Eshli Koul murabbiy bo'lmoqchi
17 noy 2021 10:20
Yangiliklar
Eshli Koul murabbiy bo'lmoqchi
"Men futbol bilan yashayman va nafas olaman, murabbiylik ishi kimdadir qo'rquv solishi kerak deb o'ylamayman.
Bunga jiddiy etibor qaratishim muhim. Sen o'z g'oyangga, o'z falsafangga va o'ynamoqchi bo'lgan uslubingga ishonishing kerak va men bundan qo'rqmayman.
Men jang qilishga intilaman va tayyorligimni ko'rsatish imkoniyatini kutaman. Futbolga qaytaradigan narsam borligini his qilyapman. "CHelsi" akademiyasidagi ish menga shunday imkoniyatni berdi. Har bir inson faoliyatni yakunlagandan so'ng bir yil dam olish va plyajda yotishni aytadi, ammo ikki haftadan so'ng men zerikdim. Futbol maydonini sog'indim", - deydi Koul.
Faoliyatini 2019 yilda yakunlagan Koul hozirda "CHelsi" akademiyasida ishlamoqda, shuningdek u Angliya (U-21) yoshlar terma jamoasida Li Karslining maslahatchisi.
Fikrlar