So’nggi yangiliklar

08:26Артета мағлубиятдан сўнг нималар деди?  2 08:05ЕЧЛ. ПСЖ биринчи ўйинда ғалаба қозонди, "Арсенал"нинг голи ҳисобга олинмади  2 07:58Анчелоттининг Бразилия билан келишуви барбод бўлиши мумкин, Нега?  1 07:30Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-тур якунланади  0 01:54ЕЧЛ. ПСЖ Лондонда "Арсенал"ни таслим этди  99 00:30Вадим Абрамов: "Ҳар қандай ҳолатда ҳам биринчи ўринда қоламиз"  1 00:15"Ал Аҳли" "Ал Ҳилол" устидан ишончли ғалаба қозониб, Элит ОЧЛ финалига йўл олди!  27 23:50Февзи Давлетов: "Афсуски, йўл қўйган иккитагина хатомиз туфайли мағлуб бўлдик"  1 23:35Эрик Дайер "Бавария"ни тарк этади. Унинг кейинги жамоаси аниқ  0 22:49Мендининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  2 22:20Кетма-кет иккинчи мавсум Ўзбекистон Кубогининг амалдаги ғолиби гуруҳдан чиқа олмади  25 21:40"Лочин" бош мураббийи Сардор Тўхтаев: "Андижон" — бизни икки карра кўпроқ куч билан ўйнашга ундайдиган жамоа"  10 21:15Ўзбекистон кубоги. "Сурхон" ўз майдонида "Динамо"га мағлуб бўлди, "Андижон" гуруҳда қолиб кетди  22 20:55Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" ўз майдонида йирик ғалаба қайд этди  2 20:35Александр Хомяков: "Футболда ишонч ва хоҳиш кўп нарсани ҳал қилади"  34

Eski gvardiya yangi "Paxtakor"ga qarshi (prevyu) Yangiliklar

Eski gvardiya yangi "Paxtakor"ga qarshi (prevyu)

Superliganing 7-turi doirasidagi "Paxtakor" - "Metallurg" uchrashuvi nihoyatda qizg'in va murosasiz o'tishiga shubha yo'q.

Nega deysizmi? Bunga etarlicha sabablar mavjud. Yo'q, yo'q, eski qo'shiqni aytishga va bugun o'sha musiqa takrorlanishiga ishonmang. Eski xulosaga bugun ishonmang. Bu jamoalar o'rtasidagi to'qnashuv va uning atrofidagi gap-so'zlar o'tmishda qolgan. Ayni paytda har ikkala jamoa o'zining yangi sahifasini boshlagan.

Avvalgi yillarda bo'lgani kabi bu safar "Paxtakor"dan o'tgan futbolchilar transfer huquqi "Metallurg" tomonidan to'liq sotib olingan. Yangi "Metallurg" o'z tarkibini asosan eski "paxtakorchilar" bilan kuchaytirgan. Aleksandr Lobanov, Stanislav Andreev, Akbar Ismatullaev, Abbos Otaxonov, Kamoliddin Tojiev, Bahrom Abduraximov, Server Jeparov, Bahodir Pardaev va hokazo. Ularning barchasi bugungi bahsda "Paxtakor"ga qarshi o'ynash imkoniyatiga ega. SHu jihatni inobatga oladigan bo'lsak, Arveladze qo'l ostida "Paxtakor"da o'rnini topolmagan futbolchilar bugun qanday qilib bo'lmasin gruziyalik mutaxassisga nimalarga qodir ekanliklarini isbotlashga astoydil urinishadi. Bu esa ularga o'zgacha ishtiyoq va motivaciya beradi. Mazkur jihat o'yin ahamiyati va qiziqarliligini oshirishi tabiiy. Yangi qurilayotgan "Paxtakor" esa hozirgi "Metallurg", avvalgi "Paxtakor"ning poydevoriga tayayotgan jamoa bilan o'zaro hisob-kitob  qilib olishga kirishadi.

"Metallurg" rulida avvalgi "Paxtakor" murabbiylar shtabida ishlagan mutaxassis Andrey SHipilov. Ushbu murabbiy ham sobiq jamoasi va Arveladzega o'zining murabbiylikdagi imzosini ko'rsatishga harakat qilishi tabiiy. O'tgan yilgi to'qnashuvda SHipilov "Paxtakor"ga qarshi jamoasining bor salohiyatini namoyish etish imkoniyatiga ega bo'lmagandi. Ijara kelishuvi tufayli "Paxtakor"ga qarshi to'liq tarkibda o'ynay olmagan "Metallurg" etakchilarisiz qiynalib qolgandi. Bu yil esa butkul boshqa manzara.


"Dinamo" bilan o'yinda jarohat olgan Jeparovning bugungi o'yindagi ishtiroki so'roq ostida


Turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan "Paxtakor" hozircha chempionatda mag'lubiyat alamini tatib ko'rgani yo'q. Jamoa o'tkazilgan 6 uchrashuvdan 5tasida g'alabani tantana qildi. Faqatgina Termiz safaridan "Paxtakor" atigi 1 ochko bilan qaytgandi. 

"Metallurg" esa ayni paytda turnir jadvalining 3-pog'onasida bormoqda. Bugun ular peshqadam "Paxtakor" bilan oradagi farqni 3taga qisqartirish imkoniyatiga egalar. Ehtimoliy g'alaba "Metallurg"ga nafaqat peshqadam bilan oradagi farqni qisqartirish, balki uchinchi o'rindagi mavqeini yanada mustahkamlab olishini taminlaydi. SHipilov boshqaruvidagi jamoa hozircha o'tkazilgan 6 o'yindan 3tasida g'alaba qozondi, 1 durang va 2 mag'lubiyat.


O'tgan yili "Paxtakor"da asosiy tarkibdan joy ololmagan Bahrom Abduraximov "Metallurg"ning joriy mavsumdagi eng yaxshi transferlaridan biri bo'lib turibdi. Abduraximov ayni paytda Superligada assistentlar ro'yxatida 2ta golli uzatma bilan peshqadamlar orasida bormoqda. SHuningdek, futbolchi hisobida 1ta gol ham mavjud.


Fakt: "Metallurg" Superligada "Paxtakor"dan ko'ra ko'proq gol urgan - 12.

Fakt: "Metallurg" chempionatdagi barcha o'yinda gol urayotgan jamoa sanaladi. Malumot o'rnida shuni aytish mumkinki, bekobodliklarning bugungi raqibi "Paxtakor" esa "Surxon" bilan bahsda raqib darvozasiga yo'l topa olmagan.

Fakt: "Paxtakor" va "Metallurg" o'z uylaridagi o'yinlarda 100% natija qayd etishmoqda. Ammo "Metallurg" safarda o'tkazilgan 3 uchrashuvdan birortasida g'alaba nashidasini surgani yo'q: 1 durang, 2 mag'lubiyat.


"Paxtakor" to'purari Dragan CHeran (4 gol)


"Metallurg" to'purarlari Zohid Abdullaev, Muzaffar Muzaffarov, Stanislav Andreev va Bahodir Pardaev (2tadan gol)


O'zaro o'yinlari tarixi: "Paxtakor" va "Metallurg" ichki chempionat doirasida o'zaro 44 marotaba to'qnash kelgan. "Paxtakor" 36 o'yinda g'alaba qozongan, "Metallurg" 4 uchrashuvda g'olib chiqqan va qolgan 4 bahsda g'olib nomi aniqlanmagan. To'plar nisbati 117-33, "Paxtakor" foydasiga. Xususan Toshkentda o'tkazilgan uchrashuvlarning 20tasida "Paxtakor" raqibidan ustunlikka erishgan va yana 2 o'yinda durang kuzatilgan. "Metallurg" hozircha safarda "Paxtakor" qarshiligini enga olmagan.


Paxtakor

Dragan CHeran - 13', Dragan CHeran - 37'

Superliga. 7-tur

01/05/2019, 18:30

1
:
2
Tugadi

Metallurg

Islombek Isoqjonov - 12'

45'
90'
13'  Dragan CHeran
13'  Jaloliddin Masharipov
37'  Dragan CHeran
63'  Jaloliddin Masharipov (Sardor Sobirxo’jayev)
72'  Odiljon Hamrobekov (Vladimir Kozak)
86'  Igor Sergeyev (Sobit Sindarov)
12'  Islombek Isoqjonov
12'  Stanislav Andreyev
27'  Ibrohim Yo'ldoshev
36'  Aleksandr Lobanov
46'  Ibrohim Yo'ldoshev (Muhammad Isaev)
56'  Doniyor Usmonov (Sukhrob Nurulloyev)
66'  Muhammad Isaev
80'  Islombek Isoqjonov (Sergey Tumasyan)

Qisqa qilib aytganda, bugungi o'yin yangi va eski "Paxtakor" o'rtasidagi qarama-qarshilik.

Reyting: -23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика