Eshitdik-da! “Bunyodkor” darvozasiga belgilangan penalti sababchisi Superligadan chetlashtirilgan
28 apr 2018 10:10
Yangiliklar
Eshitdik-da! “Bunyodkor” darvozasiga belgilangan penalti sababchisi Superligadan chetlashtirilgan
Bizgacha etib kelgan norasmiy xabarlarga ko'ra, “Bunyodkor” - “Lokomotiv” o'yinida qanot hakami bo'lib ishlagan Alisher Usmonov Superliganing bir nechta turidan chetlashtirilgan.
Aynan u sababli uchrashuvning 83-daqiqasida “Bunyodkor” darvozasiga penalti berilgan bo'lib, mana shu holat sabab “Lokomotiv” derbida g'alabani ilib ketgandi. Takroriy lavhalar ko'rsatdiki, Anvar G'ofurov to'pga o'ynagan, qolaversa, holat jarima maydonchasining tashqarisida yuz bergan.
O'yin natijasiga bevosita tasir ko'rsatgan xato qaror yon hakam Alisher Usmonovga tegishli. CHunki avvaliga bosh hakam penalti berishga shoshilmagandi. Usmonov aynan qancha turga chetlatilgani borasida aniq malumotlar yo'q.
Fikrlar