So’nggi yangiliklar

21:54"Вест Хэм" 27 млн. еврога 31 ёшли ҳужумчи сотиб олди  0 21:23Марокаш - Испания ўйинида Илгиз Танташев алмаштирилди. Нега?  2 21:06Париж-2024. Марокаш - Испания  4 20:45ПСЖ 60+10 млн. еврога 19 ёшли футболчини сотиб олди  1 20:16"Барселона" Негрейрага пора бергани исобтини топмади, аммо...  2 19:59Ҳоланд: "Тез орада барчамиз энг яхши спорт формамизда бўламиз"  1 19:39ПСЖ "Айнтрахт" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:18"Барселона" собиқ ҳимоячиси фаолиятини А Серияда давом эттириши мумкин  1 18:57"Байер" "Ливерпуль" собиқ ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  1 18:34Ўзбекистон Кубоги. Чорак финал учрашувларида ишлайдиган расмийлар  3 18:16Тимур Кападзе "Олимпик" бош мураббийлигидан кетди  8 17:54"Футбол олами". Суперлигада иккинчи давра старт олди  1 17:22"Олимпиадада атмосфера ўзгача. Ҳар хил спортчиларни кўрасиз, улардан кўп нарсани ўрганса бўлади" — Абдурауф Бўриев  0 16:57Скамакка "Реал"га қарши Суперкубок учрашувини ўтказиб юборади  2 16:30"Реал" бош мураббийи Кепани қайтармоқчи  2

Etibor bo'lmasa, qolgani bekor... Yangiliklar

Etibor bo'lmasa, qolgani bekor...

Mana hademay Oliy liga-2015 o'yinlariga ham start beriladi. Klublarimiz yangi mavsumga jiddiy hozirlik ko'rishmoqda.

Xalqaro maydonda o'ynaydigan to'rttala klubimiz o'quv-yig'in mashg'ulotlarini chet elda davom ettirishmoqda. Jamoalarimiz yangi mavsum oldidan o'z oldilariga yaxshi va jiddiy maqsadlarni qo'yib olishmoqda. Har holda ular o'z intervyularida shunga ishontirishga harakat qilishadi. Bu yildan etiboran Oliy ligamizda ishtirokchilar soni yana ikkitaga ko'paydi. So'nggi paytlarda o'rganib qolganimiz 14ta jamoa safiga endilikda yana ikkita klub qo'shildi. Bu bir tarafdan to'g'ri qaror (o'yinlar soni oshadi) bo'ldi. Ikkinchi tarafdan esa "oldi-qochdi" o'yinlar soni ko'payib, yo'qolib borayotgan sifat yanada yo'q bo'p qolishi kishini biroz o'ylantirishi tabiiy. Bu haqda ko'p gapirib o'tirmaymiz.

PFL shunday qaror kelib bo'ldimi, demak masala hal. Bizni boshqa narsa qiziqtiradi. Bu yildan boshlab chempionatimizda nima yangiliklar bo'ladi. Futbolimiz tomiri hisoblanadigan Oliy ligamiz yuqoriga intila oladimi? So'nggi yillarda futbolimiz rivojlanmoqda, kuchaymoqdamiz, chempionatimiz saviyasi o'sib bormoqda degan intervyularni ko'p olyapmiz. Odatda futbol mutaxassislari shu so'zlarni aytishni juda yaxshi ko'rishadi. Lekin gapirgan bilan ish bitmaydi. To'g'risini aytish kerak, futbolimiz zabt etilgan tepalikdan pastga qulashni boshlab yuborgan. Lekin negadir shunga etibor qaratishimiz qiyin bo'lmoqda. matbuotda bu borada anchagina chiqishlar bo'layotganiga qaramay, PFL rahbariyati va mutaxassislarimiz bunga ochiq ko'z bilan qarashga biroz qiynalishmoqda. Mamlakatimizda so'nggi yillarda zamonaviy stadionlar, futbol maktablari barpo etildi. SHaroitlar yildan-yilga yaxshilanib bormoqda. SHaroit va imkoniyatlar ko'paymoqda. Lekin bundan qay darajada foydalana olyapmiz? SHu haqida nega ochiq gapirilmayapti?

SHuncha qilinayotgan harakatlar besamar ketib qolmoqda. Masalan so'nggi yillarda qaysi futbolchimiz milliy chempionatdan kuchliroq bo'lgan ligaga ketdi? Ozarboyjonmi, Quvaytmi, Qozog'istonmi, Malayziyami? Kechirasiz, ammo bu chempionatlarni nazarda tutmovdim. Bu chempionatlar darajasi va saviyasi aslida biznikidan kuchli bo'lmagan va kuchli emas. Ha, balki o'sha chempionatlarda etibor ortib, oldinga siljish bo'layotgani bor gap va bunga guvohi ham bo'lmoqdamiz. Demak u erda hammasi to'g'ri yo'nalishda ketmoqda. O'sha ligalar oldinga intilmoqda va o'zbekistonlik futbolchilarni ham jalb eta oladigan salohiyatga ega bo'lgan. Bu ularning yutug'i. Bu degani biz oldinga yurishdan to'xtab qolganmiz va bizdan orqadagilar indamasa quvib etaman deb qolishgan. Masalan tashkiliy ishlarda ular bizning PFLdan aniq o'tib ketishgan deb bemalol ayta olaman. 


O'tgan yilgi "quloqsiz" kuboklarimiz... Gapga quloq solish kerak!

Bizda esa hali xamon kichik detallarga etibor berish "moda"dan qolgan. Guyoki bizda bunaqangi kichik va tashqarida etiborga ko'p ham ilinmaydigan narsalar muhim emasdek. Aslida hammasi shunga bog'liq va shu narsa ham bizni orqada ushlab turayotgandek. Maqola sarlavhasida yozganimdek, etibor bo'lmasa, qolgani bekor. 

Bu gap nafaqat PFL rahbariyatiga tegishli, balki klublarimiz rahbarlariga ham, umuman futbolimiz jamoatchiligidagi barchaga tegishli. 

Masalan, PFL o'tgan yili O'zbekiston Superkubogi qayta tikladi va o'tgan mavsumdan boshlab superkubok yana o'tkaziladigan bo'ldi. Endi o'sha o'yinni bir yodga olsak.

Jar stadionida bo'lib o'tgan superkubokda Mirjalol Qosimov boshchiligidagi "Bunyodkor" jamoasi "Lokomotiv"ni mag'lub etib, O'zbekiston Superkubogini qo'lga kiritgan edi. Eng kulminacion nuqta esa, o'yin tugaganidan so'ng bo'lib o'tgandi. Vohid SHodievning zargarona goliyu, Qosimov & Abramov to'qnashuvi tezda unutilib, "qaldirg'ochlar"ni taqdirlash marosimi hammani "etibor"iga sazovor bo'lgandi. Umuman Superkubok o'yini bu ham bir katta futbol bahsi. Final kabi muhim, futbol muxlislari va jamoatchiligi uchun juda qiziqarli bo'lgan bellashuv. Ikkita jamoadan biri sovrindor bo'ladigan tarixiy kun, voqea, o'yin hisoblanadi! Bu kabi kichkina musobaqalarni shunchaki o'tkazib bo'lmaydi. Unga ham etibor va harakat zarur. Nomiga o'tdi-ketdi qilib yursak, chempionatimiz ham nomiga o'tadigan bo'lib qolishi katta ehtimol.


O'tgan yilgi "shedevr"larni bu yil bizga keragi yo'q...

Umuman futbol bu muxlislarniki! Final esa muxlislar uchun katta bayram! Aslida har bir o'yin muxlislarga bayramdek. Lekin final bu umuman boshqa dunyo va boshqacha bayram. Yangi yil bayramini qanchalik intizor bo'lib, boshqacha kutadiganimizdek, final ham xuddi shunday o'yin. Bunday darajalagi o'yinlarga shunga mos ravishda tayyorgarlik va eng muhimi E'TIBOR zarur! Tanqid qilish oson. Har narsadan kamchilik topish mumkin, to'g'ri. Lekin to'g'risini tan olish kerak, PFLda biz aytayotgan kamchiliklar afsuski oz emas va bu narsa o'zgarishsiz qolib ketmoqda. Alam qiladigani ham shu.

Aytadiku, yangi yilni qanday kutib olsang, yilni shu zayilda davom ettirasan deb. Bu o'tgan mavsumda futbolimizda to'liqligicha o'z isbotini topdi. Yani o'tgan yilgi futbol mavsumini shu darajada past saviyada kutib oldikki, oliy liga va kubok bahslarimiz ham undan yuqori bo'lmagan tarzda o'tdi. Va eng qizig'i, Olmaliqdagi O'zbekiston Kubogining final bellashuvida yana o'sha eski (superkubogdagi) scenariy kuzatildi. Tasodif? Balki. Bir narsa deyish qiyin. Stadion, "Bunyodkor" bosh murabbiyi va musobaqa o'zgarganini hisobga olmasak, yana o'sha final, yana o'sha jamoalar va hal qiluvchi bahs. O'zgarishlar bo'lmadi desak yolg'onchiga aylanib qolamiz. Bu safar mavsumning ilk o'yini emas va balki so'nggi uchrashuvi edi. Bu safar shahar, g'olib jamoa, o'yindagi hisob ham o'zgardi. Biroq finalning eng muhim pallasi, taqdirlash marosimi va chempionlikni nishonlash maktab musobaqalarinidan ham nochor axvolda o'tkazildi.

Mavsumni qanday "chiroyli" boshlagan bo'lsak, shunday "ajoyib" tarzda yakunlagandik. "Nimani eksang, shuni o'rasan" degandek bo'ldi. Bunday final va mavsumning eng muhim o'yinlari shu tarzda o'tganidek so'ng, muxlislarimiz nega stadionlarda ko'rinmay qoldi deb aytish noo'rin. Muxlislarni o'ziga jalb eta oladigan o'yinlar, finallar zarur. Futbolga qiziqmagan inson ham bugun final bo'ladi desa ko'pchilik qatori diqqatini o'sha 90 daqiqa va balki undan ham ko'p bo'lib o'tadigan bellashuvga qaratadi. Lekin bizlardagi bu kabi finallar va bunday tashkilotchilikdan so'ng futbolimizning jonkuyar muxlislari ham  qo'lni siltab yuboradida. 


Taqdirlash marosimidan bundanda chiroyliroq kadr olishni ilojisi yo'q...

Umid qilamizki, bu yildan etiboran PFL o'z E'TIBORini shunga o'xshash jihatlarga qaratadi. Qaratishi kerak ham. Bu ularning ishi va har bir rahbar odam o'z ishidan rohatlanib, yangi marralar sari intilishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yishi kerak. SHundagina bir nimaga erishadi. Bu narsalarni yozishdan maqsad, chempionatimiz boshlanishidan oldin har bir futbol rahbarlari shunga o'xshash (ularga "qiziq" bo'lmagan) narsalarga etibor berishlarini istab qolardik. Bu ularning asosiy ish va vazifalariga kiradi aslini olganda. Kichik detallar katta-katta yutuqlarni yo'liga to'siq bo'lmasin deymiz. 

Klublarimiz ham yangi mavsumda avvalo o'z suyukli muxlislariga chiroyli futbol namoyish etib, o'z oldilariga qo'yaetgan aniq va jiddiy maqsadlari sari olg'a intilishlarini va bu yo'lda "chalg'ib" qolmasliklarini xohlardik. CHempionatimiz saviyasi nafaqat PFL, yoki boshqa narsalarga bog'liq. Balki klublarimiz, xususan jamoalarimiz rahbarlariga ham bog'liq. Ularning etiborlari jamoaga o'zgacha ishonch va katta masuliyat yuklaydi. Klubni kresloda o'tirib, shunchaki boshqarish emas. Balki xalq va matbuot bilan yaxshi ishlab, jamoa bilan birga bo'lib, haqiqiy futbolga mehrini bera oladigan inson bo'lish kerak. Avvalo futbolni sevishi va tushunishi kerak. Klubda menejer bo'lish bu ular uchun eng asosiy maqsad emas. Balki o'sha klubni yangi yutuqlarga etaklay olish, bunga harakat qilish va intilish ular uchun eng katta vazifa bo'lishi darkor. SHundagina bizda ham haqiqiy professional klublar voyaga etishi mumkin. Aksincha qoladigan bo'lsa, yuraveramiz...

Hamma narsaga etibor kerak. Etibor bo'lmasa, qolgani bekor. 


SHahboz BEG'AMOV.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика