So’nggi yangiliklar

01:41Паоло Мальдини: "Роналду – топ ўйинчи ва кучли шахсият, аммо мен Мессини афзал кўраман"  11 01:05Лукакунинг янги клуби деярли маълум  1 00:29Ўртоқлик учрашуви. "Дўстлик" Тожикистон Олий лигаси жамоасини мағлуб этди  0 23:55Ўртоқлик учрашуви. "Навбаҳор" "Хоразм"ни минимал ҳисобда таслим этди  0 23:40Қозоғистон Лига кубоги. "Турон" ва "Ордабаси" ўртасидаги ўйинда жанговар дуранг қайд этилди  0 23:27"Тоттенхэм" 60 млн фунтлик ўйинчисини Саудия Арабистонига қўйиб юборишга тайёр  0 22:47Расман: Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди  9 22:39Ўртоқлик учрашуви. "Пахтакор" Чераннинг голи эвазига "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  8 22:30Назорат учрашуви. "Бунёдкор" "Арал"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  3 21:58МЮ товон пули 60 млн евро бўлган испаниялик хавбекка қизиқмоқда  1 21:32"Ман Юнайтед" Маунтни сотишни режалаштирмаяпти. Хавбек янги мавсумда ўзини кўрсатмоқчи  1 21:06"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон Қирғиз Республикасини мағлуб этди, Нишоновдан хет-трик!  3 21:01Фюллькруг Ла Лига гранди сафига ўтиши мумкин  1 20:27Назорат учрашуви. "Андижон" ва "Қизилқум" ўртасидаги ўйинда 4та гол урилди  7 19:59"Фенербахче" "Севилья" билан Юссеф Эн-Несири трансфери бўйича келишувга эришди, аммо...  1

Etakchilar qoqildi: A Seriya 26-tur yakunlari Yangiliklar

Etakchilar qoqildi: A Seriya 26-tur yakunlari

Italiya chempionatining navbatdagi tur uchrashuvlari ham yakuniga etdi.

"Yuventus" va "Torino" durang o'ynadi

Qizig'i, "buqalar" birinchi bo'lib hujum uyushtirishdi, ammo hisobni turinliklar ochishga muvaffaq bo'lishdi. Kuadradoning burchakdan yo'llagan to'pini De Ligt boshi bilan raqib darvozasiga joylab qo'ydi. SHundan so'ng o'yin biroz tinchlandi va aytarli vaziyatlar yaratilmadi.

Ammo 2-taym boshidayoq Mandragora kuchli zarba berdi, ammo SHHensniy jamoasini gol bo'lishidan saqlab qola oldi. "Yuventus" juda sust o'ynadi. Bu esa 62-daqiqada hisob tenglashishiga sabab bo'ldi: Brekaloning uzatmasidan so'ng, Belotti gol urishga muvaffaq bo'ldi. Bu Andreaning joriy mavsumdagi uchinchi, ammo juda muhim goli. Brekalo yana bir golli pas berishga yaqin edi, lekin uning uzatmasini Mandragora to'g'ri darvoza ustuniga qarab tepdi. "Yuventus" esa hech qanday vaziyatlar yarata olmadi. "Keksa sinora" hujumda sust harakatlandi. O'yin durang natija bilan yakuniga etdi va bu hisob mehmonlarni qoniqtirgani aniq.


"Sassuolo" "Inter"ni mag'lub etdi

Mezbonlar "neroverdi"ga qarshi bahsga CHempionlar Ligasida "Liverpul"dan qabul qilgan alamli mag'lubiyat bilan etib keldi. Qo'shimchasiga bu bahs starti ham u qadar omadli bo'lmadi. Berrardining pasidan keyin Raspadori 8-daqiqada raqib darvozasini ishg'ol qildi. "Inter" o'yin tempini oshirishga harakat qildi, ammo bazan buning oqibatida himoya esdan chiqardi. "Sassuolo" keskin qarshi hujumlarda raqibiga zarba berishga urinardi. Natijada, shunday urinishlardan biri Traorening jarima maydonchasiga uzatmasi, Dimarko orqaroqda qolib ketgani sabab ofsayd yo'q, Skamakkaning aniq zarbasi golga aylanishi bilan yakunlandi. Birinchi bo'lim o'rtasiga kelib bunday ustunlik "Sassuolo"ga qo'shimcha kuch berdi desak mubolag'a bo'lmaydi. SHundan keyingina "Inter" ustunligini vaziyatlarga aylantira boshladi. SHkrinyarning xavfli zarbasini Konsilya qaytarishni uddaladi. Javob hujumida esa "Inter" uchinchi golni o'tkazib yuborishiga sal qoldi. Traorening uzatmasidan keyin Berrardi darvoza to'sinini nishonga oldi.

Tanaffusdan so'ng "Inter" yanada katta kuch bilan hujumga o'tdi. Darmianning uzatmasini qabul qilgan Jeko ajoyib zarba berdi, ammo Konsilya bu safar ham darvozasi dahlsizligini saqlab qola oldi. Birozdan so'ng, Lautaroda yaxshi imkoniyat bo'ldi, lekin unga biroz aniqlik etishmadi. "Sassuolo" esa qarshi hujumlari bilan raqib himoyasini bezovta qilib turardi. Avvaliga Raspadori mo'ljalda adashdi, keyingi vaziyatda esa himoyachilarning xatosi tufayli Xandanovich bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib, to'pni Xandanovichning ustidan tashlab qo'ygisi keldi, SHkrinyar bo'sh darvozaga ketayotgan to'pni qaytarib yubordi. "Inter" o'yin oxirida gol urishga ham muvaffaq bo'ldi, lekin to'p qo'lga tekkani sabab De Vreyning goli bekor qilindi. SHu tariqa, "Inter" haftadagi ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi.


"Salernitana" va "Milan" murosa yo'lini tanlashdi

Italiya chempionati etakchisi bahsni faol boshladi. Uchrashuvning 5-daqiqasidayoq Teo ajoyib tarzda to'p bilan oldinga o'tdi. Keyin esa to'pni Messiasga oshirdi, u esa jarima maydoni markazidan bir zarba bilan raqib darvozasini ishg'ol qildi. "Milan" darhol ikkinchi golni urishi mumkin edi, biroq "dengiz otlari"ning posboni bunga yo'l qo'ymadi. Mehmonlar hujum qilishda davom etishdi. Natijada 29-daqiqada Bonnacoli hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'ldi. Ikki jamoa ham hisobda oldinga o'tib olishi mumkin edi, lekin ular imkoniyatdan to'g'ri foydalana olmadilar.

"Milan" ikkinchi taymda faollik bilan oldinga intildi va mezbonlar darvozasi yonida bosim uyushtirdi. Ayniqsa, Rafael Leao juda faol bo'ldi. Jiru ham gol urishga yaqin edi, ammo unga biroz aniqlik etishmadi. "Salernitana" esa o'z imkoniyatidan unumli foydalandi. Maccokining pasidan so'ng, Jurchich gol urishga erishdi. "Rossoneri" bosimni kuchaytirishda davom etdi. Natijada hisobni tenglashtirdi. Ante Rebich uzoqdan kuchli zarba berdi va rikoshet yordamida raqib darvozasi ishg'ol bo'ldi. "Qizil-qoralar" g'alabani qozonishga urunib ko'rishdi, biroq "Salernitana" bunga yo'l qo'ymadi.


"Roma" va "Verona" durang o'ynashdi

Rimdagi uchrashuvni "Verona" faolroq boshladi. 5-daqiqadayoq standart vaziyat va Barak yaqin masofadan to'pni darvozaga joylab qo'ydi. Ko'p o'tmay "bo'rilar" hisobni tenglashtirish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo'ldi, lekin Lorenco Pellegrining zarbasidan keyin kiper to'pni qaytardi. "Roma" ko'p hujum qildi, ammo qarshi hujumni o'tkazib yubordi. Kaprari qanotdan oldinga o'tib, ikkinchi tempda hujumni qo'llayotgan Tamezni ko'rdi, u esa darvoza to'qqizligini poyladi. Bo'lim oxirida Barak qanotdan uzatilgan to'pni golga aylantirib, hisobni yirik ko'rinish olishiga santimetrlar etmadi.

Tanaffusdan so'ng Mour shogirdlari "Verona" himoyasiga bosimni yanada kuchaytirishdi. Natijada taym o'rtalarida standart vaziyatdan keyin Volpato imkoniyatga ega bo'ldi va pastki burchakni aniq nishonga oldi. Bu yosh futbolchi uchun A Seriyadagi ikkinchi o'yini va 1-goli. "Roma" hujum qilishda davom etdi va so'nggi daqiqalarda muvozanatni tikladi. Bove ham jarima maydonchasi burchagidan aylanma zarba bilan chempionatdagi birinchi golini rasmiylashtirdi. Rimliklar g'alabani ham ilib ketishlari mumkin edi, biroq aniqlik etishmadi. Joze Mourinyu esa zaxira o'rnidig'idan chetlashtirildi. "Roma" yosh futbolchilarning gollari evaziga mag'lubiyatdan qutilib qoldi, lekin "jallorosi" o'yiniga savollar etarlicha.


"Fiorentina" "Atalanta"ni taslim etdi

"Fiorentina" ilk daqiqalardan omadini hujumdan izlay boshladi, ammo ish chinakamiga xavfli vaziyatgacha etib bormasdi. Jamoa asosan qanotlardan hujumga o'tar va eng xavfli vaziyat Niklas Gonsalesda bo'ldi. Biroq futbolchining bosh bilan bergan zarbasini bergamoliklar posboni qaytardi. "Atalanta" ham o'z imkoniyatlariga ega bo'lardi. Jumladan, Kompeynars darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, lekin uni dog'da qoldira olmadi. "Fialkalar"ning javob hujumi Niklas Gonsales zarbasi bilan yakunlandi.

Tanaffusdan keyin ilk xavfli vaziyat Gonsalesning uzatmasidan keyin Kastrovilli ijrosida bo'ldi, lekin to'p darvozadan biroz yuqorilab o'tib ketdi. Argentinalik vingerning faolligi baribir samrasini berdi, aynan uning uzatmasidan keyin Pyontek qulay imkoniyatga ega bo'ldi va undan unumli foydalandi. "Atalanta" sekin-asta ustunlikni o'z tomoniga og'dirdi va gol urishga ham erishdi. Kompeynarsning o'ziga xos uzatmasidan so'ng Malinovskiy ajoyib zarba berdi. Biroq takroriy lavhadan keyin gol bekor qilindi. O'zini tutib tura olmagan "Atalanta" ustozi Jan Pero Gasperini esa qizil kartochka ishlab oldi. Qolgan daqiqalarda "Atalanta" ko'plab imkoniyatlarga ega bo'lsada, hisob boshqa o'zgarmadi. Bergamoliklar mag'lub bo'lishdi, ammo hakamlik borasida savollar yo'q emas. So'nggi daqiqalarda bosh hakam "Fiorentina" jarima maydonchasi ichida to'p qo'lga tekkan vaziyatni ham etibordan chetda qoldirdi. "Fiorentina" esa navbatdagi uch ochko bilan Evropa Ligasi zonasiga yaqinlashib bormoqda.


SHuningdek, "Napoli" va "Kalyari" durang o'ynadi, "Veneciya" va "Jenoa" ham murosa yo'lini tanlashdi, "Bolonya" esa "Speciya"ni mag'lub etdi.


Sergey Rumyancev

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика