Eshli Yang "Inter"ga o'tishi mumkin
02 jan 2019 00:31
Yangiliklar
Eshli Yang "Inter"ga o'tishi mumkin
MYU himoyachisi Eshli Yang Milanning "Inter" klubi bilan muzokara o'tkazish arafasida turibdi.
The Daily Mirror nashrining xabariga ko'ra, 33 yoshli futbolchi "Inter"ga ko'chib o'tishi mumkin. Uning "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi shu yili yozda yakuniga etadi. Lekin, mankunianliklar tajribali Eshli Yangni hech qaerga qo'yib yubormoqchi emas. Malumotlarga qaraganda, MYU rahbariyati angliyalik futbolchi bilan shartnoma muddatini yana bir yilga uzaytirmoqchi ekanligi aytib o'tilgan.
Fikrlar