So’nggi yangiliklar

08:36Жалолиддин Машарипов: ""Энди ёш футболчи эмасмиз, айрим бир вазиятларда масъулиятни ўз бўйнимизга олиб, вазиятни ўзгартиришимиз керак"  0 08:17Футзал. Жаҳон чемпионлигига даъвогар қўшниларимиз Тошкентга етиб келди  0 07:47ЖЧ-2026 саралаш. Аргентина ва Бразилияда мағлубият, Уругвай эса дуранг ўйнади  1 07:26Про лига. Бугун иккита учрашув бор  0 07:10ЖЧ-2026 саралаши. БАА - Эрон 0:1, Махаллийлаштирилган ўйинчиларнинг Эронга "тиши ўтмади"  0 02:07ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистонлик ҳакамлар ишлаган ўйинда Япония Баҳрайнга ҳеч қандай имконият қолдирмади  2 02:00Миллатлар лигаси. Нидерландия ва Германия жанговар дуранг қайд этишди, Англия эса ғалаба қозонди  0 00:55Рамосга Жанубий Америкадан таклиф келиб тушди  0 00:27Қирғиз Республикаси устози: "Биз қилган ўзгаришлар рақибга бир қанча ноқулайликлар туғдирди. Бугун уларни хайрон қолдира олдик"  11 00:05Рустам Ашурматов: "Ўзимизга ўзимиз ютқазмасак, бу гуруҳда ҳеч ким бизни мағлуб эта олмайди"  15 23:35Одилжон Ҳамробеков: "Бугун тактика ёки индивидуал маҳорат эвазига эмас, кучли иштиёқ сабабли ғалаба қозондик"  18 23:15ЖЧ-2026 саралаши. Эрон БААни қийинчилик билан мағлуб этди. Ўзбекистон иккинчи турдан кейин тўплар нисбатига кўра биринчи ўринда  51 22:47ЖЧ-2026 саралаши. Иордания Фаластинни, Жанубий Корея Ўмонни мағлубиятга учратди  5 22:39Сречко Катанец Қирғиз Республикасига қарши кечган қийин учрашувдан сўнг нималар деди? (тўлиқ матбуот анжумани)  32 21:15ЖЧ-2026 саралаши. Қирғиз Республикаси - Ўзбекистон 2:3  37

Etakchi o'zgardi: A Seriya 22-tur yakunlari Yangiliklar

Etakchi o'zgardi: A Seriya 22-tur yakunlari

13-15 fevral kunlari Italiya chempionatining navbatdagi tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

"Napoli" kutilmaganda "Yuventus"ni taslim etdi

"Napoli" bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo ham majoziy manoda, ham rostmanasiga vulqon ichra yashamoqda. Anchadan buyon mish-mishlar uni Neapoldan ketishiga ishora qilmoqda. "Napoli" kadrlar bilan bog'liq jiddiy muammoga duch keldi, yaxshi hamki Maksimovich asosiy tarkibga qaytdi. "Yuventus" raqibning markazda muammolari etarli ekanini tushunib turar va aynan o'sha erga bosim o'tkazishga harakat qilardi. Biroq futbolchilarga aniqlik etishmasdi. "Napoli" markaziy himoyachilari esa nafaqat himoyadagi ishonchli o'yini bilan etiborni tordi, balki Rraxmani hujumga o'tdi hamda Kellinining tirsagidan zarba qabul qilib oldi. Hakam bu vaziyatni etiborsiz qoldirmadi va penalti belgiladi. Insine nuqtada adashmadi. Birinchi bo'limda muxlislar boshqa gol ko'rishmadi. 

Tanaffusdan keyin mehmonlar temp oshirishga va to'pni Ronaldu imkon qadar ko'proq etkazishga harakat qilishdi. Portugaliyalik bir necha bor kuchli zarba bera oldi, lekin to'p darvoza to'riga borib tushishni istamasdi. SHuningdek, Kezani yaxshi zarbasini Meret qaytardi, Aleks Sandroning uzatmasidan keyin esa to'p darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi. "Napoli" esa hujumga o'tishga shoshilmasdi va ijobiy natijani saqlashga urinardi. "Yuventus" yana bir nechta xavfli vaziyat yaratdi, ularning eng xavflisi Morataning yaqin masofadan bergan zarbasi bo'ldi, lekin "keksa sinora" bu kecha gol ura olmadi. "Napoli" g'alabani saqlab qoldi va 5-pog'onada qoldi, "Yuventus" oxirgi 9 yilda 21 turlik oraliqdagi eng yomon startini qayd etdi.


"Milan" "Speciya"ga mag'lub bo'ldi

Qog'ozda "Milan"ni oson taqvim kutardi, qo'shimchasiga "Speciya"ning bazi etakchilari safdan chiqqandi. Bu vaziyatda o'yindagi ilk xavfli vaziyatni mezbonlar yaratgani qiziq. Saponaruning zarbasini Donnarumma katta qiyinchilik bilan qaytarishga erishdi. "Milan" esa asosan faqat standartlardan keyin vaziyatlarga ega bo'lardi, ammo Ker va Ernandesning urinishlari noaniq bo'ldi. Birinchi bo'limda umuman olganda darvozalar oldida vaziyatlar ko'p bo'lmadi, lekin bu boradagi ko'rsatkichlar ham "Speciya" hech bir jabhada raqibdan qolishmaganini isbotlardi. 

Tanaffusdan keyin ham vaziyat deyarli o'zgarmadi. "Speciya" imkon bo'ldi deguncha oldinga o'tishga va vaziyat yaratishga intilardi. Oxir-oqibat bu ish berdi va "Milan" himoyasi Agudelloni etiborsiz qoldirdi. Ko'p futbolchilar to'planib qolganda, jarima maydoni ichida Agudello to'pni amallab Madjorega o'tkaza oldi, u esa o'z navbatida bo'sh qolgan darvozani aniq nishonga oldi. Pioli bunga o'zgarishlar bilan munosabat bildirdi, "Milan"ning esa shu kuni o'yini qovushmasdi. "Speciya" esa yana gol urdi. Estevas kutilmagan qaror bilan to'pni Bastoniga etkazdi va Simone jarima maydoni tashqarisidan darvozabon qaytara olmaydigan zarba yo'lladi. "Milan" esa faqatgina Kastilexoning uzatmasidan keyin Zlatanning zarbasini yodga olishi mumkin. Derbi oldidan "Milan" A Seriyadagi eng yomon uchrashuvini o'tkazdi, "Speciya"ni esa muvaffaqiyati bilan tabriklash mumkin. Jamoa xavfli zonadan 9 ochkoga uzoqlashdi va chindan yaxshi o'yin ko'rsatmoqda.


"Roma" "Udineze"ni yirik hisobda mag'lub etdi

Rimliklar odatga ko'ra, uchrashuvni hujumkor va yorqin o'yin bilan boshlashdi. 5-daqiqadayoq, kutilmaganda qanotda paydo bo'lgan Manchini to'pni jarima maydoniga Veretuga etkazdi va Jordan osonlik bilan to'pni darvoza to'riga joylab qo'ydi. Oxirgi o'yinlarda "Udineze" ancha jonli o'yin ko'rsatayotgandi va shu sabab ham udineliklar "sochilib" ketgani hayratlanarli. Malum vaqtdan keyin Veretu farqni yana bittaga oshirib qo'yishi mumkin edi, lekin Musso bir amallab to'pni qaytardi. Vaziyatlarning birida Mxitaryanga nisbatan qo'pollik uchun penalti belgilandi va Veretu dublga erishdi. Yana ikki daqiqa o'tar-o'tmas, Spinnacoladan to'pni qabul qilgan Pellegrini 3-golni urdi. Ammo takroriy lavhani ko'rgach, Mxitaryanning qo'polligi sabab gol bekor qilindi. "Udineze" esa aytarli vaziyat ham yarata olmasdi.

Ikkinchi bo'lim boshida mehmonlar yaxshi imkoniyatga ega bo'lishdi, De Paul jarima zarbasini ajoyib ijro etdi, biroq to'p darvoza to'sinidan biroz yuqorilab o'tib ketdi. Undanda yaxshiroq imkoniyat Kristante xatosidan foydalangan Delofeuda bo'ldi, Jerard darvozabon Lopes bilan uchrashuvga chiqib bordi, lekin kiperni dog'da qoldira olmadi. "Udineze" ikkinchi bo'limda chindan yomon o'ynamadi, ammo shu kuni ishi yurishmadi. Uchrashuv oxirida esa yana bitta gol o'tkazib yubordi. Fonseka o'zgarishlari ish berdi, Jeko to'pni Pedroga etkazdi va tajribali ispan darvoza to'qqizligini aniq nishonga oldi.


"Inter" "Lacio"ni taslim etdi

"Inter" Italiya Kubogidan chiqib ketganidan so'ng katta ishtiyoq bilan maydonga tushdi. Bahsning qaysidir pallasida "burgutlar" mudofaani ajoyib tarzda qo'riqlashdi. Ammo Lukaku va Eriksen ishtirokidagi keskin hujum va Lautaroning qulay vaziyatga chiqib yiqitilishi bunga nuqta qo'ydi. Lukaku penaltidan unumli foydalana oldi. "Inter" oradagi farqni yanada yiriklashtirishi mumkin edi, biroq Lautaroga biroz aniqlik etishmadi. Ammo... "Inter" yana bitta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Lautaro to'pni boy berdi, ammo Brozovich kurashga qo'shilib, to'pni olib qo'ydi va uni Lukakuga oshirdi. Romelu ham bundan unumli foydalanib, dubl qayd etdi.

"Inter" ikkinchi taymni ham kuchli boshladi. "Lacio" himoyachisi Hakimi zarbasini qiyinchiliksiz to'sib qo'ymadi. "Burgutlar" jarima to'pini ishlab olishdi. To'p yoniga Milinkovich-Savich keldi va unchalik yaxshi tepa olmadi. Lekin rikoshetdan so'ng to'p darvozadan joy oldi. Ammo "Lacio"ning quvonchi uzoqqa cho'zilmadi. 64-daqiqada Martines gol urishga erishdi. 3:1 hisob bilan o'yin o'z yakuniga etdi. Ushbu g'alaba tufayli "Inter" turnir jadvalida 1-o'ringa chiqib oldi.


"Sampdoriya" "Fiorentina"dan kuchliroq

Raneri shogirdlari "Fiorentina"ga bellashuvni yomon boshlashmadi. Drangovskining ishi juda ko'p bo'ldi deb bo'lmaydi-yu, lekin "Sampdoriya"ning bosimi sezilib turardi. Hisob birinchi bo'lim o'rtalarida ochildi, Balde Keyta himoyachilar taqibidan qochib, Ramiresning uzatgan to'piga birinchi bo'lib etib bordi. "Fiorentina" ko'p cho'zmay hisobni tenglashtirdi, Audero Pulgarning jarimadan bergan zarbasini qaytara oldi, lekin Vlaxovich takroriy urinishda chaqqonlik qildi. 

Tanaffusdan so'ng Bonaventurada ajoyib imkoniyat bo'lgandi. U havodagi to'pga zarba berdi, biroq shtanga yonidan o'tib ketdi. "Sampdoriya" esa javob hujumida bunday vaziyatdan qanday foydalanish kerakligini ko'rsatib qo'ydi. Kandreva qanot bo'ylab yugurdi, sherigiga to'pni oshirdi va Kvalyarella to'pni darvozaga joylab qo'ydi. "Fiorentina" bu bilan to'xtab qolmadi. Avvaliga Kolli Biragining zarbasidan so'ng boshi bilan to'pni urdi, keyin esa Biragi qanotdan Vlaxovichga ajoyib pas berdi, biroq serbning zarbasi darvoza yonidan o'tib ketdi. O'yin so'ngida serbiyalik boshqa o'yinchi Milenkovich xavfli zarba berdi. Ammo bu erda ham gol bo'lishiga biroz aniqlik etishmadi. Natijada "Sampdoriya" g'alaba qozondi.

SHuningdek, "Atalanta" "Kalyari"ni, "Verona" "Parma"ni engdi, "Jenoa" va "Torino" o'yinida esa hisob ochilmadi.


Sergey Rumyancev

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика