"Estudiantes" Maskeranodan so'ng jamoaga MYU futbolchisini olib kelmoqchi
25 jan 2020 11:32
Yangiliklar


"Estudiantes" Maskeranodan so'ng jamoaga MYU futbolchisini olib kelmoqchi
"Manchester Yunayted" himoyachisi Markos Roxo Argentinaga qaytishi mumkin.
Argentinalik futbolchi "Estudiantes" bilan muzokaralar olib bormoqda. Roxo aynan shu klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Himoyachi "Manchester Yunayted"ga 2014 yilda Lissabonning "Sporting" jamoasidan o'tgan edi.
Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 14ta o'yinda maydonga tushdi.
Eslatib o'tamiz, Argentina klubi o'tgan yilning so'nggida Xaver Maskeranoning transferini elon qilgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar