"Espanol" La Ligadan Segundaga tushib ketdi. Yana 6 ta jamoa oxirgi turda La Ligada qolish uchun kurashadi
29 may 2023 01:12
Yangiliklar


"Espanol" La Ligadan Segundaga tushib ketdi. Yana 6 ta jamoa oxirgi turda La Ligada qolish uchun kurashadi
La Ligadagi intriga turning oxirgi pog'onalarida kechmoqda.
Ispaniya chempionati 37-turida "Espanol" "Valensiya" bilan durang (2:2) o'ynadi va La Ligada qolish imkoniyatidan mahrum bo'ldi. Klub ikki mavsum ilgari elitaga qaytgandi. Endi esa klub "Elche"ning ortidan Segundaga ravona bo'ladigan bo'ldi.
Qizig'i shundaki, La Liga 38-turida birdaniga oltita jamoa 18-o'ringa tushib qolmaslik uchun kurashadi. Segundanining oxirgi "yo'llanma"si "Valyadolid", "Selta", "Almeriya", "Valensi", "Xetafe" va "Kadis" klublaridan biriga "nasib" qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar