So’nggi yangiliklar

22:47Расман: Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди  2 22:39Ўртоқлик учрашуви. "Пахтакор" Чераннинг голи эвазига "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  5 22:30Назорат учрашуви. "Бунёдкор" "Арал"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 21:58МЮ товон пули 60 млн евро бўлган испаниялик хавбекка қизиқмоқда  1 21:32"Ман Юнайтед" Маунтни сотишни режалаштирмаяпти. Хавбек янги мавсумда ўзини кўрсатмоқчи  1 21:06"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон Қирғиз Республикасини мағлуб этди, Нишоновдан хет-трик!  2 21:01Фюллькруг Ла Лига гранди сафига ўтиши мумкин  1 20:27Назорат учрашуви. "Андижон" ва "Қизилқум" ўртасидаги ўйинда 4та гол урилди  7 19:59"Фенербахче" "Севилья" билан Юссеф Эн-Несири трансфери бўйича келишувга эришди, аммо...  1 19:33РПЛ. "Локомотив" голларга бой учрашувда "Акрон"ни мағлубиятга учратди  5 19:12"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон - Қирғиз Республикаси: Таркибимиз маълум  2 18:53Эшитдик-да! Рубин Хебай Ўзбекистон чемпионатига қайтмоқда  23 18:34Расман: Азизбек Амонов — "Нефтчи" аъзоси   8 18:00Футзал бўйича BMB CUP мусобақасида энг кучлилар тақдирланди   1 17:46"Реал Сосьедад" Испания ёшлар терма жамоаси аъзосини сотиб олади  1

Etakchi o'zgardi: A Seriya 25-tur yakunlari Yangiliklar

Etakchi o'zgardi: A Seriya 25-tur yakunlari

Italiya A Seriyasining navbatdagi tur uchrashuvlari nihoyasiga etdi.

"Napoli" va "Inter" durang o'ynadi

O'yin "Napoli"ning soddaroq hujumlari bilan boshlandi. Lekin 7-daqiqada De Vrey negadir hali to'pga etib bormagan Osimxenni jarima maydonida yiqitgandan keyin bahs jonlandi. To'p yoniga Insine keldi va imkoniyatdan unumli foydalandi. "Napoli" yana gol urishga yaqin edi, ammo Zelinskiyning zarbasini darvoza ustuni qabul qilib oldi. Mezbonlar yaxshi hujum qilishdi. Bir vaziyatda Osimxenning uzatmasini Insine darvoza tepasidan o'tkazib yubordi. 1-taymda "Inter"ning hech bir hujumi samarali natija bermadi. Tanaffusga yaqin Lautaro havodan pas berdi, ammo Jeko zarbasi juda sust chiqdi, natijada darvozabon to'pni ushlab qoldi.

2-taym boshida o'yinchilarni almashtirish samarali bo'ldi. Lautaroning havodan uzatgan to'pini Jeko bir urinishdayoq raqib darvozasining yaqin burchagiga joylab qo'ydi. "Napoli" yana tashabbusni qo'liga oldi, lekin gol bo'lmadi. Masalan, vaziyatlardan birida Osimxen chiroyli zarba berdi, lekin unga biroz aniqlik etishmadi. "Inter" esa hujum qilishga shoshilmadi, aftidan "neradzurri" durang natijadan qoniqdi.


Milan — etakchi

Uchrashuvning 8-daqiqasida Menyan ideal tarzda to'pni Rafael Leaoga oshirdi, u esa Bereshinskiyni aldab o'tdi va gol urdi. Hisobdagi farqni uzaytirish uchun Messiasda yaxshigina imkon bor edi. Biroq Falkone to'pni qaytarishni uddaladi. Umuman olganda, ikki jamoa ham vaziyatlar yaratdi, biroq xavfli hujumlar ko'p bo'lmadi. Genuya klubi esa birorta ham aniq zarba berolmadi.

2-taym boshida Tonali pas berdi, to'pni qabul qilgan Messias ham yomon zarba bermadi, lekin gol bo'lmadi. "Sampdoriya" shundan keyingina "uyg'onib ketdi". Antonio Kandreva o'ziga xos zarbasi bilan yaqin burchakka to'pni yo'lladi, ammo gol urolmadi. Birozdan so'ng Jiru ajoyib zarba berdi, Falkone esa bir amallab bo'lsa-da, to'pni qaytardi. Olive ham boshi bilan yaxshi zarba berdi, ammo mehmonlar golkiperi yana to'pni ushlab qoldi. SHuningdek, u Rebich gol urishiga ham yo'l qo'ymadi. "Sampdoriya"ning hujumlari esa bu gal unchalik o'xshamadi. Natijada, "Milan" g'alabaga erishdi va turnir jadvalida 1-o'ringa chiqib oldi.


"Roma" va "Sassuolo" murosa yo'lini tanlashdi

"Neroverdi" 1-daqiqadanaoq tashabbusni qo'liga oldi. Berrardida yaxshi imkon bo'lgandi, ammo unga biroz aniqlik etishmadi. Bir necha daqiqa o'tib, Afenya-Gyan zarba yo'lladi, lekin darvozabon to'pni qaytardi. Taym so'ngiga yaqin to'p "Sassuolo" himoyachisining qo'liga tegib ketdi va penalti belgilandi. To'p yoniga Temi Abraxam keldi va gol urdi.

2-taym boshidayoq Traore yordan pas berdi, Kris Smolling esa ehtiyotsizlik tufayli o'z darvozasiga gol urib qo'ydi. "Sassuolo" hujumkor o'yin uyushtirdi va bir qancha vaziyatlar yaratdi. Ayniqsa Frattezida yaxshi imkoniyat bo'lgandi, lekin zarbasi noaniq chiqdi. "Roma" hujumda juda sust harakatlandi. Bir pallada Frattezi havodan pas berdi, Traore esa himoyachini aldab o'tib, jamoasini oldinga olib chiqdi. SHundan keyingina "jalorossi" o'ziga keldi va qarshi hujumga o'tdi. Natijada "Roma" so'nggi daqiqalarda mag'lubiyatdan qutilib qoldi. Veretu burchakdan Kristantega pas berdi, u esa boshi bilan raqib darvozasini ishg'ol qildi. "Roma" hozir 7-o'rinni egallab turibdi, ammo Joze Mourino hamon tanqidlar ostida qolmoqda.


"Yuventus" va "Atalanta" murosa ko'chasini tanlashdi

"Keksa sinora" o'yinni keskin hujumlar bilan boshladi. Dibalaning uzatmasidan keyin Vlaxovich uzoq masofadan chap oyoqda zarba berdi, lekin Sportello bunga tayyor edi. Ko'p o'tmay Dibalaning o'zi zarba berish uchun imkon topdi, lekin noaniq. "Atalanta" esa ko'proq himoya haqida o'ylardi, biroq SHensnining to'pga chiqishdagi xatosidan keyin mezbonlar ham vaziyatga ega bo'lishdi. Muriel bo'sh qolgan darvozaga ko'ngildagidek zarba bera olmadi va Bonnuchi osonlik bilan to'pni qaytarib yubordi.

Tanaffusdan keyinoq o'rta masofadan De Ron yaxshi zarba berdi, SHensni qiyinchilik bilan bo'lsada, to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi. Keyin "Yuventus" katta kuch bilan oldinga tashlandi va raqib darvozasi oldida ketma-ket vaziyatlar yuzaga kela boshladi. Ayniqsa Vlaxovich o'ta faolligi bilan ajralib turardi, ammo to'p darvoza to'riga borishni "istamasdi". SHu pallada jarima zarbasidan keyin Ruslan Malinovskiy kuchli zarb bilan darvozani nishonga oldi. Keyingi hujumdayoq "Atalanta" ustunligini yaxshilashi mumkin edi, ammo Xatebur o'ta qulay vaziyatdan mo'ljalda adashdi. "Yuventus" esa yana ustunlikni o'z tomoniga og'dirdi va hujumlar uyushtirardi. Uzoq vaqt bu samara keltirmasada, o'yin oxirida turinliklar hisobni tenglashtirishga erishishdi. Dibalaning burchakdan uzatgan to'pini Danilo baland sakrab, darvozaga yo'lladi. Durang natija adolatli bo'ldi desak, mubolag'a bo'lmaydi.


"Fiorentina" "Speciya"ni taslim qildi

O'yinning ilk daqiqalaridayoq fiorentinaliklar penalti tepish huquqiga ega bo'lishdi, to'p oldiga Kshishtof Pentek keldi va ustunni poyladi. Bunga qaramay, mehmonlar hujum qilishda davom etishdi va o'yinni to'liq nazorat qilishardi. Natijada taym so'nggida Melle to'pni Pentekka uzatdi, hujumchi esa qiyinchiliksiz darvozani ishg'ol qildi. "Speciya" esa tanaffusgacha raqib darvozasi tomon zarba ham bera olmadi.

Ikkinchi bo'lim boshlanishi haqidagi hushtak chalinishi bilanoq Mellening o'zi gol urishi mumkin edi, u darvoza yaqiniga yo'llagan to'p darvoza to'siniga tegdi. Keyingi epizodda Gonsales darvozaning "to'qqizligiga" qarab zo'r zarba berdi, ammo darvozabon o'zini yaxshi tomondan ko'rsatdi va to'pni qaytardi. Taxminan shu daqiqalarda "Fiorentina"ning xuddi yoqilg'isi tugab qolgandek... Futbolchilar sekinroq harakat qilar, qaror qabul qilardi. Yana raqibning hujumini o'tkazib yuborishdi. Agudello qulay nuqtaga chiqib bordi va to'pni golkiperning ustidan tashlab qo'ydi. Qiziq tomoni, bu "Fiorentina"ni uyg'otib yubordi va jamoa shturmga otlandi. Gonsales bir nechta raqiblarini chalg'itib, zarba berdi, uzoq masofadan Melle omadini sinab ko'rdi. O'yin oxirlab borarkan, Vinchenco Italyano shogirdlari g'alabani ilib keta olishdi. Kabralning uzatmasidan keyin Amrabat hisobiga gol yozdirib qo'ydi. Zaxiradagi bitta o'yinni ham inobatga olsak, "Fiorentina" evrokuboklarga jiddiy ravishda kurashishini taxmin qilish mumkin.


SHuningdek, "Lacio" "Bolonya"ni mag'lub etdi, "Empoli" va "Kalyari" durang o'ynadi, "Verona" "Udineze"ni tor-mor etdi.


Sergey Rumyancev

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика