So’nggi yangiliklar

15:29Рамос таклифларни кўриб чиқишга тайёр бўлган Европа лигалари аниқ бўлди  0 15:00Орзулар рўёби: Ўзбекистон футболининг тарихий йилидаги муҳим воқеалар  0 14:33ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди  4 14:12Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!  13 13:52Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!  13 13:30Кроос ЖЧ-2026 форматига қарши чиқди: "5:0 ёки 6:0 ҳисобидаги ғалабаларни эмас, сифатли ўйинларни кўришни истайман"  6 13:05Йилнинг охирги ўйинлари TVCOM'да  0 12:57"Арсенал" ва "Манчестер Сити" собиқ футболчиси "Кан" бош мураббийи этиб тайинланди  1 12:31Ўзбекистон U-18 терма жамоасининг Туркияга йўл оладиган таркиби эълон қилинди  1 12:15Маурицио Сарри юрагидан операция қилинди  1 11:52Кореяга кетиши кутилган футболчи "Сўғдиёна" билан шартномасини узайтирди  1 11:29Артета қишки трансфер ойнасида "Арсенал" таркибини кучайтиришга бел боғлади  2 11:05Бугун Қатарга қарши ўйнаймиз  3 10:21Расман. "Локомотив" ва "Сўғдиёна" каби жамоаларни бошқарган мураббий Пролига клуби бош мураббийига айланди  2 09:52Фарғона вилояти кубоги-2025. Финал учрашуви бўлиб ўтди  3

Essiz... Yangiliklar

Essiz...

Himoya "0", darvozabon "0", yarim himoyachilar korpusda uchib ketaversa, hujumchi to'pni to'g'ri tepa olmasa, Rioga borishdan ne naf?


Kechagidek yodimda, 2011 yilning yanvar oyida bo'lib o'tgan Osiyo Kubogidan so'ng uyga qaytganimdan keyin, bir oylik maoshimni shunchaki jarima qilib yuborishgan edi. Egizaklarim endi uch oylik bo'lgan. Hech nima qilmadi, och qolmadim. Hali 24 yoshga ham to'lmagan edim. Aynan shu yoshda edim. Men yosh bola emas edim, bir oilani boquvchisi edim, ikki nafar farzandning otasi.

Bugungi futbolchilarni yoshlar deb atayotganlar uchun aytdim bu gapni, o'zini yosh va umidli deb o'ylayotganlarga ham tegishli. Yoshlik bog'chada qolgan. Bu yoshda kishi vatani uchun o'lib tirilishi kerak, bu yoshda kishi gullashi, ertangi kuniga poydevor qo'yishi kerak. Bugun biz 23 yosh deyotgan yoshlarimiz, ertaga MTJ bo'lishadi. SHuning uchun bugungi MTJning qadriga etaylik, ertasini bugun ko'rdik qandayligini.

Darvozabonga til zabon nima uchun berilgan "YA" deb baqirmaysanmi, himoyachilarga ko'rsatma bermaysanmi? Qani darvozabonlik "DUXI"? Nesterovni mashg'ulotlarini oylab emas, hech bo'lmasa uch marotaba kuzat, o'zini o'zi qanday qiynaydi. Himoyachilarni ishini, o'z ishi qolib Sergeev qilib yuribdi. Uyam bu turnirda bitta ishni eplay olmadi.

Babayan esa Iskanderovni qo'yib katta hato qildi. Uni o'yinga tayyor emasligi Janubiy Koreya bilan o'yinda ko'ringan edi. Endi hamma tanqid unga borib taqalaveradi. Bunga qanchalik chidab beradi, buni bilmaymiz. Bunday natijaga erishish uchun, OTJ safida o'zgartirish kiritilishi shart emas edi.

Iroq mag'lub etib bo'lmaydigan jamoa emas. Iroqning ham himoyasi biznikidan qolishmadi aslida. Lekin bizda, ular kabi o'ynaydigan hujumchilar bo'lmadi. Nima uchun doim siqilib yuraverishimiz kerak? Qachongacha yaratilgan sharoitlarni ko'kka sovurib, o'z manfaatimiz yo'lida ishlaymiz, o'zgalar mafaatini qachon ko'zlaymiz?


Jarima maydonchasi ichidagi HIMOYACHILAR qani? U erda Sergeev nima qilyapti? Sergeev qarshi hujum uchun tayyor bo'lishi kerak emasmi?


Uchinchi golchi? 23 yoshga kirib hakam hushtagi yangragunicha o'ynashni o'rganmagan futbolchilarimiz bizni Qatarda bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga olib keladimi? Yaxshi hamki 2008-10 yillarda futbolimizga sal jon kirib, futbolchilarimiz chetga chiqib ketgan ekan. Bu chempionatda Jeparov to'purar bo'lsa hech ham ajablanmayman.

Necha marotaba yozish kerak, 21 yoshdan oshmagan o'yinchi o'ynasin oliy ligada, har bir jamoada hech bo'lmasa bir nafar deb? Agar shu qoida tadbiq etilganida, 1994 yilda tug'ilgan jamoamiz futbolchilari bugun "hayot" bo'lardilar. Hakimovni o'zi emas, murabbiylar sindirdi. Balki u klub uchun o'ynolmas, ammo MTJdagi Geynrix kabi, uning ham tutgan roli katta bu avlodda. Bir paytlar, Andrey Fyodorov 18 yoshida, Fevzi Davletov 17 yoshida oliy liganing asosiy tarkibida o'ynaganida, bugungi PFLda yo'q bunday o'yinchi.

Musaev - Maqsudov - Ashurmatov - Jalilov - Babayan ... Bir necha vagonlardan iborat bu poezdni aslida Dilshod Nuralievni o'zi boshqarganida hech bo'lmasa guruhdan chiqishni eplay olgan bo'larmidi? SHuncha yig'inlar, shuncha pullar...

1 yil avval Mirabror Usmonov, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi RIO yo'llanmasini qo'lga kirita olmasa, futbolda islohat bo'lishini takidlab o'tgan edi. Mirabror Zufarovich, iltimos, sizni va bizni umidimizni oqlay olmayotgan mutaxassislarga chiqish eshiklarini ko'rsating, o'z ishini professionallari faoliyat olib borsinlar, iltimos!

MTJ tomonidan yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan har qanday xato endi, olimpiya terma jamoasiga bog'lanaveradi. Bu turnirda shu narsaga amin bo'ldik-ki, 17-19 yoshgacha futbolchilarni o'zi o'ynay olarkan, undan keyin esa ularni o'ynatishni bilmas ekanmiz. Afsuski, bu achchiq haqiqat!


Bugun uyda va stadionda uchrashuvni ko'rgan juda ko'plab muxlislarning ko'zlarida yosh ko'rdik. Essiz ko'z yoshlar... Essiz asablar... Omon bo'ling, 3-tur o'zingizga siylov!

Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting: +115   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика