Eski raqiblar yana duch kelishmoqda...

22 fev 2016, 22:59
O'tgan yili ham “Nasaf” Jiddaning “Ahli” klubi bilan to'qnash kelgandi.


Qur'a ularni 2016 yilda ham bir guruhga joylashtirdi. Jiddaliklar bilan 1-turda mehmonda o'ynaydigan jamoamiz uchun uchrashuv oson kechmasligi turgan gap. Shunday bo'lsa-da, qarshiliklardan shijoatli o'yin kutishga haqlimiz.

 

“AL AHLI” FUTBOL KLUBI 

Laqabi: “Sovrinlar qasri”, “millat vakili”

Tashkiletilgan yili: 1937 yil 

Stadioni: “Qirol Abdulloh sports siti”, 62 ming muxlisga mo'ljallangan.

Boshqaruvchisi: Fahad bin Xolid

Boshmurabbiyi: Kristian Gross (Shveytsariya) 

Sovrinlari: Saudiya chempioni (1978, 1984), Valiahd Shahzoda Kubogi sohibi (1957, 1970, 1998, 2002, 2007, 2015), Qirol Kubogi g'olibi (1962, 1965, 1969, 1970, 1971, 1972, 1977, 1978, 1979, 1983), Chempionlar Qirol Kubogi sohibi (2011, 2012), Federatsiya Kubogi g'olibi (2001, 2002, 2007, 2012, 2013).

“Al Ahli” Jiddaning o'zida ham sovrinlarni qo'lga kiritish borasida “Al Ittihod”dan ortda qolib ketgan. Lekin ushbu klub Saudiyadagi dastlabki va katta tarixga ega jamoalardan biri hisoblanadi. 1984 yildan buyon ichki chempionatda g'alaba qozona olmayotgan bo'lishiga qaramay, mamlakatning yetakchi klublaridan biri bo'lib turibdi. 2012 yil jamoa OCHLda finalgacha yetib borgan va hal qiluvchi bellashuvda imkoniyatni boy berib qo'ygandi.

 Jidda shahrida yangi qurilgan “Qirol Abdulloh sports siti” stadioni ishga tushirilgach, “Ahli”ning uy o'yinlarini stadiondan kuzatib boradigan muxlislar soni keskin ortdi. Ayni paytda o'rtacha 35-40 ming nafar ishqiboz har bir bahsga tashrif buyurmoqda. Chempionatdagi markaziy uchrashuvlarga esa 60 mingdan ziyod ishqibozlar kelishi odatga aylandi. Bu tarafdan “Ahli”ga havas qilmasdan boshqa iloj yo'q.

Bosh murabbiy lavozimida shveytsariyalik Kristian Gross ishlab kelmoqda. U “Bazel”dagi uzoq muddatli faoliyati bilan ko'pchilikka yaxshi tanish. Jamoa bilan birga YCHLda esda qolarli g'alabalarni nishonlagan. Gross boshchiligida “Bazel” katta o'sishga erishdi. U “Al Ahli”da ikki yildan beri ishlab kelyapti. Hozircha bitta kubokda muvaffaqiyat qozonishga ulgurdi. 

Kristian GROSS

 

Tug'ilgansanasi: 14.08.1954

 

Tug'ilganjoyi: Cyurix, Shveytsariya

 

Futbolchilikdagiampluasi: himoyachi

 

O'ynaganjamoalari: 1973-1975 “Grasxoppers”, 1975-1978 “Lozanna”, 1978-1980 “Ksamaks”, 1980-1982 “Boxum”, 1982-1985 “Sankt Gallen”, 1985-1988 “Lugano”.

Boshqargan jamoalari: 1988-1993 “Vil”, 1993-1997 “Grasxoppers”, 1997-1998 “Tottenxem”, 1999-2009 “Bazel”, 2009-2010 “Shtutgart”, 2011-2012 “Yang Boyz”,

 

2014 yildan “Al Ahli”da.

Sovrinlari(murabbiy sifatida): Shveytsariya Kubogi g'olibi (2001-02, 2002-03, 2006-07, 2007-08), Shveytsariya chempioni (2001-02, 2003-04, 2004-05, 2007-08). 

Jamoa tarkibida milliy terma jamoaga nomzod 4-5 nafar futbolchi mavjud. Legionerlar esa Braziliya, Misr, Gretsiya va Suriyadan taklif etilgan. Markino, Fetfacidis va Omar Soma asosan hujum chizig'ida harakat qiladi. Soma jamoa safida deyarli har bir bahsda bittadan to'p kiritib kelyapti. Misrlik himoyachi Muhammad Abdul Shafi esa Misr terma jamoasi tarkibida Afrika Kubogida g'alaba qozongan va asosiy futbolchilardan biri hisoblanadi. Fetfacidis va Markino yaqingacha ham Italiya “A” seriyasida o'ynab kelishayotgandi.

 

Darvozabonlar

1. Yosir Musaylim

22. Abdulloh Mayouf

44. Ahmad Ruhailli

66. Bosim Atolloh

 

Himoyachilar

2. Ali Zubaydi

3. Osama Havsavi

6. Muhammad Fatil

13. Muhammad Abdul Shafi (Misr)

21. Agil Balg'ait

25. Motaz Havsavi

26. Muhammad Aman

31. Mansur Harbi

77. Amiri Kurdi

99. Komil Musa

 

Yarimhimoyachilar

4. Volid Baxshin

5. Fahad Hamad

8. Taysir Jassim

10. Jiannis Fetfacidis (Gretsiya)

11. Husayn Mugahvi

16. Mahir Otman

18. Abdulloh Mutairi

19. Rayan Musa

24. Salman Moasher

40. Raed Gamdi

47. Mustafo Bassas

70. Markino (Braziliya)

 

Hujumchilar

9. Omar Soma (Suriya)

14. Mohannad Assiri

15. Solih Amri

20. Islom Seraj

23. Yosir Fahmi

O'xshash yangiliklar


Manba: fcnasaf.uz