Eshitdik-da! Vadim Abramov “Bunyodkor” kiyim almashtirish xonasida?
11 mar 2021 09:49
Yangiliklar
Eshitdik-da! Vadim Abramov “Bunyodkor” kiyim almashtirish xonasida?
Ammo bu Vadim Abramovga ko'p ham tasir qilgani yo'q. Biz uning “Bunyodkor”ning o'rtoqlik uchrashuvlarida futbolchilarga ko'rsatma berayotgani masalasiga to'xtalib, uni suratlari bilan namoyish qilgandik.
SHunga qaramay, Vadim Abramov Superliga ilk turida baribir “Bunyodkor” kiyim almashtirish xonasi atrofida paydo bo'ldi. Holat albatta O'zPFL komissarining etiboridan chetda qolmadi. Xo'sh, komissar buni o'z raportida qayd etadimi yoki yo'qmi?
Umuman olganda SHuhrat Maqsudovning klubda haqiqiy bosh murabbiy ekaniga ishonish qiyin. Jamoani mavsumga Marat Miftaxutdinov tayyorlagandi. CHempionat boshlanishiga juda oz qolganida Maqsudov bosh murabbiy sifatida tanishtirildi. Bizga malum bo'lishicha, bunga faqatgina bitta sabab bor, u ham bo'lsa, Miftaxutdinovda Pro licenziyasining yo'q ekanligi. Abramov klub ishlarida faol bo'lsa, Miftaxutdinov uning aytganlari asosida klubni boshqarayotgan bo'lsa, matbuot anjumanlarida ishtirok etayotgan Maqsudov aslida ikkinchi shaxs ham bo'lmasligi mumkin.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar