So’nggi yangiliklar

00:03Ровшан Мередов: "Анча ишончли ўйин ўтказдик"  0 23:25Расман: ОЧЛ 2 арафасида "Андижон"ни легионер футболчилардан бири тарк этди  5 23:17Тимур Кападзе: "Мухлислар нега кам? Ушбу саволга биз ҳам жавоб қидиряпмиз. Легионерлар кейинги учрашувга тайёр бўлади"  20 23:03Равшан Ҳайдаров U-23 Осиё кубоги саралаши ҳақида: "Жамоамиз турнирга белгиланган режа асосида пухта тайёргарлик кўрди"  1 22:08Игорь Сергеев миллий жамоа тарихидаги тўпурарлар орасида олтинчи ўринга кўтарилиб олди  6 21:40CAFA Nations Cup. Туркманистон – Ўзбекистон 1:2  16 21:30CAFA Nations Cup. Бир киши кам бўлиб қолган Ўзбекистон Туркманистонни кичик ҳисобда мағлуб этди  266 20:55Қирғизистон бош мураббийи: "Ғалабамизни ўғирлашди"  5 20:33Топ лигалардан клуб топа олмаган Лукман Туркияга йўл олиши мумкин  0 19:50Расман: "Барселона" ҳимоячиси "Эльче"га ўтди  0 19:19"Байер" "Ал Қодисия" ярим ҳимоячисини 25 млн еврога сотиб олди  0 18:48CAFA Nations Cup. Кейруш бошчилигидаги Ўмон охирги дақиқаларда гол уриб, Қирғизистонни ютиб кетди  39 18:33Ўзбекистон - Туркманистон. Асосий таркибимиз маълум  28 18:33"Қайрат" – "Реал" учрашувига 4-5 минг сайёҳ келиши кутилмоқда  3 18:05"Қайрат"нинг Чемпионлар Лигасидаги ўйинлари Остонада ўтказилиши режалаштирилмаган  1

Etakchilar safda: A Seriya 34-tur yakunlari Yangiliklar

Etakchilar safda: A Seriya 34-tur yakunlari

Italiya chepmionatining navbatdagi tur uchrashuvlari ham nihoyasiga etdi.

"Inter" "Roma"ni mag'lub etdi

"Inter" o'yinni faol bilan boshladi, CHalxanoglu uzoqdan xavfli zarba berdi, Lautaro esa to'pga biroz ulgurmay qoldi. "Roma" bunga jarimadan berilgan zarba bilan javob qaytardi. Janluka Manchini to'pga boshi bilan xavfli zarba berdi, biroq to'p darvoza tepasidan o'tib ketdi. Ammo baribir "Inter" keskinroq hujum qildi. Taym o'rtalarida CHalxanoglu Dyumfrisni ko'rib, unga pas berdi, Denzel esa forvard poziciyasidan raqib darvozasini ishg'ol qildi. "Inter" tap tortmay hujum qilishda davom etdi. Oradan 10 daqiqa o'tib, Ivan Perishich qanotda turgan Brozovichga to'pni uzatdi, u esa markazga to'pni oshirish o'rniga o'zi gol urib qo'yaqoldi.

"Roma" 2-taymda energiyaga to'lgan holda maydonga tushdi. Ammo 5 daqiqadan so'ng yana bir golni qabul qilib oldi. Xakan CHalxanoglu burchakdan ajoyib zarba berdi, Lautaro hammadan yuqori sakrab, boshi bilan gol urishga erishdi. "Roma" o'zini yo'qotib qo'ydi va hujumga o'tdi. Avvaliga Pellegrini uzoqdan zarba berdi, keyin esa "bo'rilar" Xandanovich darvozasiga bir necha bor zarba yo'llashdi. Eldor SHomurodov 85-daqiqada Mxitaryanga pas berdi, u esa gol urishga muvaffaq bo'ldi. Natijada "Inter" g'alabasini qo'lga kiritdi.


"Milan" so'nggi pallada g'alabani ilib ketdi

"Roma" mag'lub bo'lganini bilgan "Lacio" g'ayrat bilan oldinga intildi. Sergey Milinkovich-Savich 4-daqiqada CHiroga pas pas berdi, Immobile esa A Seriyadagi 25-golini hisobiga yozdirib qo'ydi. "Milan" darhol hisobni tenglashtirishga kirishdi. Avvaliga Jiru boshi bilan tepgan to'pi darvoza tepasidan o'tib ketdi, keyin esa Leao Kalyulyuning ajoyib uzatmasini darvoza ustuniga qarab tepdi.

2-taym boshida Leao qanot bo'ylab yugurdi va markazda turgan Jiruga to'pni oshirdi. U esa imkoniyatdan unumli foydalanib, hisobni tenglashtirdi. Messias oldinga o'tdi va uzoq burchakka zarba berdi, ammo mo'ljalda biroz adashdi. "Milan" tajovuzkor o'yin ko'rsatdi, "Lacio" esa bunga javob qaytarishga biroz qiynaldi. Zaxiradan maydonga tushgan o'yinchilar ham bahsni ancha jonlantirib yuborishdi. Rebich va Salemarkis xavfli vaziyatlar yaratishdi. Maydonga tushgan Zlatan bir necha daqiqa ichida yaxshigina imkoniyatga ega bo'ldi, lekin himoyachi oxirgi pallada to'p yo'liga o'zini otdi. Ammo baribir "Milan"ning kuchi ustunroq keldi. Zlatan Ibragimovich jarima markaziga to'pni oshirdi, Sandro Tonalli esa bir harakat bilan to'pni qabul qildi, ikkinchi harakat bilan g'alaba golini urdi. "Milan" etakchi bo'lib qolmoqda, "Lacio" esa "Roma"dan o'zib ketish imkoniyatini unumli foydalana olmadi.


"Yuventus" kichik hisobda "Sassuolo"ni engdi

"Keksa sinora" Italiya Kubogidan so'ng bu bahsga yaxshi kayfiyatda, ammo u qadar yaxshi bo'lmagan sport formasida etib keldi. Natijada, o'yin startida "neroverdi" faolroq ko'rindi. Avvaliga Raspadori to'pni darvoza to'qqizligiga aylantirib joylab qo'yishiga bir bahya qoldi. Keyin Berrardi uzoq masofadan SHensnini tekshirib ko'rdi. Ko'p o'tmay, Skamakkada zo'r vaziyat bo'ldi. Hujumchi darvozabonning harakatiga qarama-qarshi yo'nalishda to'pni yo'llasa-da, "Yuventus" golkiperi bu safar ham jamoasini qutqarib qoldi. Mehmonlar ham imkon topilganda hujum qilardi. Dibala va Moratada imkoniyat bo'ldi. Hisobni esa baribir "Sassuolo" ochdi. Raspadori Berrardi bilan devor uslubida o'ynab, o'tkir burchakdan zarba berdi. Ammo "neroverdi"ning xursandchiligi uzoq cho'zilmadi. Himoyachi to'pni yo'qotdi, chaqqon Zakariya uni cho'zib o'tirmay Dibalaga yo'lladi, argentinalik esa o'zining "firmenniy" zarbasi bilan uzoq burchakni nishonga oldi va muvozanatni tikladi.

Ikkinchi bo'lim boshidayoq Morata burchakdan uzatilgan to'pni darvozaga yo'lladi, lekin Konsilya ajoyib harakati bilan uni qaytarishni uddaladi. Biroz o'tib yana Alvaro zarbaga imkon topdi, biroq bu safar ham niyatiga etolmadi. "Sassuolo" ham nomdor raqibdan cho'chimay oldinga borardi. Kiryapolus uzoq masofadan zarba berganida to'p darvoza ustuniga tegib, maydonni tark etdi. Moyze Kinning maydonga tushishi o'yinni ancha jonlantirib yubordi. Ikkinchi urinishda u Aleks Sandroning uzatmasidan keyin raqiblarini chalg'itib, qulay nuqtaga chiqib bordi va to'pni kiperning oyoqlari orasidan darvozaga yo'lladi. "Yuventus" muhim g'alabani qo'lga kiritdi va "Napoli"ga yaqinlashib oldi.


"Empoli" "Napoli"

Mezbonlar o'yinni shu qadar yaxshi boshlashdiki, 3-daqiqadayoq hisobni ochishlari mumkin edi. Burchak zarbasidan keyin Pinamonti mo'ljalda biroz adashdi. "Napoli" sekin-asta o'yinni tenglashtira oldi. Insinening uzatmasidan keyin Fabian Ruis ayyorona zarbasi gol bo'lishiga sal qoldi. "Napoli" bosimni orttirib bordi va oxiri niyatiga etdi. Lozanoning qanotdan uzatgan to'pini Osimxen atayin o'tkazib yubordi va Mertens bo'lim so'ngida hisobni ochdi.

Ikkinchi bo'lim "Napoli" hujumlari bilan boshlandi va qisqa vaqt ichida ular o'z samarasini berdi. Angussi raqibning uzatmasini ilib ketdi va raqib jarima maydoniga etay deganda, to'pni Insinega uzatdi, darvozabon Lorensoning zarbasi oldida ojiz qoldi. "Napoli" masalani hal qilib bo'lgandek edi. Qo'shimchasiga neapolliklar hujum qilishdan to'xtamasdi. "Empoli" esa so'nggi 15 daqiqalikda uyg'ondi. Ketma-ket rikoshetlardan keyin to'p Xendersonga kelib tushdi va u Meret qo'riqlayotgan darvozani aniq nishonga oldi. Bu vaziyat posbonga qattiq tasir qildi shekilli, bir necha daqiqadan keyin u o'ta qo'pol xatoga yo'l qo'ydi. To'pni uzoqlashtirayotganda Meret Pinamontining qornini "poyladi" va to'p darvoza to'riga borib tushdi. "Napoli" darhol hujumga tashlandi va gol urmoqchi bo'ldi. Biroq amalda qarshi hujumni o'tkazib yubordi. Bayrami qanotdan himoyachilardan qochib ketdi va Pinamontiga golli uzatma etkazib berdi. "Empoli" dramatik bahsda g'alaba qozondi, "Napoli" esa skudettodan umidini uzgan ko'rinadi...


"Atalanta" "Veneciya"ni taslim etdi

Bergamoliklar ilk soniyalardayoq hisobni ochishlari mumkin edi. Ammo jarima zarbasidan keyin Froyler va Palomino hujumga nuqtani kim qo'yishini kelisha olishmadi. "Veneciya" esa gol urishni uddaladi. Biroq takroriy lavha tomosha qilingach, Anri to'pni qo'li bilan o'ynagani malum bo'ldi. "Atalanta" asta-sekinlik bilan raqibni qamal qilardi, ammo sovuqqonlik va so'nggi pallalarda aniq harakat etishmasdi. Misol uchun, Xatebur, bir qarashda gol bo'ladigan zarba bergandi, lekin himoyachi bo'sh qolgan darvozadan to'pni qaytarib yubordi. SHunday bo'lsa-da, mehmonlar tanaffusgacha gol urishni uddalashdi. Kutilmaganda to'p Pashalichga kelib tushdi va Mario mo'ljalda adashmadi.

Tanaffusdan qaytgach, Murielning yurishi muvaffaqiyatli yakunlandi. U qanotdan oldinga o'tib bordi va to'pni Sapataga etkazdi, Duvan esa oyog'ini qo'yib qo'ysa bo'ldi edi. Biroz o'tgach, kolumbiyaliklar rollarini almashishdi. Sapata endi Murielni qulay vaziyatga chiqardi, biroq Luisning urinishidan keyin to'p darvoza ustuniga tegdi. SHu kecha Muriel o'z golini baribir urdi, Zappakostaning uzatmasidan keyin hujumchi boshi bilan to'pni darvozaga yo'lladi. "Veneciya" taslim bo'lmaganini ham alohida takidlash lozim. Natijada jamoa harakatlari uchun taqdirlandi va yirik mag'lubiyatdan qutilib qoldi. Ammo ko'prog'iga vaqt qolmagandi. "Atalanta" ushbu g'alaba orqali evrokuboklar zonasiga yaqinlashib oldi.


Sergey Rumyancev

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика