Eshitdik-da! Yovan Jokichga vodiyning ikki klubi jiddiy qiziqmoqda, unga taklif qilinayotgan maosh ham malum
09 dek 2024 22:41
Yangiliklar
Eshitdik-da! Yovan Jokichga vodiyning ikki klubi jiddiy qiziqmoqda, unga taklif qilinayotgan maosh ham malum
O'zbek klublari yangi mavsum uchun tarkibni shakllantirish ishlarini davom ettirishmoqda.
Ertaga, 10 dekabr kuni qishki transfer oynasi ochiladi.
"Championat.asia" olgan malumotga ko'ra, ortda qolgan mavsum "Navbahor" bilan birga Superliga bronza medallarini qo'lga kiritgan Yovan Jokichga vodiyning ikki klubi "Neftchi" va "Andijon" taklif bilan chiqqan. 32 yoshli yarim himoyachi hali qaror qabul qilmagan. Bizdagi malumotlarga ko'ra, "Neftchi" Jokichga yillik 300 ming dollar maosh taklif qilgan.

Eslatib o'tamiz, Jokich ortda qolgan mavsum "Navbahor" tarkibida Superliga va O'zbekiston kubogida 33 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urgan hamda 2 ta assist qayd etgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar