So’nggi yangiliklar

12:04Носир Абдусаломов: "0:2 ҳисобидаги мағлубиятдан чиқиб кетиш катта куч талаб қилар эди, голимни бобомга бағишладим"  2 11:44Марио Балотелли Париж мода ҳафталигида модел сифатида подиумга чиқди  3 11:18"Насаф" U-14 Португалиядаги мусобақада қатнашади  4 10:53Криштиану Роналду фаолиятини якунлаганидан кейин мураббий бўлиши ҳақидаги саволга жавоб берди  0 10:25Котрина Кулбите: "Мақсадимиз - Осиё Кубоги"  1 09:55Нилуфар Қудратова: "Ўйин биз истагандек бўлди"  0 09:28“Ал Насср“нинг ёзги биринчи рақамли трансфер мақсади маълум  2 09:01“Барселона“ ҳимоячиси жамоани тарк этиш ниятида эмаслигини маълум қилди  1 08:31“Сурхон“ дарвозабони иккинчи даврани Суперлиганинг ТОП клубида бошлаши мумкин  1 08:03Клублар ўртасидаги ЖЧни тарк этган Месси нималар деди?  13 07:35Суперлига. Бугун 14-тур якунланади  6 05:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. “Бавария“ чорак финалда. Бизни чорак финалда даҳшат учрашув кутмоқда  7 01:23Суҳроб Иззатов: "Бир метрдан очиқ дарвозага ҳам тўп кирмаяпти"  2 00:54Зоир Жўрабоев: "Суперлигада учта гол урганман ва уларнинг барчаси "Бунёдкор" дарвозасидан ўрин олган"  0 00:39Луис Качорри: "Бугун "Бунёдкор" билан ўз майдонимиздаги сўнгги ўйиним бўлиши мумкин"  1

Tahlil. Etakchi "mashinistlari"dan ayrilgan "Lokomotiv"ni bu yil nima kutmoqda? Yangiliklar

Tahlil. Etakchi "mashinistlari"dan ayrilgan "Lokomotiv"ni bu yil nima kutmoqda?

Teglar :  Lokomotiv
Toshkentning "Lokomotiv" klubi 2012-2019 yillar davomida 3 marta O'zbekiston chempioni, 4 marta vice-chempioni va 1 bor bronza medaliga ega chiqdi.

"Temiryo'lchilar" 2016 yilgi mavsum Osiyo chempionlar ligasida chorak finalga qadar etib borishgandi. 

"Lokomotiv" ushbu mavsumda umuman boshqacha ko'rinishga ega bo'ladi. Jamoamiz matbuot ko'z o'ngida yangi mavsumga tayyorlandi. Jamomiz yana yangicha ko'rinish olmoqda. Garchi ko'plab futbolchilar jamoani tark etib, yangilar olingan bo'lsa-da, mavsumdagi vazifalarimiz o'zgarmaydi. Yangi futbolchilarning sifatlari anchagina yuqori va ular jamoani kuchaytira olishadi. Biz yig'inlar davomida yoshlik va tajribani uyg'unlashtirishga intildik. Jamoani kim boshqarsa ham, kimlar o'ynasa ham, bizning maqsadlarimiz o'zgarmaydi. Sovrinlar yutish - "Lokomotiv"ning asosiy vazifasi".

Bu jamoa bosh murabbiyi Andrey Fyodorovning yil boshidagi tanishtiruv marosimida aytgan gaplari. 



Biroq 2020 yil jamoa uchun og'ir boshlandi. Jamoani bir qator etakchilar tark etishdi. Islom To'xtaxo'jaev, Anzur Ismoilov, Jamshid Iskanderov, Yovan Jokich, Oston O'runov, Arslanmirat Amanov... Yanvar oyi oxirida OCHL saralash bosqichida o'z maydonida Tojikistonning "Istiqlol" klubiga imkoniyat boy berildi va guruh bosqichi eshiklari yopildi.

O'sha bahsda maydonga tushgan Sardor Mirzaev biroz vaqt o'tgach Tailand klubiga o'tib ketdi. Yaqindagina jamoaning yana bir etakchisi Oleg Zoteev Janubiy Koreya klubiga o'tayotgani haqida xabarlar chiqdi.

Uzunquloq gaplarga ishonadigan bo'lsak bu yil "Lokomotiv"da moliyaviy holat ham, maoshlar ham oldingi yillardagidek emas. Kamiga jamoa OCHL guruh bosqichiga chiqa olmadi. SHu boisdan ham etakchi futbolchilar xorij klublariga yo'l olishni maqul ko'rishdi.



Dastlabki uchta turda 6 ochko to'plagan "Lokomotiv" Superliga restartida o'z maydonida "Metallurg"dan qashqatqich zarba qabul qilib oldi - 0:3. So'nggi ikki mavsum davomida O'zbekiston chempionatida o'z maydonida hech qaysi klubga imkoniyatni boy bermagan "temiryo'lchilar" mana shunday tarzda tor-mor etilishdi.

"Lokomotiv" butkul yosharib ketdi degan fikrdan yiroqmiz. Tarkibda Ignatiy Nesterov, Marat Bikmaev, Kaxi Maxaradze, Vadim Afonin va Temurxo'ja Abduxoliqov kabi tajribali va mahoratli futbolchilar bor. Ammo Fyodorov qo'l ostida 12-13 nafar asosiy futbolchi bordek tuyulmoqda. Qolganlar yosh futbolchilar hisoblanadi. "Metallurg" bilan o'yinda zaxiradan maydonga tushgan futbolchilarga etibor qiling: Kamron Saydazimov (1999), Dilshod Komilov (1999) va Javohir Alijonov (2000). Asosiy tarkibda 2000 yilda tug'ilgan Ibrohim G'anixonov ham o'ynagandi. Albatta yosh futbolchilarning maydonga tushayotgani quvonarli hol, ertaga shu futbolchilar terma jamoalarimizga foyda keltirishi mumkin. Ammo yuqorida aytganimizdek "temiryo'lchilar"da kadrlar muammosi mavjud. Birgina misol, Zoteev klubni tark etgach, chap qanot himoyasida aslida o'ng qanot himoyachisi SHuhrat Muhammadiev to'p tepmoqda.

O'z vaqtida "Paxtakor"da moliyaviy qiyinchiliklar bo'lganida tarkib yosh futbolchilardan iborat bo'lardi, so'nggi yillarda "Nasaf" va "Mashal"da ham shunday holat kuzatildi. Yosh futbolchilar bilan birdaniga katta natijalarni qo'lga kiritish oson emas. SHu boisdan ham 2020 yilda "Lokomotiv" sovrinli o'rinlar uchun kurasha olmaydi degan xulosaga kelamiz.


Ammo "temiryo'lchilar"ning bu yilgi holati "bir qadam ortga, ikki qadam oldinga" degan maqolga mos tushadi deb umid qilamiz. Zero, O'zbekiston chempionatida sovrinli o'rinlar uchun kurashadigan, kuchli klublar qancha ko'p bo'lsa shuncha yaxshi.



O'tgan yil "Lokomotiv"da o'ynab, bu yil jamoani tark etgan futbolchilar ro'yxati:

Islom To'xtaxo'jaev - "SHenyang Urban" (Xitoy)
Jamshid Iskanderov - "Seongnam Ilva CHunma" (J.Koreya)
Anzur Ismoilov - "Paxtakor"
Oleg Zoteev - "CHonnam Dragons" (J.Koreya) (transfer hali rasman elon qilinmadi)
Sardor Mirzaev - "Muangtong Yunayted" (Tailand)
Yovan Jokich - AGMK
Arslanmirat Amanov - AGMK
Igor Yelich - "Danang" (Vetnam)
Oston O'runov - "Ufa" (Rossiya)
Medina Smit - "Spartak Yurmala" (Latviya)
SHerzod Karimov - "Surxon"
Azizbek Omonov - "Buxoro"
Javohir Esonqulov - "Nasaf"
Mamur Ikromov - "Xo'jand" (Tojikiston)

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика