"ESPN": PSJning yangi bosh murabbiyi ma'lum

Mirjalol Normatov
6 apr 2018, 14:01
Ushbu mavsum yakunlanganidan keyin Unai Emeri PSJ bosh murabbiyligidan ketadi.

"ESPN" nashri xabariga ko'ra, germaniyalik Tomas Tuxel Parij jamoasining yangi bosh murabbiyi bo'ladi. Oldinroq klubdagilar Antonio Konte, Paulu Fonseka va Leonardu Jardim bilan muzokara olib borgani borasida ma'lumotlar berilgandi.

Bundan bir necha kun avval "Bavariya" rahbariyati Tomas Tuxel bilan muzokara olib borgandi, biroq mutaxassis boshqa jamoa bilan kelishib qo'yganini aytilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ESPN