So’nggi yangiliklar

11:19"Навбаҳор" Санжар Қувватов билан шартнома имзолади   1 10:45Ўзбекистон терма жамоаси собиқ футболчиси «Навбаҳор»да  5 10:12«Манчестер Юнайтед» «Олтин тўп»га даъвогар футболчига умумий ҳисобда 450 миллион евро сарфламоқчи  6 09:38Ла лига тўпурари фаолиятини Мадрид жамоасида давом эттиради  2 09:09«Пахтакор» ҳимоячини «Қўқон-1912» жамоасига ижарага берди  1 08:40«Арсенал» 50 миллионлик трансферни амалга оширишга яқин  3 08:09Биринчи даврани «Навбаҳор»да ўтказган яна бир футболчи «Металлург»га ўтишга яқин  17 07:38Санчо Европанинг ТОП клубига кўчиб ўтиши мумкин  1 01:45"Тен Хаг куляптими?" Охара МЮ устозининг соврин ҳақидаги сўзларига эътироз билдирди  3 01:20МЮ бошқа клуб билан келишиб қўйган Фофанага қизиқиш билдиряпти  1 00:45Хосе Венансио Лопес: "Бугун янгича услубда ҳимояландик. Бугунги экспериментимиз биз учун фойдали бўлди"  1 00:42Молиявий қийинчиликка учраётган "Барселона" 12 августгача Уильямс учун 58 млн. евро тўламоқчи  7 00:11Акбар Усмонов: "Гватемаладан аламимиз бор. Сўнгги дақиқаларда эътиборни йўқотдик"  4 00:09РПЛ. "Рубин" янги мавсумни меҳмондаги ғалаба билан бошлади  1 23:54Гюндоган "Пахтакор"га қарши ўйнаши мумкин  6

Etakchilar o'zgarmadi: A Seriya 10-tur yakunlari Yangiliklar

Etakchilar o'zgarmadi: A Seriya 10-tur yakunlari

26 - 28 oktabr kunlari Italiya chempionatining navbatdagi tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

"Yuventus" "Sassuolo"ga mag'lub bo'ldi (1:2)

"Keksa sinora" "Inter"ga qarshi bahsda mag'lubiyatdan qutilib qolganidan so'ng (1:1), bu safar g'alabaga qozonishi shart edi. SHunga qaramay, "Sassuolo" uchrashuvni faolroq boshladi. Berrardi aylanma zarba bilan to'pni tepdi, biroq Perin gol bo'lishiga yo'l qo'ymadi. "Yuventus" esa bunga Dibalaning uzoqdan bergan ajoyib zarbasi bilan javob qaytardi. Qizig'i shundaki, "Sassuolo" tezkorlik bilan o'ynashga harakat qildi va oxir-oqibat buning uddasidan qoyilmaqom tarzda chiqdi. Defrel yugurib kelayotgan Fratteziga pas berdi, qanot yarim himoyachisi esa jarima maydoniga uchib kirdi va Perin darvozasini ishg'ol qildi.

Tanaffusdan so'ng "Yuventus" bosim o'tkazadi deb kutilgandi, biroq buning o'rniga Raspadorida imkoniyat paydo bo'ldi, ammo uning zarbasi biroq noaniq chiqdi. "Yuventus" asta-sekinlik bilan nazoratni o'z qo'liga oldi, Kuadrado havodagi to'pga juda yaxshi zarba berdi. Lekin Ferrari darvoza chizig'idan to'pni qaytardi. "Yuventus" yana bir nechta vaziyatlarni ham qo'ldan boy berdi, biroq o'yin oxiriga yaqin baribir gol urishga erishdi: Makkeni 76-daqiqada Dibalaning bergan uzatmasini raqib darvozasiga joylab qo'ydi.

Eng qizig'i, "Yuventus" xavfli vaziyat boshqa yarata olmadi, ammo "Sassuolo" qo'shib berilgan vaqtning so'nggi daqiqasida raqibiga qarshi hujum uyushtirdi. Berardining havodan etkazib bergan to'pini Maksim Lopes raqib darvozasiga joylab qo'ydi. Natijada "Sassuolo" g'alaba qozondi. "Yuventus" pozicion hujum haqida chuqur o'ylab ko'rishi kerak shekilli...


"Inter" "Empoli"dan kuchliroq (0:2)

Simone Indzagi "Yuventus" bilan bo'lgan kurashdan so'ng, bir qancha o'zgartirishlar qildi, biroq avvaliga ular ish bermadi. Birinchi bo'lib, "Empoli"da qulay vaziyat paydo bo'ldi, lekin Xandanovich Stoyanovichning zarbasini qaytara oldi. "Inter" bunga Dimarkoning uzoqdan bergan zarbasi bilan javob qaytardi, ammo Vikario to'pni qaytardi. "Qora-ko'klar" asta-sekinlik bilan xavfliroq hujum qila boshladilar va bu kutilmaganda ish berdi. Aleksis Sanches jarima maydonidagi Danilo D`Ambrozioga to'pni etkazib berdi, italiyalik himoyachi esa bosh bilan gol urdi va hisobni ochdi. Tanaffusgacha boshqa qiziqroq vaziyatlar bo'lmadi, ikki jamoa ham tavakkal qilishga shoshmadi.

2-taym boshlanganidan 5 daqiqa o'tib, Richchi o'yindan chetlashtirilganda, "Empoli" yomon ahvolga tushib qoldi. Galyardini ham gol urishga yaqin turgandi, lekin Darmianning uzatmasidan so'ng, uning boshi bilan yo'llagan zarbasini darvoza ustuni qabul qilib oldi. Ko'p o'tmay, shu kabi uzatmadan so'ng, Lautaro zarba berdi. Ammo bu safar o'yinga Vikkari qo'shildi. "Inter" osonlik bilan "Empoli"ning chap qanotidan yorib kirdi va gol urdi. Lautaroning uzatmasini Dimarko aniqlik bilan darvozaga joylab qo'ydi. O'yin taqdiri qanday yakunlanishi tushunarli bo'ldi, biroq "neradzurri" yana gol urdi. Ammo hakam Galyardinini elka bilan emas, qo'l bilan gol urdi deb, golni bekor qildi. SHunga qaramay, "Inter" ishonchli g'alabaga erishdi va kuchli uchlikdagi o'rnini saqlab qoldi. Qizig'i shundaki, "Empoli" safardagiga qaraganda, uyda yomonroq o'ynayapti.


"Napoli" ishonchli g'alabaga erishdi (3:0)

Neapolliklar "Roma"ga qarshi o'yinda ochko yo'qotganidan so'ng, qattiq zarba bilan qaytishi juda muhim edi. "Partenopeylar"da darhol qulay vaziyat paydo bo'ldi, biroq Insine to'pni darvozabonning ustidan tashlab qo'ygan bo'lsa-da, Medel vaziyatni o'nglay oldi. Biroq ko'p o'tmay, "Napoli" gol urishga muvaffaq bo'ldi. Elmas Ruisga pas berdi, unga esa aylanma zarba bilan gol urishiga hech kim qarshilik ko'rsata olmadi. "Napoli" ustunlik qilishda davom etdi, biroq uzoq vaqtgacha xavfli vaziyatlar yaratilmadi. To'g'ri, taym so'ngida jamoaga "Bolonya"ning o'zi yordam berdi. Himoyachi jarima maydonida qo'l bilan o'ynadi, Insine esa berilgan imkoniyatdan unumli foydalandi va gol urdi. "Bolonya" esa hujumkor harakatlarda juda oqsadi.

Ikkinchi taymda "Napoli" yaxshi hujumlar uyushtirdi, Osimxen yakka o'zi qulay vaziyatlar yaratdi. Natijada nigeriyalik forvard yana bir penalti ishlab oldi. Bu safar ham to'p yoniga Insine keldi va raqib darvozasini ishg'ol qildi. Barchasi aniqdek edi, biroq qolgan vaqt ichida "Napoli" yana gol urishi mumkin edi, ammo biroz aniqlik etishmadi. SHunday bo'lsa-da, "partenopeylar" ishonchli tarzda g'alaba qozondilar va 1-pog'onaga qaytdilar.


"Milan" - "Torino" (1:0)

"Milan" "buqalarga" qarshi o'yinni ancha faol boshladi va tezkor gol urishga ham ulgurdi. Burchak zarbasidan keyin talato'pda Olive Jiru barchadan chaqqonroq harakat qildi va to'pni darvoza to'riga yo'lladi. "Milan" to'xtash haqida o'ylamasdi, Leao muntazam ravishda darvozani o'qqa tutardi, lekin goh urinishga kuch etmasdi, gohida to'p darvozadan ancha yuqorilab o'tib ketardi. Taym oxiriga yaqin Tonallining uzatmasidan keyin Krunich gol urishga yaqin keldi, biroq uning zarbasidan keyin to'p darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi.

"Torino" esa faqatgina tanaffusdan keyin jonlandi. Belotti qulay nuqtaga chiqib bordi, lekin zarbasi umuman qovushmadi. Ko'p o'tmay, Sanarabiya qulay vaziyatga ega bo'ldi, ammo Tatarushanu uzoq burchakka yo'llangan to'pni qaytarishni uddaladi. "Milan" esa jarima maydoniga kira olmagach, uzoq va o'rta masofalardan zarbalarni amalga oshirardi. O'yinning so'nggi daqiqalarida "buqalar" raqibni ko'proq himoyalanishga majbur qildi, Prat to'pni "parashyut" uslubida darvozaga yo'llashiga sal qoldi, lekin Denis to'pni darvozaning ham ustidan o'tkazib yubordi. Qo'shib berildgan daqiqalarda burchak zarbasiga darvozabon Ivan Milinkovich-Savich ham yordamga keldi, lekin "Milan" himoyada mustahkam turdi. "Rossoneri" uchun o'ta qiyin g'alaba, biroq aynan shunday zafarlar jamoani yangi darajaga olib chiqadi, "buqalar" esa yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanish ustida hali ko'p ishlashlari zarurga o'xshaydi.


"Roma" g'alabani ilib ketdi (1:2)

Imkoniyatlari biroz past baholangan "Kalyari" o'yinni faolroq boshladi. Ilk daqiqalardanoq boshlangan hujumlardan birida Bellanova birinchi urinishda to'pni o'ziga to'g'rilab, ikkinchi harakatda to'sinni poyladi. "Roma" bunga Zanoloning uzoq masofadan amalga oshirgan zarbasi bilan javob berdi, ammo "Kalyari" futbolchilari ko'proq hujum qilardi. Biroq rimliklar darvozasi oldida ham chinakamiga xavfli vaziyatlar yo'q hisobi edi. Aksariyat hujumlar jarima maydoniga etay deganda raqib himoyachilari tomonidan to'xtatib qolinardi.

Ikkinchi bo'lim avvalida esa, qanotdan etkazib berilgan pasdan so'ng, Ibanes ishonchli harakat qilolmadi va to'p Pavolettiga borib tushdi. U jarima maydonchasi ichidan mo'ljalni aniq nishonga oldi. "Roma" deyarli keyingi hujumda muvozanatni tiklashi mumkin edi, lekin El-SHaaravining qaychi uslubidagi zarbasidan keyin to'p darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi. "Roma" raqibni jarima maydoniga "qamab qo'yishga" urindi, asosan qanotlardan havolatib amalga oshirilgan uzatmalar xavfli chiqardi. Vaziyatlardan birida Bellanovaning uzatmasidan keyin Pavoletti dublni rasmiylashtirishi mumkin edi, ammo Ruy Patrisio ajoyib seyv orqali jamoasini qutqarib qoldi. 2 daqiqa o'tib, Ibanes xatosini yuvdi. Pellegrinining burchakdan uzatgan to'pini "Kalyari" darvozasiga to'g'rilab yubordi.

"Roma" bosimni davom ettirdi va "jalorossi"ga yana standart yordamga keldi. Pellegrini jarimadan zarba berishini kutmagan Krano to'qqizlikka ketayotgan to'pni qaytara olmay qoldi. Qolgan vaqt davomida "Kalyari" hisobni tenglashtirishga urindi, lekin hujumlardan samara bo'lmadi, "Roma" esa muhim, irodali g'alabani nishonladi.

SHuningdek, "Lacio" "Fiorentina"ni mag'lub etdi (1:0), "Udineze" va "Verona" durang o'ynadi (1:1), "Veneciya" esa "Salernitana"ga yutqazdi (1:2).


Sergey Rumyancev
Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика