Eshitdik-da! “So'g'diyona” futbolchilari 4 oydan buyon maosh olmayapti

Narzulla Saydullayev
29 apr 2015, 13:00
Jizzaxliklarning moddiy jihatdan ham ahvoli tang holatda.
Jamoa futbolchilaridan birining aytishicha, 4 oydan buyon maosh olmay kelmoqda. Mag'lubiyatlar sababi ham qaysidir manoda shunga bog'liq deyish mumkin. Rahbariyat futbolchilarga Kubokning 1/16 final bosqichida “UzDongJu”ni mag'lub etishsa, mukofot tarzida oylik maoshlarni ham berishga vada qilgan ekan. Aytish lozimki, kecha “So'g'diyona” Andijonga safar uyushtirib birinchi liga jamoasini 3:2 hisobida mag'lub etdi. Demak, yaqin orada futbolchilarga maoshlar beriladi.

Oliy liganing 7-turida “Mashal”ni qabul qiladigan “So'g'diyona” bo'lajak bahsni Zominda o'tkazishi kutilmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia