Eshitdik-da! Zabihillo O'rinboev legionerga aylanishi mumkin
06 jan 2021 12:08
Yangiliklar
Eshitdik-da! Zabihillo O'rinboev legionerga aylanishi mumkin
O'tgan mavsum "Navbahor" jamoasi sharafini himoya qilgan hujumchi Zabihillo O'rinboev faoliyatini xorijda davom ettirishga yaqin turibdi.
Championat.asia malumotlariga ko'ra, futbolchiga Koreya K2 ligasining ikki klubi qiziqish bildirgan. Hozirda tomonlar o'rtasida muzokaralar olib borilmoqda. Agarda muzrokaralar ijobiy yakun topsa, O'rinboevni yangi mavsumda legioner sifatida ko'ramiz. Malumot o'rnida aytib o'tish joiz futbolchi uchun xorijda to'p tepish begona holat hisoblanamaydi. U o'z vaqtida Yaponiya J liga 2da harakat qiladigan "Tokusima Vortis" klubida faoliyat olib borgan, lekin birorta uchrashuvda maydonga tushmagan. O'tgan mavsum "Navbahor" jamoasi safida barcha musobaqalarda 25ta o'yinda maydonga tushdi va 3ta gol urdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar