

Bugun "lochinlar" o'z yetakchilari O'tkir Yusupov, Davron Hoshimov va Boyan Ciger bilan shartnomalar uzaytirilgani haqida e'lon qilishdi.
Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, "Navbahor" "So'g'diyona" yarim himoyachisi Jamshid Boltaboev bilan ham kelishuvga erishgan. Barchaga ma'lumki, Boltaboev Samvel Babayan bilan "Paxtakor"da birga ishlagan.
Ma'lumot uchun, Boltaboev 2021 yilgi Superligada 22ta o'yinda maydonga tushib 2ta gol urdi va 1ta golli uzatmani amalga oshirdi. Yarim himoyachi 2016 yil oxirida jiddiy jarohat olgach 2019 yil boshigacha futbol o'ynamadi. Oxirgi uch yilda Jamshid "So'g'diyona" safida to'p tepdi.




