So’nggi yangiliklar

08:47Sofascore. 10 дақиқа ҳаракат қилган Шомуродов, 82 дақиқа ҳаракат қилган Довбик билан деярли бир хил баҳога лойиқ кўрилди  0 08:35Туркия чемпионати. "Башакшехир"да йирик ғалаба, Пёнтекдан хет-трик! (+мусобақа жадвали)  3 08:17"Кайсериспор" Отабек Шукуровни трансфер қилишга яқин  2 08:10А Серия. 3-турнинг марказий учрашувида ҳисоб очилмади, Шомуродов захирадан ўйинга қўшилди  6 07:51Мбаппе ўзини "Реал"да Роналдунинг вориси деб ҳисоблайдими? деган саволга жавоб берди  1 07:24Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳо олди?  0 06:45ЛаЛига. "Реал Мадрид" - "Бетис", Мбаппе ЛаЛигадаги биринчи голини урди  0 02:28Ла Лига. "Реал Мадрид" Мбаппенинг дубли эвазига "Бетис"ни мағлубиятга учратди  45 01:50Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Лилль"ни мағлуб этди  1 01:46Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" Истанбулда "Бешиктош"га мағлуб бўлди, Турғунбоев эса...  4 01:42А Серия. "Ювентус" ва "Рома" ўртасидаги ўйинда ҳисоб очилмади, Шомуродов 82-дақиқада ўйинга қўшилди  25 01:25"Ман Сити" ўйинчисини "Бенфика"га ижарага берди  1 00:11Тен Хаг "Ливерпуль" (0:3)дан учралган мағлубиятдан сўнг нималар деди?  9 23:19Бир-икки, бир-икки...  11 22:40АПЛ. 3-турнинг марказий учрашувида Салаҳ ва Диас "Манчестер"ни "ёндиришди"  14

Etakchilar o'z o'rnida: A Seriya 5-turi qanday o'tdi? Yangiliklar

Etakchilar o'z o'rnida: A Seriya 5-turi qanday o'tdi?

23-27 oktyabr kunlari A Seriya 5-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

"Yuventus" g'alaba qozonolmadi

"Yuventus" CHempionlar Ligasidagi g'alabasidan so'ng, A Seriyada ham g'olib bo'lishga ahd qildi. Va nihoyat Dibalani asosiy tarkibda maydonga tushirdi. Birinchi vaziyat Bernardeskida paydo bo'ldi, u Rabodan ajoyib pas oldi va 1 ga 1 chiqdi, biroq golkiperni alday olmadi. Maydon egalari bor kuchi bilan oldinga harakat qila boshlashdi. Bernardeski sal o'tib to'pni Kuadradoga zarba berishi uchun qulay tarzda etkazdi, lekin kolumbiyalikning urinishidan keyin to'p to'singa tegib qaytdi. Keyin esa Rabo yana bir ajoyib uzatmani Morataga etkazib berdi, ispaniyalik to'pni darvoza tomonga qarab tepdi, lekin hakam buni o'yindan tashqari holat deb elon qildi. 

"Mastiflar" ikkinchi taymda nazoratni o'z qo'llariga oldilar. Dzakkani jarima maydoniga ajoyib pas etkazib berdi, zaxiradan maydonga tushgan Favilli esa bir to'pni darvozaga joylab qo'ydi. Lekin ko'p o'tmay jarohat oldi va 6 minutgina o'ynashga ulgurgan o'yinchi maydonni tark etdi. Pirlo esa Kulushevskini o'yinga tushirdi va bu yaxshi samara berdi. SHved darhol "keksa sinora"ning hujumlarini yanada xavfli ko'rinish olishiga sabab bo'ldi va 77-daqiqada hisobni tenglashtirdi. O'yin so'ngida "Yuventus" ikkinchi golni urishi mumkin edi, ammo Marko Silvestri to'pni ushlab qoldi. Mezbonlarni durang natija qoniqtirmadi, omad etishmadi-da deyishlari mumkin, ammo Andera Pirloga beriladigan savollar tobora ko'paymoqda.


"Inter" g'olib bo'ldi

Derbidagi mag'lubiyat va CHempionlar Ligasidagi omadsizlikdan so'ng "Inter" bu safar bor vajohati bilan maydonga tushdi. Kontening baxtiga bir qator o'yinchilari safga qaytgandi, ammo hammasi emas. Uchrashuv boshidanoq Vidal hisobni ochishi mumkin edi, biroq himoyachi jasurlik bilan zarbaga tashlandi va darvozasini to'pdan saqlab qoldi. Lautaroda ham shunday yaxshi imkoniyat bo'ldi, lekin to'p rikoshet bo'lib burchak tomonga uchib ketdi. Ikki jamoa ham asosan maydon markazida harakat qildi, shu sababli tanaffusgacha gol bo'lmagani ajablanarli emas.

Tanaffusdan keyingi taymning birinchi yarmigacha ham shunday vaziyat bo'ldi. "Inter"ning baxtiga Romelu Lukaku yaxshi harakat qildi. U Barelladan pas olganidan keyin ikkita himoyachini aldab jarima maydoniga bordi va aniq zarba berib, gol urdi. Maran maydonga SHomurodovni tushirdi, biroq "Jenoa" yarim himoyachilari hech qanaqasiga to'pni Eldorga etkazib berolmadilar. Bu orada esa "Inter" yana bir bor gol urishga muvaffaq bo'ldi. Bahs so'ngida "Inter" tarbiyalanuvchisi Pinamontida yaxshigina imkoniyat bo'lgandi, ammo to'p darvozadan yuqori o'tib ketdi.


"Sampdoriya" "Atalanta"dan ustun keldi

CHempionlar Ligasi doirasida "Mityulland" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin jamoani endi to'xtatib bo'lmaydiganga o'xshagandi. Biroq "Sampdoriya"ga qarshi o'yinning startidayoq birin-ketin muammolar tug'ila boshladi. Mikkel Damsgor oldindagi bo'sh zonada turgan Kvalyarellaga to'p etkazib berdi, Fabio esa bundan unumli foydalanib, 13-daqiqada hisobni ochdi. Qiziq, mehmonlar shu goldan keyin hujum qila boshlashdi va penalti ishlab olishdi. Kvalyarella to'p yoniga bordi va tepdi, ammo Sportello gol bo'lishiga imkon bermadi.

"Atalanata" esa tanaffusdan keyin ham uyg'onolmadi. Bundan unumli foydalangan "Sampdoriya" bahsda hukmronlik qilishda davom etdi va yaxshi natijaga erishdi. Yakub Yankto jarimaga ajoyib tarzda to'pni etkazib berdi, Torsbi esa boshi bilan darvozani ishg'ol qildi. Faqatgina shu goldan keyin "Atalanta" o'ziga keldi hamda jamoa hujum qilishi va buni juda yaxshi bilishini eslatib qo'ydi. Mezbonlar penalti ishlab olishdi va Sapata bu imkoniyatdan unumli foydalandi. "Bergamasklar" hisobni tenglashtirishga oshiqishdi, biroq buning o'rniga qarshi hujumga to'qnash kelishdi. Balde Keyta to'p bilan deyarli butun maydonni bosib o'tdi va Yanktoga to'pni oshirdi, u esa darvozabonga imkon qoldirmadi. "Atalanta" uzoq vaqtdan beri A Seriyaning ketma-ket ikki o'yinida mag'lub bo'ldi. "Sampdoriya" esa borgan sari yuqoriroq ko'tarilmoqda va bu maqtashga arzigulik ish.


"Napoli" "Benevento"ni mag'lub etdi

Bu o'yinda bir yo'la 2ta intriga bor edi. Birinchidan, asrimizning boshlarida "Milan"da porlagan ikki yulduz Indzagi va Gattuzo qarama-qarshiligi, ikkinchidan aka-ukalar to'qnashuvi. O'yin ancha sokin ruhda boshlandi, raqiblar ilk daqiqadan "ochilib", hujumga "uchishga" shoshilmasdi. Birinchi "zarbani" "Benevento" futbolchilari berishdi. Lapadulla to'pni Insinega etkazib berdi va Roberto yaqin masofadan Meret darvozasini "o'qqa tutdi". Javob o'zini kuttirib qo'ymadi, narigi jamoa safida harakat qilayotgan Robertoning akasi Lorensoning uzoq masofadan yo'llagan to'pini darvozabon egallab oldi. 

Umuman olganda 1-bo'limda "Napoli"ning ishlari u qadar qovushmadi va jamoa sekin-asta o'yinini kuchaytirib bordi. Ikkinchi bo'limni Gattuzo shogirdlari agressiv harakatlar bilan boshlashdi va Insine aylanma zarba bilan to'pni darvozaning uzoq burchagiga joylab qo'ydi. Aka-ukalarning A Seriya doirasidagi o'yinda turli ikki jamoa safidagi gollari amalga oshdi. Ko'p o'tmay Lorenco dubl qayd etishi mumkin edi, biroq bosh bilan berilgan zarbadan keyin darvozabon ajoyib harakat bilan to'pni qaytarib yubordi. "Napoli" maydonda ustunlik qilishda davom etdi va raqib himoyasiga bosimni kamaytirmadi. Barchasi golga qarab ketardi. Insine Politanoga uzatmani amalga oshirdi, himoyachilarni o'zi bilan olib ketgan Mateo to'pni Petanyaga qoldirdi va hujumchi kuchli zarba bilan "Napoli" safidagi birinchi golini nishonladi. Qolgan vaqt davomida Fabian Ruis va Politanoda yaxshi imkoniyat bo'ldi, ammo tablodagi hisob boshqa o'zgarmadi. 



"Milan" va "Roma" ishonchni oqlashdi

Turni yakunlab berishi rejalashtirilgan o'yinda barcha qiziq voqealar 2-daqiqadan boshlandi. Leao qulay imkoniyatda turgan Zlatanga to'pni etkaza oldi, shveciyalik esa birgina urinish bilan to'pni darvozabon etolmaydigan tarzda yo'lladi. "Rossoneri"ning xursandchiligi uzoqqa cho'zilmadi, Pellegrini burchak to'pini amalga oshirdi, Donnarummani o'rnini egallagan Tatarushanu xatoga yo'l qo'ydi va Jeko qarshiliksiz to'pni bo'sh qolgan darvozaga yo'lladi. Qiziq jihati dahshat boshlangan birinchi bo'limning qolgan daqiqalari ancha hotirjam o'tdi va qolgan qiziq voqealar ikkinchi bo'limda bo'ldi.

Leao katta tezlikda qanotdan ajoyib tarzda oldinga o'tib bordi va to'pni Salermaksga etkazdi, yarim himoyachi birinchi harakati bilanoq to'pni yuqori burchakka yo'lladi. "Milan" o'yinni boshqara boshladi va "Roma" bunga munosib javob bera olmasdi. "Bo'rilar"ning hujumda chinakam xavfli vaziyatlar yaratishda muammolarga duch kela boshladi. Bu kabi holat Pedroga nisbatan qo'pollik sabab belgilangan biroz g'alati penaltigacha davom etdi. Takroriy lavhani ko'rarkansiz, Benasserning o'yinida qoida buzilishini topish qiyin edi, lekin to'p oldiga Veretu keldi va Tatarushanuga imkon qoldirmadi. Biroz o'tib endi Manchini CHalhanogluga nisbatan qoidani buzdi va yana penalti. Zarbani albatta Zlatan amalga oshirdi va mavsumdagi 6-golini urib, to'purarlar poygasida etakchi bo'lib oldi. SHunday bo'lsa-da, burchak to'plari "Milan"ga katta muammoga aylandi. Kumbula futbolchilar to'planib qolgan, noqulay bir vaziyatda to'pni darvozaga yo'naltira oldi va yakuniy hisobni o'rnatdi. "Milan" ilk bor ochko yo'qotdi, lekin bu o'yinni ham omadlilar qatoriga qo'sha oladi. "Roma" ham omadsiz startga qaramay, o'zini yaxshi tomondan ko'rsata oldi.

SHuningdek, "Fiorentina" "Udineze" ustidan g'alaba qozondi, "Lacio" "Bolonya"ni mag'lub etdi, "Sassuolo" va "Torino" durang o'ynadi.


Sergey Rumyancev
Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика