"Espanol" darvozaboni Joan Garsiya "Barselona"ga o'tishini istisno qilmadi
28 may 18:16
Yangiliklar


"Espanol" darvozaboni Joan Garsiya "Barselona"ga o'tishini istisno qilmadi
"Barselona"ga o'tish mumkinmi? Bilmayman. Biroq "Espanol"ga qarshi o'ynash ajoyib bo'lardi. Bu sodir bo'lishi mumkin. Men ijobiy tomonini izlashga harakat qilaman, agar shunday bo'ladigan bo'lsa, buni iliq qarshi olaman. Oxir-oqibat, futbol – kundalik yangiliklar. Hamma narsa ular aytganidek bo'lavermaydi", – dedi Garsiya.
Avvalroq Garsiya "Arsenal"ga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. U 2024 yilda Ispaniya terma jamoasi bilan Olimpiada chempioni bo'ldi.
Garsiya ushbu mavsum 38 o'yinda qatnashib, 51 ta gol o'tkazib yubordi va 8 ta o'yinda darvozasidan to'p olib chiqmadi. U 146 ta seyv bilan La Ligada peshqadamlik qilmoqda. Uning "Espanol" bilan shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan, tovon puli – 25 mln evro. Transfermarkt malumotlariga ko'ra, uning taxminiy bahosi– 20 mln evro.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar