinchisiga aylangan jamoaga qaytdi.

Hozir 2013 yil yozidagi kabi Beyl olg'a intilishi uchun aniq bir sabab kerak. Biz 15 yil avvalga nazar soldik va Uels terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purar faoliyatidagi o'sish va pasayish sabablarini yodga olishga qaror qildik.


Futbolchi o'sishidagi muammolar, "Sautgempton", "Manchester Yunayted" etiboriga tushish

"Garet Uelsning Kardiff shahrida tug'ilgan. Men markazda ko'p marotaba bo'lgandim, Garet u erda kichik yoshdagilar guruhida dam olish kunlari to'p tepardi. Men 1998 yildan klubda ishlaganman, Beyl esa 1999-yil oxiri 2000 yil boshlarida bizga qo'shilgan edi", — yodga oladi "Sautgempton" akademiyasining 2001-2006 yillardagi direktori Xyu Jennigs. Yosh uelslik bolakayni Garet Xeyl kashf qilgandi. Yani o'sha vaqtlar u "Sautgempton"ning skauti edi, keyinchalik esa mahalliy organlar hokimiyatida ishlagan. Aynan o'sha skaut Ron Raddikaning (Bat shahridagi futbol markazini boshqargan "Sautgempton" vakili) Beylga etibor qaratishiga sababchi bo'lgan.

Garet  yoshligida bo'y o'stirish borasida muammolarga duch kelgan. Bu haqida 2000-2006 yillarda "Sautgempton"ning taminot direktori Malkom Elias aytib bergandi: "U o'z guruhida eng oxirgi bo'lib stipendiya olgandi, Teo Uolkott birinchi, Garet esa oxirgi bo'lgandi. Biz uning salohiyatiga shubha qilmaganmiz, aksincha sababi u ko'p jarohat olishida edi. Murabbiylar uning jarohatlarini ko'rib xavotirga tushishgan deb o'ylayman. CHunki suyaklari o'sishi tufayli unda doimiy og'riq bo'lardi".

O'sha paytlar Beyl hujumga yaqinroqda o'ynashni istardi, himoyada o'ynashni esa unchalik ham xush ko'rmasdi. "Garet bilan o'shanda suhbatlashganimiz yodimda. Ortda o'ynayotganidan juda xafa bo'lardi, chunki o'zini hujumkor o'yinchi deb hisoblar edi", — eslaydi Jennings.



2005 yilning dekabrida "Sautgempton" murabbiyi Jorj Berli Yoshlar Kubogi uchrashuviga keladi va so'raydi: "Bu chap qanot himoyachisi. U bilan uzoq muddatga shartnoma imzolagan bo'lsangiz kerak-a?! Aslida, u bilan shunchaki stipendiya kelishuvi bor edi. Garet 17 yoshga to'lganida o'zining professional shartnomasini imzolagan. 2005 yil "Sautgempton"da juda kuchli yoshlardan iborat jamoa bo'lgan: Teo Uolkott, Natan Dayer, Devid MakGoldrik, Adam Lallana, Garet Beyl. Biroq klubning katta muammolari bor edi. 2004/05 yilgi mavsumda Xarri Rednappi klubni APLda saqlab qololmadi, uning o'rniga esa bor etiborini akademiyaga qaratgan Jordj Berli keldi.

Beyl "Sautgempton"da 2006 yilning 17 aprel kuni "Milluoll"ga qarshi bahsda debyut qildi va "Sautgempton" tarixida Teo Uolkottdan keyingi ikkinchi eng yosh futbolchi bo'ldi. 2006/07 yilgi mavsumda Beyl "avliyolar"ning asosiy tarkibiga kira boshladi va Angliyaning etakchi klublari etiboriga tusha oldi.



Jorj Berli xotirlaydi: "U fullbek poziciyasida o'ynaydigan vinger edi. "Manchester Yunayted" unga qiziqib qoldi. Mehmonxonaga kelganim va ser Aleks hamda uning ijrochi direktori bilan suhbatlashganim esimda. Biz hozirgina Teo Uolkottni 12 mln funtga sotdik. Ular 3-4 mln taklif qilishgandi, biz esa bunga "hech qachon" deb javob bergandik.


"Tottenxem"ga o'tish, lanat, transfer mish-mishlari

2007 yil yozda Beyl "Sautgempton"ni tark etdi va Martin Yol nazoratidagi "Tottenxem"ga o'tdi. Avvaliga ko'p vadalar berildi: uelslik dastlabki 5 o'yinda uchta gol urdi, shuningdek, SHimoliy London derbisida jarima zarbasidan to'pni darvozaga joylab qo'ygandi. Ammo keyin jiddiy jarohat oldi va ikki marta operaciya bo'ldi, natijada 8 oyga safdan chiqdi. Vaqt o'tib uelslik sog'aydi, ammo "shporlar" hayotida g'alati seriya boshlandi: "Tottenxem" ketma-ket 24 (!) o'yinda mag'lub bo'ldi, ularning barida Beyl ishtirok etgandi. SHu sababli, o'yinchini qarg'ish tekkan deya atay boshladilar. Xarri Rednapp "Manchester Yunayted" bilan bo'lgan bir o'yindan keyin hattoki, ser Aleks Fergyuson ham shunday deganini tan olgandi: "Uni maydonga tushirmasliging kerak edi. Unga ko'z tekkan".



Keyinchalik Rednapp esladi: "Men uni ilk bor "Sautgempton"da ko'rgandim, o'shanda taxminan 14 yoshda edi. U Teo Uolkott bilan kelganlardan biri edi. Men "Tottenxem" - "Fulxem" bahsida uning o'yinini tomosha qilgandim, o'sha kezlari "Portsmut"ga murabbiylik qilardim va kelajakda u qanday futbolchi bo'lishi mumkinligini hayol qilib ko'rgandim. O'sha uchrashuvda u 3ta himoyachi sxemasida vingbek poziciyasida o'ynagandi. "Tottenxem"ga murabbiy bo'lganimda Beyl o'ziga bo'lgan ishonchni yo'qotib qo'ygandi. U oldinga intilishi uchun unga motivaciya kerak edi, chunki o'sha lanat (g'alabasiz seriya)ning oxiri yo'qdek edi go'yo".

Bu ham etmagandek, transfer haqidagi mish-mishlar tarqab ketdi: Xarri Rednapp "Midlsbro" yarim himoyachisi Styuart Dauningni "Tottenxem"da ko'rishni istayotgan ekan. "SHporlar" uning o'rniga Xossam Gali, Jilbertu Silva yoki Adel Taarabtni berishga tayyor edilar. Biroq "Boro"ning o'sha vaqtdagi murabbiyi Garet Sautgeytni bu o'yinchilar qiziqtirmagandi. Dauning 15 mlnga baholangan va ular ko'z ostiga olgan yagona futbolchi Garet Beyl edi. SHuningdek, Beylni Aleks Maklish qo'l ostidagi "Birmingem"ga o'tadi degan gap-so'zlar ham bo'lgandi. Ammo natijada u "Tottenxem"da qoldi, g'alabasiz seriya esa 2009 yil 26 sentyabr kuni "Bernli"ga qarshi bahsda nihoyasiga etdi. "Tottenxem" 4:0 hisobda g'alaba qozongan bahsning 85-daqiqasida Rednapp maydonga Beylni tushurdi. 2009/10 yilgi mavsum nafaqat Beyl uchun, balki "Tottenxem" uchun ham og'ir o'tdi.


"Maykon uchun "taksi", APLning eng yaxshi futbolchisi va "Real"ga o'tish

2009/10 mavsum davomida Rednapp Beyl uchun yangi poziciya kashf qildi. Bazi epizodlarda futbolchi bungacha ham chap qanot yarim himoyachisi rolida o'ynardi, ammo endi u erga to'liqligicha "ko'chib o'tdi". SHunday bo'lsada, Xarri Rednapp uni himoyachi sifatida ham qadrlardi. 2016  yil iyun oyida Uels termasi "Evro"da katta shov-shuvga sababchi bo'layotgan bir pallada murabbiy shunday degandi: "U o'z poziciyasida qolganida dunyoning eng yaxshi chap qanot himoyachisi bo'lardi. Uning "Benfika"ga qarshi o'yini yodimda, men bunaqasini umrimda ko'rmagandim. U o'z jarima maydonchasidan raqibnikigacha yuguraverardi, tinmasdi, o'yin davomida 15 martalar shu ishni amalga oshirdi – tarifga til ojiz. Uning oldinroqqa o'tkazilishi – tabiiy progress. Men Modrichni yarim himoya markaziga qo'yganimda, ungacha Luka umuman bu nuqtada o'ynamasdi, odamlar Modrichning bu rolga kuchi etmasligini aytishdi. Biroq u "ochilib" ketdi va biz Garetni ham yuqoriroqqa "surishga" qaror qildik. Bir-ikki mavsum u ajoyib sport formasida bo'ldi va o'shanda uni hech kim to'xtatolmasdi. Menedjer sifatida ishim oson edi, o'yindan avval qiyin vaziyatda qolsangiz: "To'pni Garetga oshiring", derdim bo'ldi.



Beyl uchun bir umrga unutilmas lahzalar CHempionlar Ligasi 2010/11 mavsumi bo'ldi. "Tottenxem" kuchli yarim himoya chizig'ini shakillantirgan: deyarli dedlaynda "shporlar" Madriddan Rafael van der Vartni qo'lga kiritishdi, barchani markazda Luka Modrich bog'lab turardi, qanotlarda esa o'ta tezkor Beyl va Lennon.

"Inter" bilan "San-Siro"DAGI O'YIN "Tottenxem" uchun daxshatli bo'ldi. Uchrashuv avvalidayoq "shporlar" Eurelio Gomesning chetlatilishi oqibatida bir kishi kam bo'lib qoldi, tanaffusga esa 0-4 hisobida chiqib ketishdi. Hech qanday imkoniyat yo'qdek. Aynan shu kuni, tanaffusdan so'ng Garet Beyl nomli shou boshlandi. Uelslik "Inter"ga qarshi bir o'zi kurasha boshladi va uchta gol urdi, dastlabki ikkitasida u yo markazdan, yoki undanda orqaroqdan start olib, raqiblarini sezmay o'tardi.



"Uayt Xart Leyn"dagi javob o'yini Milandagi tomoshaning davomi bo'ldi. "Tottenxem" muxlislari: "Maykon uchun "taksi", deya olqishlashardi – Garet to'pni shunchaki oldinroqqa tepib, braziliyalikni yugurib o'tib ketaverardi. Londonda Beyl gol urmadi, lekin o'yinni amalda aynan u hal qildi, Krauch va Pavlyuchenko gol urganlarida to'pni ularning oyog'iga etkazib berdi. Rednapp mamnun edi, va o'yindan keyin uning oldiga Luish Figu kelib: "Beyl – ajoyib, ajoyib". Kimsan Figu shunday deyaptimi, demak rostan chakki emas, sababi Luishning o'zi zo'r futbolchi bo'lgan.  Figu: "Beyl bizni ikki marta "o'ldirdi", dedi. U transfer borasida gap ochmadi, shunchaki Beyl fantastik o'yin ko'rsatganini takidladi". "Tottenxem" esa ECHL guruh bosqichida kamida ikkitadan gol urgan birinchi jamoa bo'ldi va chorak finalga etib bordi, keyin Madridning "Real" klubiga mag'lub bo'ldi.

Beyl chap qanotni "yondirishda" davom etar va uning jamoa o'yinidagi ahamiyati ortib borardi. 2011 yil dekabr oyida "Norvich"ga qarshi bellashuvda Rednapp Beylga yangi vazifa yukladi. Jamoa to'pni egallab olishi bilan Garet markazga o'tib "o'nlik" nuqtasida paydo bo'lardi. Bunday transformaciya jamoaga Andre Villash-Boash kelgach, 2012/13 yilgi mavsumda amalga oshdi. U paytga kelib, Modrich va Van der Vart jamoani tark etgan va Garet Beyl asosiy "motorga" aylangandi. Aynan o'sha yili Beylning eng yaxshi mavsumi sifatida etirof etiladi.


Uning tezligi hech qaerga yo'qolgani yo'q, ammo endi zarur bo'lsa, uning yangi "qurollari" paydo bo'ldi. Garet markazda, o'ng qanotga yaqinroq zonadan markazga o'tar va aldamchi harakatlar bilan to'pni o'ziga to'g'rilab, chap oyoqda kuchli zarba yo'llardi. Uning bu harakatlarini barcha ko'rib, bilib bo'lgan bo'lsada, unga qarshi hech nima qila olmay qolishardi. O'sha mavsum Beyl APLdagi birinchi xet-trikini rasmiylashtirdi, shuningdek u "Manchester Yunayted", "Manchester Siti", "Liverpul" va "Arsenal" darvozasini ishg'ol qilishga muvaffaq bo'ldi.

2012/13 yilgi mavsumda Beyl "Tottenxem" tarixida APL doirasida 21 gol urgan uchinchi o'yinchi bo'ldi. Avvalroq bunday natija faqat SHeringem va Klinsmannga nasib qilgandi. Etibor bergan bo'lsangiz faqat hujumchilar bu borada maqtana oladi va bu Beylning yutug'ining qiymatini yanada oshiradi. Keyinroq bu natijani Xarri Keyn yangilay oladi. 21 golning – to'qqiztasini Beyl jarima zarbalaridan urdi. Hech kim ungacha ham, undan keyin ham bunday ko'rsatkichga eta olmadi, na APLda, na TOP-5 echempionatlarda. Jarimadan 8 gol Jimmi Floyd Xasselbaynk 1998/99 yilgi mavsumda va Mett Le Tise 1994/95 yilgi mavsumda ura olishgandi.

Beyl mavsumning eng yaxshi futbolchisi sovriniga loyiq ko'rildi, "Tottenxem" esa APL tarixida ilk bor 72 ochka to'pladi va beshinchi o'rinni egalladi. Yoda Garetning rasmi "Tayms-skver"da chop etildi, Beylning o'zi esa rekord 100 mln evaziga "Real"ga yo'l oldi. O'zning asosiy futbolchisisiz qolgan Villash-Boash yarim mavsumdan so'ng joyini bo'shatib qo'yishga majbur bo'ldi.




Madridda yutish mumkin bo'lgan barcha sovrinlarga ega chiqqan Beyl o'z ustida ishlash uchun motivaciya topa olmay qoldi va qaysidir pallada hatto Xitoyga ketishga ham rozi edi. "Tottenxem" uelslikni katta o'yinga qaytarishga harakat qilib ko'radi, Beylning o'zi esa "Tottenxem"ga g'oliblik mentalitetini singdirish niyatidaligini aytib o'tdi. Agar bular amalga oshsa, hech kim yutqizmaydi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика