"Espanol" mavsumda uchinchi murabbiyini haydab yubordi. Ertaga "Real Madrid" bilan o'yin
27 iyu 2020 20:09
Yangiliklar


"Espanol" mavsumda uchinchi murabbiyini haydab yubordi. Ertaga "Real Madrid" bilan o'yin
"Espanol" bosh murabbiyi Abelardo Fernandes o'z lavomizidan ozod etildi, deb xabar bermoqda klub matbuot-xizmati.
"Espanol" bosh murabbiyi vazifasini mavsum oxiriga qadar sport direktori Rufete bajaradi.
2019/20-mavsum davomida "Espanol" uchinchi murabbiyiga chiqish eshigini ko'rsatdi. Mavsumni David Galego boshlagan bo'lsa, oktyabr oyida uning o'rnini Pablo Machin egallagandi, ikki oydan ko'proq vaqt o'tgach u ham jamoani tark etgandi.
Eslatib o'tamiz, "Espanol" ertaga peshqadam "Real Madrid" bilan to'qnash keladi. Hozircha jamoa Ispaniya chempionatining 20-pog'onasini band etib turibdi va xavfli hududdan chiqib ketish uchun 8 ochko ortda qolmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar