So’nggi yangiliklar

17:24Суперлига. "Динамо" - "Локомотив": Асосий таркиблар маълум  0 16:57"Ҳозирги ҳолатимни сўз билан таърифлаш қийин"   0 16:16Асаби бўшлар кўрмасин! "Барселона" жароҳат олган Пау Кубарси суратини чоп этди   4 16:16Суперлига. ОКМК - "Олимпик" 1:1 (матнли трансляция)  6 15:47Ханс-Дитер Флик: "Бугун амалга оширган ишимиздан мамнунман"  0 15:15ОФК Чемпионлар лигаси-2. 4-турдан сўнг ғарбий минтақадаги ҳолат  6 14:42ОФК Чемпионлар Лигаси-2. "Чонбук Моторс" - "Селангор": Умар Эшмуродов асосий таркибда  0 14:31"Бетис" "Барселона" ҳимоячисига қизиқмоқда  1 14:19"Локомотив" сўнгги бор Самарқандда "Динамо"ни қачон ютган?  2 13:56"Барселона" XX асрда қайд этган ажойиб бир натижасини яхшилади   2 13:27Артета: "Футболчиларим билан фахрланаман"  1 12:25"Олимпик" бугун тарихий натижа қайд этиши мумкин   3 12:18U-20 Осиё кубогига қуръа ташланди. Ўзбекистон Эрон билан ўйнайди  16 12:04U-20 Осиё кубоги. Ўзбекистонга аввалги мусобақаларда гуруҳда қайси терма жамоалар рақиб бўлган?  3 11:51Луис Энрике: "Натижа адолатли бўлмади. Биз "Атлетико"дан кучлироқ эдик"  4

Etim qolgan 95lar! Yangiliklar

Etim qolgan 95lar!

Kecha kechga yaqin yangragan xabar to'g'risi meni hayron qoldirdi. Sergey Lushan “Bunyodkor” bosh murabbiyi etib tayinlanibdi.
Klub rahbariyati nima sababdan bunday qarorga kelganidan malumotga ega emasmiz. To'g'ri, Aleksandr Volkov vaqtincha bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelayotgan, natijalar ham chakki emasdi. Biroq kecha jamoani Sergey Lushan qabul qilib oldi.

Klub rasmiy sayti bu haqda xabar ham chop etdi. Lushanning bosh murabbiy etib tayinlanishiga hech qanday qarshiligimiz yo'q. CHunki Sergey Ivanovichni Rossiya futbolidan qaytarib olib kelgan aynan “Bunyodkor” bo'ladi. Aynan “Bunyodkor” unga o'zbek futboli eshiklarini boshqatdan ochdi. Lushan kelgach, shu erda futbolchilik faoliyatini tugatdi va murabbiylikni boshladi.

Klub ozmi-ko'pmi uni o'qitdi, avvaliga alohida guruh bilan ishlagan Lushan keyinchalik “Bunyodkor” futbol maktabi direktori darajasiga ko'tarildi. Bu yildan esa 1995 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat O'zbekiston yoshlar terma jamoasini qabul qilib oldi. 4-5 oycha ishladi ham, ammo kecha “Bunyodkor” bosh murabbiyi bo'ldi.

Ana endi savol tug'iladi: Sergey Lushan bundan buyon “Bunyodkor”ni boshqaradi, lekin unda yoshlar terma jamoamizning taqdiri qanday kechadi? Umuman olganda, Lushan “Bunyodkor” bosh murabbiyi bo'lganidan Mirabror Usmonovning xabari bormi? Agar u kishi xabardor bo'lsa, buni qanday qabul qildilar?

Bizga malum bo'lishicha, bugun O'FF prezidenti murabbiylar kengashini yig'adi va shunda hammasi hal qilinar ekan. Nima bo'lgan taqdirda ham, klub qaror qabul qilib bo'ldi va bundan keyin “Bunyodkor” natijalari uchun Lushan javob beradi. Terma jamoaning Osiyo chempionatidagi ishtiroki uchun kim javob berishi esa bugun malum bo'ladi.

Xabaringiz bor, bu jamoa bilan avvaliga Aleksey Evstafeev ishlab kelayotgandi, biroq tushunarsiz sabablarga ko'ra Evstafeev jamoa bilan xayrlashdi va O'FF o'rniga Sergey Lushanni qo'ydi. Endi yigitlar yangi murabbiyga o'rganamiz degan bir paytda Lushan “Bunyodkor” bosh murabbiyi bo'ldi. Natijada 1995 yilda tug'ilgan futbolchilardan tashkil topgan termamiz otasiz qolgan jamoaga o'xshab qoldi. Aytaylik, Lushan 95 larni boshqarishda davom etgani bilan bor etiborini to'liq shu jamoaga qarata olmaydi. CHunki u endilikda “Bunyodkor” uchun masul. SHunday ekan, katta ehtimol bilan U-19 terma jamoasiga yangi murabbiy tayinlansa kerak.

Bu jamoamiz 9-23 oktyabr kunlari Myanmada o'tkaziladigan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etadi. O'zbekiston o'z guruhida Avstraliya, BAA va Indoneziya bilan bahs olib boradi. “Etim qolgan bolalar”ni u yoqqa kim olib boradi, qanday maqsad uchun kurashiladi, bu kabi savollar hamon ochiqligicha qolmoqda.

Xayrulla Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика